TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19.2K photos
2.24K videos
253 files
4.53K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov tashrif buyurdi.

🤔 Tashrif avvalida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida  Universitet delegatsiyasi tomonidan ko'rsatilgan tashabbuskorlik, yetakchi universitetlar bilan o'rnatilgan hamkorlik aloqalari, forumni yuqori saviyada tashkil etilishida qo'shgan xissasini e'tirof etib, minnatdorchilik bildirdi hamda "Ko'p yillik samarali mehnati hamda o'z xizmat vazifasiga bo'lgan sadoqati" uchun TATU Xalqaro Hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig'i Yusupov Ibrohimbekga Vazirlik Faxriy yorlig'i va esdalik sovg'asini topshirdi.

Tashrif davomida vazir o'rinbosari yangi tashkil etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining faoliyati bilan tanishdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan Sharja universiteti, Sharja Amerika universiteti, Al-Qosimia universiteti bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

🇦🇪 Bugun, 13-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Al-Qosimia universiteti rektori Prof. Dr.Awad Al-Khalaf va Xalqaro aloqalar va talabalarni ishga qabul qilish boshqarmasi direktori Dr.Zakaria Nuhu tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida muassasalarimiz o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalasi kelishildi.

🟢 Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning qisqa muddatli stajirovkalari, talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy loyihalar ustida ishlash, ilmiy maqolalar chop etish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoyning Zhengzhou universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🇨🇳 Tashrif davomida Zhengzhou universiteti vakillari ilmiy-o‘quv laboratoriyalari va sanoat-akademiya markazlari bilan yaqindan tanishdilar. Ikki universitet o'rtasida uzoq muddatli hamkorlik doirasida energetika va axborot texnologiyalari sohasida qo‘shma tadqiqotlar va loyihalar amalga oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

📝 Ma'lumot uchun: Xitoyning Zhengzhou shahridagi Zhengzhou universiteti xalqaro QS reytingi bo'yicha dunyoning TOP-500 universitetlari qatoridan joy olgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #DavraSuhbati

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Milliy kutubxona vakillari universitetning ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, O‘quv Media markazi va Axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘quv va ilmiy tadqiqot jarayonlarida axborot ta’minotining o‘rni, kutubxona sohasida malakali IT mutaxassislarini tayyorlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Shuningdek, Milliy kutubxona vakillariga Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasida olib borilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Tashrif so‘ngida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Teshaboyeva Umida Alimjonovna va universitet talabalari ishtirokida motivatsion davra suhbati tashkil etildi.

🔘O‘tkazilgan muloqotda sohadagi so‘nggi yangiliklar, kutubxonachilik kasbiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar hamda sun’iy intellektning kutubxona jarayonlariga bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’siri muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Lotin Amerikasi va Karib dengizi parlamenti (Parlatino) prezidenti Rolando Miguel González Patricio tashrif buyurdi.

🇨🇺 Kubalik siyosatchi, akademik va xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan González Patricio 2023-yil dekabr oyida Parlatino prezidenti etib saylangan hamda xalqaro siyosiy munosabatlar bo‘yicha bakalavr, tarix fanlari doktori bo‘lib, o‘z faoliyati davomida Kuba madaniy tadqiqotlari instituti “Xuan Marinello” va San’at universitetida yetakchi lavozimlarda ishlagan.

Tashrif davomida mehmon universitetdagi ilmiy-intellektual muhit, o‘quv va ilmiy markazlar bilan tanishdi hamda xalqaro hamkorlik doirasida universitetlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

📝Ma’lumot uchun:
Shu kunlarda O‘zbekiston mezbonligida Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida Parlatino prezidenti, xalqaro siyosiy munosabatlar bo‘yicha mutaxassis González Patricio yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U 2024–2026-yillar davomida Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari o‘rtasidagi parlamentlararo va strategik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga rahbarlik qilmoqda.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#registrator_ofisi #tashrif

🏢 Joriy yilning 16-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bo‘lim boshlig‘i B. Xolmirov boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

✍️ Tashrif davomida universitetda tashkil etilgan “Registrator ofisi” faoliyati atroflicha o‘rganildi. Ishchi guruhga O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Dj. Sultanov hamrohlik qildi.

🔍 O‘rganish jarayonida ofisning joylashuvi, moddiy-texnik ta’minoti, ajratilgan shtat birliklari, xizmat ko‘rsatish sifati va hujjatlarni yuritish tartibi sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, xizmatlarning raqamlashtirilganligi, xodimlarning malakasi va me’yoriy hujjatlarning tasdiqlanganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Ish yakunida ishchi guruh tomonidan "Registrator ofisi" faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik

🏛 Joriy yilning 18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning Open Cyber University delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🇰🇷 Tashrif avvalida mehmonlar universitetda yaratilgan sharoitlar va so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar bilan tanishdilar. Ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

🏷 Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasida tajriba almashish, masofaviy ta’lim jarayonlarini rivojlantirish, kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Ushbu tashrif ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi qoʻshma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kasaba uyishmasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida faol talabalar bilan 100-sonli ixtisoslashgan  bolalar intarnati maktabiga tashrif amalga oshirildi.

🌱Beg‘ubor qalblarga quvonch, xushkayfiyat va umid uchqunini ulashish maqsadida, og‘ir bemor bolajonlar bilan samimiy suhbat qilinib, ularga sovg‘alar ulashildi.

🔄 Mazkur tadbir bolajonlarga a'lo kayfiyat bag‘ishlab, bolalar va ularning oilalarini ham ruhiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, ko‘tarinki kayfiyati ulashish va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik #MTUSI

🏛Bugun, 23-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Moskva aloqa va informatika texnika universiteti (МТУСИ) rektori, professor Sergey Dmitrievich Eroxin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Dastlab delegatsiya aʼzolari universitetning ilmiy laboratoriyalari, zamonaviy infratuzilmasi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng ikki tomon o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, doktorantura o‘qish, malaka oshirish, ilmiy forumlar va qo‘shma nashrlar kabi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

📝 Shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida akademik va ilmiy integratsiyani kuchaytirish maqsadida qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish, xususan, xalqaro loyihalarda ishtirok etish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik

Ta'limda hamkorlik yuzasidan Zarafshon shahar hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


🇺🇿 2024-yil 12-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-430-sonli qarori asosida hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida TATU Zarafshon fakulteti tashkil etilishi belgilangan.

🏛 Shu asosda, 6-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Maxkamov boshchiligidagi ishchi guruh Zarafshon shahriga tashrifi doirasida Zarafshon shahar hokimi N. Rahmonov rahbarligida hokimlik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda TATU Zarafshon fakulteti binosini mukammal ta’mirlash jarayoni, o‘qish davomida talaba va professor-o‘qituvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni turar joy bilan ta’minlash hamda amaliyot bazalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Delegatsiya, shuningdek, Zarafshon shahridagi ITga ixtisoslashtirilgan 14-sonli maktab va texnikum faoliyati bilan tanishdi. U yerda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, o‘quv-uslubiy baza va yoshlarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishi o‘rganildi.

Uchrashuv yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan istiqbolli vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, TATU Zarafshon fakultetiga qabul jarayoni 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik

Universitetimizga TATUning xalqaro strategik hamkori hisoblangan Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti xalqaro ishlar bo'yicha Vitse-Prezidenti Kim Byoung Joon tashrif buyurdi.

Hozirgi kunda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan moliyalashtirilgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasining muhim qismi bo'lgan "FabLab" ilmiy-amaliy innovatsion laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Bo'lib o'tgan uchrashuvda ushbu laboratoriyani zamonaviy texnik jihozlar bilan ta'minlash va loyiha doirasida TATUda tashkil etilgan xalqaro qo'shma ta'lim dasturini rivojlantirish rejalari ko'rib chiqildi.

🗒 Bundan tashqari, hamkorlikni keyingi bosqichga olib chiqish yo'lida dunyoning 50dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritib kelayotgan KT&G kompaniyasida TATU talabalarining amaliyot o'tashini tashkil etishga erishish va sog'liqni saqlash, ta'lim, gender tengligi va ekologik barqarorlikni ta'minlashda sportning rolini oshirishga qaratilgan "Olympic council of Asia Graduate school of sustanibility and ESG" OTMida TATU bitiruvchilari uchun grant ajratishga kelishildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

Joriy yilning 13-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston Lizing Uyushmasi raisi, “Uzbek Leasing International A.O.” AJ Bosh direktori Zafar Mustafoyev tashrif buyurdi va universitet faoliyati, Oliy muhandislik maktabi laborotoriyalari bilan tanishib, kelgusida, o‘zaro hamkorlikda bir qator loyihalarni birgalikda amalga oshirish istagini bildirdi.

🗒 Tashrif davomida AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti “Menejment va marketing” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalariga “O‘zbekistonda lizing faoliyati va raqamlashtirish istiqbollari” mavzusida trening tashkil etildi. Lizing sohasida olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlarida TATU talabalarining o‘rni muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

Politexnikumlarga metodik va moddiy-texnik yordam ko'rsatiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan 2025-yilning 26-may kuni o‘tkazilgan “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Respublika televideniye va radio texnikumi boʻyicha” yigʻilishning 41-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida TATU rektori B.Maxkamov boshchiligida ishchi guruh Respublika televideniye va radio texnikumiga tashrif buyurib, texnikumdagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🗒 Tashrif jarayonida universitet rektori tomonidan texnikumga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #texnikum

Professional ta'lim tizimi rivojlantiriladi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TATU ishchi guruhi Bo‘ka tuman politexnikumi va Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumiga tashrif buyurib, texnikumlardagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

🗒 Tashrif jarayonida universitet ishchi guruhi tomonidan texnikumlarga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik #Dolzarb90kun

TATU va professional ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi.

🗒 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TATU rektori B.Maxkamov boshchiligida universitet ishchi guruhi Chilonzor tuman 1-son politexnikumiga tashrif buyurib, ta'lim muassasasidagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasini samarali tashkil etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif jarayonida universitet tomonidan texnikumlarga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #tashrif #etirof

TATU ishchi guruhi navbatdagi professional ta'lim muassasi bilan yaqindan tanishdi.

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TATU rektori B.Maxkamov boshchiligida universitet ishchi guruhi Toshkent tuman 2-son politexnikumiga tashrif buyurib, ta'lim muassasasidagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasini samarali tashkil etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif jarayonida universitet tomonidan texnikumlarga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM