#TATU #anjuman #jarayon
💻 Joriy yilning 28-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Oliy ta’limni raqamli transformatsiyasi: tadqiqotlar, muammolar va yechimlar” nomli xalqaro ilmiy-uslubiy anjumani bo‘lib o‘tdi.
✅ Mazkur anjuman oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida innovatsion ta’lim va raqamli texnologiyalarini tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari, raqamli texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlandi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #forum
O‘zbekiston va Malayziya: oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
Bugun “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi ikki davlat madhiyalari ostida tantanali ravishda ochildi.
Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy ta’lim vaziri Zambry Abdul Kadir so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim sohasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, tomonlar istiqbolda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini oshirishni qayd etdilar.
Shundan so‘ng forumning madaniy qismi boshlandi. O‘zbekiston va Malayziya san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashib, ikki mamlakat madaniyatini yaqinroq tanishtirishga zamin yaratdi.
Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan turli mavzularda ma’ruzalar o‘qilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surildi.