TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#RektorForum2024
#live

Xalqaro forum start oldi

Bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi start oldi.

“2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashmoqda.

Forumda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Xalqaro anjumanni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning salmoqli natijalariga to‘xtaldi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MDH #Toshkent

Bugun, Yoshlar ijodiyot saroyida "Toshkent 2024 MDH birinchi yoshlar poytaxti" forumi bo'lib o'tdi.

💻 Ushbu forumda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talaba-yoshlari qatnashishdi.

🗒 Mustaqil davlatlar hamdo’stligi doirasida bunday maqom berilishi odatda alifbo ketma-ketligida MDHga a’zo mamlakatlarga Ozarbayjondan boshlab (Азербайджан), oxirida O’zbekistonga berilar edi. Ammo mamlakatimizning yoshlar siyosati borasidagi katta samarali tajribasi va yutuqlari inobatga olinib, ushbu maqom birinchi bo’lib O’zbekistonga taqdim etilishi MDH a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #MediaMarkaz

TATU Media Markazida taniqli kinoijodkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hojimurod Valiev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗒 Hojimurod Valiev 1970-yillardan boshlab O‘zbekiston hujjatli kinolari olamida rejissyor, muallif, badiiy rahbar sifatida ijod qilib kelgan, ko‘plab hujjatli filmlarni yaratgan, o‘ziga xos ijodkor sanaladi. Masalan, “Maqsud shayxzoda”, “Fiqh olami sultoni”, “Oqsoqol”, “Akademik Shavkat Vohidov”, “Qodiriy bog‘i” kabi qator filmlar bunga misol.

💬 Ijodiy uchrashuvda Botir Bazarbayev – O‘zbekiston va Rossiya Kinematograflar va jurnalistlar uyushmasi a’zosi, katta o‘qituvchilar Kamolitdin Ismoilov, Gulnora Tashmuhamedova va 3-bosqich talabalari qatnashdilar. Ko‘plab talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berdilar va mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar olindi. Tadbir qiziqarli va ko‘tarinki ruhda ijodiy motivatsiyaga boy bo‘lib o‘tdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM