#tashrif
🇯🇵 2024-yilning 6-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari, jumladan Nagoya universiteti va Kioto Informatika bo'yicha magistratura kolleji (KCGI) vakillari Yaponiya talabalarni qo'llab-quvvatlash tashkiloti (JASSO) bilan birgalikda tashrif buyurdi.
🎓 Universitet talabalari bilan tashkil etilgan uchrashuvda Yaponiyaning yetakchi universitetlarida xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, grantlar, stipendiyalar to'g'risida taqdimot qilindi. Kelgusi o'quv faoliyatini chet elda davom ettirishni xohlovchi talabalarning Yaponiyadagi talabalik hayoti bilan bog'liq barcha savollarga vakillar tomonidan to'liq javoblar berildi.
🗒 Malumot uchun:
Nagoya universiteti — Yaponiyaning milliy universitetlaridan biri bo‘lib, 2025 QS dunyo universitetlar reytingida 152-o'rinda qayd etilgan.
✈️ @tuituz_official
Nagoya universiteti — Yaponiyaning milliy universitetlaridan biri bo‘lib, 2025 QS dunyo universitetlar reytingida 152-o'rinda qayd etilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik
#Ozarbayjon
🇦🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Ozarbayjonning Sumg‘ayit davlat universiteti (SSU) rektori Prof. Rufat Azizov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
✅ Uchrashuvda taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy masalalari, jumladan TATU talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mobillilik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yozgi oromgoh, o‘zaro tashriflar doirasida ma’ruzalar, seminar-treninglar tashkil etish, qisqa muddatli amaliyot va stajirovkalar o‘tash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif davomida TATU va Sumg‘ayit davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🗒 Ma'lumot uchun:
Sumg‘ayit davlat universiteti – Ozarbayjonning Sumg‘ayit shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasasi. Universitet 1961-yilda Ozarbayjon Davlat neft va sanoat universitetining filiali sifatida tashkil etilgan va 2000-yildan mustaqil universitetga aylangan. SSU muhandislik, iqtisodiyot, tabiiy va gumanitar fanlar bo‘yicha ixtisoslashgan va Sumg‘ayit davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
✈️ @tuituz_official
#Ozarbayjon
Mazkur tashrif davomida TATU va Sumg‘ayit davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Sumg‘ayit davlat universiteti – Ozarbayjonning Sumg‘ayit shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasasi. Universitet 1961-yilda Ozarbayjon Davlat neft va sanoat universitetining filiali sifatida tashkil etilgan va 2000-yildan mustaqil universitetga aylangan. SSU muhandislik, iqtisodiyot, tabiiy va gumanitar fanlar bo‘yicha ixtisoslashgan va Sumg‘ayit davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LitseyBitiruvchilari #tashrif
💻 Joriy yilning 8-noyabr sanasida TATU Akademik litseyining 100 nafarga yaqin bitiruvchi o'quvchilari universitet faoliyati, ta'lim yo'nalishlari va ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishish maqsadida "Kompyuter injiniringi" fakultetiga tashrif buyurdilar.
➡️ Qisqacha taqdimot davomida fakultet dekani T.Kuchkorov tomonidan o'quvchilarga universitetdagi mavjud ta'lim yo'nalishlari, kirish imtihonlari, universitetda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar va fakultet faoliyatiga oid qiziqarli va muhim ma'lumotlar berildi.
🔴 O'quvchilar fakultetdagi ta'lim yo'nalishlari hamda qo'shma ta'lim dasturlariga qiziqish bildirib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va tashrif so'ngida fakultetdagi "Robototexnika", "VR Lab", "GisLab" va "Sun'iy intellekt" kabi o'quv-ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdilar.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #AQSH
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan AQShning ABET akkreditatsiya tashkiloti bilan kelishuvlarni amalga oshirmoqda.
🇺🇸 Joriy yilning 9-12-noyabr kunlari “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlik hisobotlarini monitoring qilish bo‘yicha ABET tashkilotining ishchi guruhi a’zolari Dr. Ramzi Haraty, Dr. Mark Stockman, Dr. Peng Li universitetga tashrif buyurib, tayyorlangan hisobotlarning asoslari va ularning ABET mezonlariga mosligi bo‘yicha monitoring o‘tkazdi.
📄 Dastlabki natijalarga ko‘ra, ABET tashkiloti ishchi guruhi a’zolari mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazgan monitoring natijalari ijobiy baholandi. Yo‘nalishning to‘liq akkreditatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat 2025-yil avgust oyida berilishi kutilmoqda.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #futbol #RektorKubogi
Bugun bizni ajoyib tashrif kutmoqda!
💻 Bugun, 28-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyuradi.
⚽️ Ravshan Ermatov bilan uchrashuv universitetimizning A binosining katta faollar zalida soat 14:00da futbol ixlosmandlari bo'lgan talabalarimiz bilan suhbat hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tadi. Savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilar uchun sovg’alar ham bor.
Bundan tashqari, bugun soat 14:30da futbol bo’yicha bo’lib o’tadigan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start beradi.
Barchani ushbu musobaqani tomosha qilish va jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun barchani taklif qilamiz!
✈️ @tuituz_official
Bugun bizni ajoyib tashrif kutmoqda!
Bundan tashqari, bugun soat 14:30da futbol bo’yicha bo’lib o’tadigan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start beradi.
Barchani ushbu musobaqani tomosha qilish va jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun barchani taklif qilamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif
✅ Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi janob Sakurai Akihiro tashrif buyurdi.
🤔 Tashrif davomida universitetda yaratilgan sharoitlar, jumladan ilg’or muhandislik maktabida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihar va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) homiyligida ochilgan TATU Media markazi bilan yaqindan tanishtirildi.
✅ Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitetning hozirgi kundagi mavjud yuqori salohiyatidan kelib chiqib, Yaponiya universitetlari va kompaniyalari bilan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan hamkorliklar va ularni jalb qilish borasida muhokamalar olib borildi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #tashrif #futbol #RektorKubogi
💻 Kuni kecha, 28-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.
👥 Universitetimizda tahsil olayotgan futbol ixlosmandlari bo'lgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv ochiq muloqot hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tdi. Savollarga to'g'ri javob bergan tadbir qatnashchilari mehmonimiz tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
🤔 Bundan tashqari, futbol bo’yicha bo’lib o’tayotgan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start berdi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #Xitoy
🇨🇳 Kuni kecha TATUga Xitoyning nufuzli “Xinyada” IT kompaniyasi bosh direktori Zeng Botao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
🔴 Tashrif davomida universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari va Xitoyning ZTE hamda Huawei kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitet va kompaniya o‘rtasida professional taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, Xitoyning yetakchi universitetlari bilan 3 tomonlama qo’shma dasturni yo’lga qo’yish orqali professional kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama etildi. TATU va “Xinyada” kompaniyasi o‘rtasida dastlabki hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.
☑️ Ma’lumot uchun:
“Xinyada” kompaniyasi BYD va Xiaomi gigant kompaniyalarining ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va tashkil etishda qatnashgan axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi IT kompaniya hisoblanadi.
✈️ @tuituz_official
“Xinyada” kompaniyasi BYD va Xiaomi gigant kompaniyalarining ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va tashkil etishda qatnashgan axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi IT kompaniya hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif
🇨🇳 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoyning Karamay shahridagi Pekin neft universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
📝 Tashrif davomida universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari va Xitoyning ZTE hamda Huawei kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Ikki universitet o'rtasida imzolagangan hamkorlik shartnomasi doirasida energetika va axborot-texnologiyalari sohasida qo'shma loyihalar tashkil etish bo'yicha ilmiy hodimlar hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
📁 Ma'lumot uchun: Xitoyning Karamay shahridagi Pekin neft universiteti xalqaro QS reytingi bo'yicha dunyoning TOP-640 universitetlari qatoridan joy olgan.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xitoy #tashrif
🇨🇳 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining taʼlim sohasidagi yetakchi Beijing Ruipan International Education Technology kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
⏺ Mazkur tashrif davomida universitet va kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, jumladan, professor o’qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari, talabalar almashinuvi va stajirovka dasturlarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
📄 Ma'lumot uchun:
Beijing Ruipan International Education Technology Co., Ltd. 300 dan ortiq kollej va universitetlar, shuningdek, 40 dan ortiq xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalariga ega yetakchi tashkilot hisoblanadi.
✈️ @tuituz_official
Beijing Ruipan International Education Technology Co., Ltd. 300 dan ortiq kollej va universitetlar, shuningdek, 40 dan ortiq xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalariga ega yetakchi tashkilot hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #Fransiya
💻 Kuni kecha Fransiyadagi oliy ta’lim imkoniyatlariga oid taqdimoti o’tkazish maqsadida Campus France agentligining O’zbekistondagi vakili Alisa Mot va Fransuz Aliance AFT vakillari TATUga tashrif buyurdilar.
🇫🇷 Alice Mot Campus France ma’suli va Aliance vakillari Fransiyaning universitetlari va ular tomonidan taqdim etilayotgan dasturlar, magistratura va grantlar bo’yicha taqdimot o’tkazdi. Toshkent Fransuz Alyansi vakili o‘z faoliyati va assotsiatsiyaga aʼzo bo’lishning foydalari haqida ma'lumot berib o'tdi, bu esa universitetimiz talabalarida katta qiziqish uyg’otdi.
📝 Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va debatlar o’tkazildi. Kelajakda fransuz tilini o’qitish bo’yicha qo’shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama etildi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik
💻 Joriy yilning 7-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (TAQU) rahbariyati tashrif buyurdi.
🏛 Tashrif avvalida TAQU vakillari Universitetda yaratilgan sharoitlar va so'nggi yillarda erishilgan yutuqlar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasida tajriba almashish, kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qator takliflar ilgari surildi.
👥 Ushbu tashrif ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi qoʻshma tashabbuslarni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif
🇺🇿 💻 🇰🇷 “HUSS X TUIT Global Sustainability Program” dasturi doirasida Koreya Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor va talabalari xalqaro tajriba almashish, TATUning axborot kommunikatsiya salohiyatini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdilar. Universitetda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar yaqindan tanishtirildi va turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bo'lib o'tdi.
🤔 Shuningdek, Kwangwoon, Kookmin, Sunmoon, Yeungnam, Honam universiteti va TATU talabalaridan iborat 10 ta guruh o‘rtasida mahalliy muammolarga yechimlarni taklif qilish orqali global ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan loyiha tanloviga start berildi. Ushbu loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi KOICA tomonidan moliyalashtirilgan bòlib, Koreya-O’zbekiston madaniyatlararo almashinuviga imkoniyat yaratadi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir #tashrif #fotolavha
💻 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi tashkil etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✅ Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etib, yangi markazning ahamiyati haqida nutq so‘zladilar.
📝 Mazkur majmua talaba-yoshlarni milliy tariximiz, xalqimizning buyuk an’analari va ajdodlarimiz merosiga tayangan holda tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Yaxlit majmua jahon andozalariga mos tarzda jihozlangan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni targ'ib qiluvchi ko'rgazmali pavilion;
• Jadidlar burchagi;
• Renessans poydevori namoyondalari burchagi;
• Taniqli yozuvchi va shoir Said Ahmad va Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey;
• Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash burchagi.
• Ijodkor yoshlar klubi.
✈️ @tuituz_official
• Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni targ'ib qiluvchi ko'rgazmali pavilion;
• Jadidlar burchagi;
• Renessans poydevori namoyondalari burchagi;
• Taniqli yozuvchi va shoir Said Ahmad va Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey;
• Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash burchagi.
• Ijodkor yoshlar klubi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markaz #tashrif #videolavha
🎞 “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimidan videolavha
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markaz #tashrif #videolavha2
🎞 “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimidan videolavha
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM