TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#Nukus_filial
#SAYOHAT

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta'lim fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari Shimoli-g'arbiy harbiy okrugiga sayohat qilishdi

Sayohat davomida talaba-yoshlarimiz harbiy qismdagi askarlarga yaratilgan sharoitlar, ularning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🎯Shuningdek, sayohat davomida talaba-yoshlar orasida kamondan o'q otish, shaxmat va shashka, arqon tortish, stol tennis singari musobaqalari ham tashkil etildi.

🇺🇿Bir so'z bilan aytganda, Nukus garnizoniga bo'lgan sayohat barcha talabalarimizda Vatanga bo'lgan muhabbati, Vatanga bo'lgan sadoqati yanada oshadi.
#TATU
#Samarqand
#Sayohat

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari bilan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi

Sayohat davomida sayohatchilar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘ldilar.

📌Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Bu qadimiy shahar haqida juda ko‘p tarixiy manbalarda ma’lumotlar keltirilgan. Samarqand qadimdan o‘zining betakror go‘zalligi, ajoyib ob-havosi, shirin suvi va mazali nonlari bilan dunyoga mashhur shahar bo‘lgan. Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davrida Samarqand gullab yashnagan, savdo-sotiq markaziga aylangan va eng yuksak kamolotga yetgan.
#TATU
#Sayohat

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag'ishlab, bayram munosabati bilan berilgan dam olish kunlarida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" shiori ostida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet xodimlari uchun ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga hamda Toshkent shahrida joylashgan ziyoratgohlarga sayohat uyushtirildi.
#Sayohat
#Buxoro

💻TATUda ustozlar va xodimlar doimo e'tirof va e'tiborda!

Navro'z bayramini yanada ko'tarinki kayfiyatda nishonlash hamda dam olish kunlarini maroqli o'tkazish maqsadida universitet rahbariyati tomonidan o'qituvchi va xodimlar uchun yurtimizdagi mavjud turizm durdonalaridan biri hisoblangan qadimiy Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida 20 mart kuni:
Sayyid Amir Kulol
Bahouddin Naqshband
Bibi Orifa Siddiqiya ( Bahouddin Naqshband onalarining qabri)
Sitorai Mohi Xosa ( yozgi saroy)

21-mart sanasida:
Labihovuz ansambili ( Nodir devonbegi madrasasi, xonaqohi, Ko'kaldosh madrasasi)
Karvonsaroylar
Mag'oki attor masjidi
Toq va tim bozorlar (Toqi sarrafon, Toqi telpakfurushon, Toqi zargaron )
Hammomlar (XVI asrga tegishli)
Qo'sh madrasa ( Ulug'bek va Abdulazizxon )
Poyi kalon majmuasi ( Minorai kalon, Masjidi Kalon, Mir arab Madrasasi)
Ark qo'rg'oni
Zindon
Chashmayi Ayub maqbarasi
Ismoil Somoniy maqbaralarida bo'ldilar.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM