TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.2K photos
1.94K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Diqqat!!!

Talabalar va ularning ota-onalari iltimoslariga binoan, talabalarga yengillik yaratish maqsadida, ta'lim shaklidan qat'iy nazar barcha uchun  shartnoma to‘lovining 75 foizini to‘lashning so‘nggi muddati 2024-yilning 15-aprel kuniga qadar uzaytirilgan edi.

❗️Kontrakt to'lovlarini amalga oshirganlikni tasdiqlovchi cheklarni 26-aprel kuni soat 16:00 ga qadar buxgalteriya bo'limiga taqdim etishingiz so'raladi.

Kontrakt
to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sababli shartnomaning 5.4. bandiga muvofiq shartnoma bekor qilinishi va mazkur shartnomaning 4.1. bandiga asosan universitet o‘qitish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun talabani chetlashtirish huquqiga ega.

Tegishli muddatda to'lovlarni amalga oshirmaganlar talabalar safidan chetlashtiriladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TATU | Rasmiy kanali pinned «Diqqat!!! Talabalar va ularning ota-onalari iltimoslariga binoan, talabalarga yengillik yaratish maqsadida, ta'lim shaklidan qat'iy nazar barcha uchun  shartnoma to‘lovining 75 foizini to‘lashning so‘nggi muddati 2024-yilning 15-aprel kuniga qadar uzaytirilgan…»
Hurmatli talabalar!

Ma’lumki, har o‘quv yili yakunida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida turli nomli davlat stipendiyalar, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi”, “Beruniy” hamda “Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi” ga talabalar nomzodlari tavsiya etiladi. Shuningdek, universitetning iqtidorli talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi”, “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya” hamda “O‘zbekiston Radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnik jamiyati” ham  o‘zlarining maxsus stipendiyalarini joriy etishgan.

Shu sababli, yuqorida ko‘rsatilgan nomli davlat stipendiyalari hamda soha stipendiyalariga nomzod talabalar hujjatlarini Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirib, fakultet dekani tavsiyanomasi asosida joriy yilning 31-may kuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi (C – bino, 5-qavat, 523-xona)ga topshirishingiz mumkin.
Stipendiyalar Nizomlari bilan universitetning tuit.uz saytining “talabalarga” ruknining “Stipendiya va grantlar” bo‘limida tanishish mumkin.
#TATU_milliy_qadriyatlar_sayli

📹 Ayni damda, Universitetimiz jamoasi va 500 nafar talabala-yoshlarimiz tomonidan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi doirasida folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari, gʻazal va sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar, shuningdek, respublikamiz hududlarining milliy urf-odatlari, anʼana va qadriyatlari tarannum etilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣TATU magistratura bosqichi talaba-qizlari, doktorantlari, professor-o'qituvchilari diqqatiga!!!

🩷STEM sohasidagi ayol-qizlar uchun Britaniya Kengashi stipendiyalari
Siz STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohasida ilmiy darajaga ega yoki PhD talabasi boʻlgan oʻqishga ishtiyoqi baland ayolmisiz? Unda siz Birlashgan Qirollikning yetakchi universitetlaridan birida fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish uchun stipendiyaga ega boʻlishingiz mumkin.
To’liq ma’lumot uchun: https://www.britishcouncil.uz/study-uk/scholarship-women-stem



🩷British Council Scholarships for Women in STEM
Are you a woman with a bachelor’s degree in a STEM subject and passionate about your study? You could receive a scholarship to study for a master's degree in a science, technology, engineering or mathematics programme at a leading UK university. Link for more information: https://www.britishcouncil.uz/en/study-uk/scholarship-women-stem

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TATU | Rasmiy kanali
🎮 TOSHKENT SHAHRI TALABALARI UCHUN HONOR OF KINGS BO’YICHA TURNIR Sovrin jamg'armasi 3 000$ tashkil qiluvchi «HoK Uzbekistan University Challengers Cup» talabalar uchun bo’lgan turnirni o'tkazilishini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz. 💰 🔔 Ro'yxatdan o'tish…
#live #TATU

🎮Ayni damda Toshkent shahridagi barcha ta'lim muassasalari jamoalari o'rtasida kibersportning HONOR OF KINGS turi bo’yicha turnirning 2- bosqichi bo'lib o'tmoqda.

💻 Sovrin jamg'armasi 3 000$ ni tashkil qiluvchi «HoK Uzbekistan University Challengers Cup» turnirda TATU jamoasi ham ishtirok etmoqda.

🗒Ma'lumot uchun: TATU jamoasidagi 3 o'yinchi ushbu o'yinning O'zbekistondagi reytingi TOP 10 taligida 3ta o'rinni egallab turishibdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TATU | Rasmiy kanali
#live #TATU 🎮Ayni damda Toshkent shahridagi barcha ta'lim muassasalari jamoalari o'rtasida kibersportning HONOR OF KINGS turi bo’yicha turnirning 2- bosqichi bo'lib o'tmoqda. 💻 Sovrin jamg'armasi 3 000$ ni tashkil qiluvchi «HoK Uzbekistan University Challengers…
G'alabaaa!!!

Hozirgina jamoamiz turnirning 2-bosqichida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Wings of Victory jamoasiga qarshi o'ynab 19-6 hisobida g'alabani qo'lga kiritdi!

Keyingi bosqich 4-may kuni LAN offline shaklida bo'lib o'tadi. Unda TATU jamoasi Toshkentdagi TMC Institutining TMCI jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

🎉Jamoamizga faqatgina omad tilab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ERASMUS+ #DEBSEUz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi onlayn uchrashuvi 19 aprel 2024 yil sanasida bo‘lib o‘tdi.


🗒 Uchrashuv bir qator ish paketlari bo‘yicha quyidagi:
- loyiha koordinatsiyasi va boshqaruvi
- ma’lumotlar to‘plash va xodimlarning malakasini oshirish
- laboratoriya va markazlarni tashkil etish
- loyihani targ‘ib etish
va boshqa turli masalalar
muhokamasiga bag‘ishlandi.

🎥 Onlayn uchrashuv dasturiga muvofiq loyiha doirasida shu paytgacha belgilangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha har bir universitet vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar natijalari bilan yaqindan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilari Italiyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yuzma-yuz uchrashuvga tayyorgarlik masalasi, shuningdek bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar rejasini muhokama qildilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#doktorantlar #tadqiqotchilar

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti stajor-tadqiqotchi, tayanch doktorant va doktorantlari diqqatiga!!!

TATU Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limining rasmiy kanaliga o'tib ma'lumotlardan xabardor bo'lib turishingiz so'raladi👇

✈️https://t.iss.one/tuit_doktorantura_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oxford_Awards_club #live

💻 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Oksford mukofotlari klubi (Oxford Awards Club) safiga qo'shilish uchun ariza topshirgan bo'lib, shu kunga qadar 100 dan ortiq nufuzli universitetlar ichida TATU 1-bosqichdan o'tib, klubga a'zolik tanloviga qo'yildi.

📹 Ayni damda Buyuk Britaniyaning London shahrida King’s College London universitetida Oxford Awards Club hay'ati tomonidan ovoz berish orqali Universitetimizni ushbu klubga a'zo bo'lishi ko'rib chiqilmoqda.

🗒Ma'lumot uchun:Oxford Universiteti & Kollej Qo'mitasi va London malaka oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan Oxford Awards Club butun dunyo bo‘ylab jamiyat, biznes va ta’lim sohasida boshqarilib kelayotgan tashkilotlarga e’tibor qaratadi va samaradorligi, operatsion mukammalligi, strategiyasi va inson resurslari jarayonlarini hisobga olgan holda malaka va baholash jarayoni orqali taniqli ijtimoiy va ta’lim tizimlari hamda ta'lim muassasalarini o'z safiga qabul qiladi.

🤝 Universitetimizni qo'llab-quvvatlashda hamda bizni kuzatishda davom eting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 | 😀😀😀😀😀😀

🌐 Dunyo boʻylab toʻliq qoplab beriladigan grantlar sohibi boʻlish, universitetni tamomlagandan soʻng IT sohasida ishga ega boʻlishni istaysizmi?

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etilmoqda va unda:

xorijiy davlatlarning top 300 ta oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun imkoniyatlar va grantlarni qo‘lga kiritish sirlari;
mukammal rezyume shakllantirish;
talabalik davridagi va undan so‘ng karyera qilish imkoniyatlari kabi mavzularda ma’lumotlar beriladi.

🏢 Tadbir 29-aprel soat 10:00 da 📍TATU binosida bo‘lib o‘tadi. Barcha qatnashishi mumkin.

➡️ Eng so'nggi vakansiyalar
💙@tatu_karyera_markazi

❗️Qo'shimcha savollaringiz bo'lsa, TATU Karyera markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
📍 Manzil: TATU C bino, 5-xona.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijara_pullari

Diqqat!


Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning aprel oyi uchun kompensatsiya to‘lovlari bugun, yaqin fursatlar ichida plastik kartalariga tushirib beriladi.



Внимание!

Компенсационные выплаты за месяц апрель студентам, проживающим на правах аренды, будут переведены на их пластиковые карты в ближайшее время.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM