TATU | Rasmiy kanali
14.9K subscribers
17K photos
1.9K videos
251 files
4.11K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#seminar #online

📢 Bugun, 12-aprel kuni soat 17:00da Dasturiy injiniring fakulteti va “E&O Global” kompaniyasi bilan hamkorlikda ML dasturchisi Umarov Anvar tomonidan "Katta til model (LLM) va agentlardan foydalanish" mavzusida talabalar uchun onlayn seminar o‘tkaziladi. 

Konferensiya identifikatori :885 5484 9551 Kirish kodi: 1 
Zoomga ulanish havolasi:

https://us06web.zoom.us/j/88554849551?pwd=wjB1aKA5r1cBtAwkNJCHKuIQE8Aw47.1
#seminar_trening

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Sun’iy intellekt ta'lim yo'nalishi o'quv rejasiga kiritilgan  fanlarni o‘qitish metodikasi, oquv dasturlari va sillabuslari muhokamasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

💬  Ushbu seminar-treningda O‘zbekistondagi yetakchi OTMlaridan 30dan ortiq olimlar ishtirok etishdi hamda zamonaviy texnologiyalarni turli sohalarga joriy etish, IT texnologiyalarini qo‘llash, sun’iy intellektdan muvafaqqiyatli foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

🤖  Shuningdek, Sun’iy intellekt kafedrasi professor-oqituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar, amalga oshirilayotgan ilmiy va startap loyihalar taqdimot qilinib, kafedra salohiyati namoyish etildi.
 
📊 Universitetda Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim sifatini xalqaro darajaga yetkazish, yetakchi Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va Sun’iy intellekt sohasi fanlari uchun o‘quv metodikasini ishlab chiqish  yuzasidan amaliy ishlar bajarilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #Odoo #UIC_Group

Odoo va UIC Group kompaniyalari universitet o‘qituvchilari va talabalariga amaliy mashg'ulotlar va
seminar o'tkazdi.

Amaliy mashg'ulotlar va seminardan asosiy maqsad: TATU ta'lim jarayonalarida eng so'nggi dasturlar, mavjud innovatsion platformalar va dunyo standartlariga mos tizimlardan foydalanish hisoblanadi.

Seminar davomida Odoo ta'lim dasturi orqali ta'lim muassasalariga Odoo dasturiy ta'minotidan talabalarni haqiqiy biznes dunyosiga tayyorlashga yordam berish uchun darslarda ta'lim resursi sifatida qanday foydalanish imkoniyatlari haqida tushuntirildi.

Odoo universitet professor-o‘qituvchilari va talabalariga akademik qo‘llab-quvvatlash uchun har birining ishlash muddati 10 oy bo‘lgan cheksiz miqdordagi Odoo ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida korxona rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etish rejasi bo‘yicha “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti kafedralari professor-o’qituvchilari bilan "O'zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari o’rtasida seminar tashkil etildi.

Unda “Telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish va boshqarish xizmati" boshlig'i o'rinbosari Zilolov Fazliddin Xayatovich hamda bosh mutaxassisi Usmanov Sherzod Mirnumonovich tomonidan “Telekommunikatsiya tarmoqlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi”  mavzusida ma’ruza qildi.

📶 Seminar Respublikamizda faoliyat yuritayotgan uyali kompaniyalarning xizmat ko’rsatish sifatini nazorati, mobil aloqa operatorlarining onlayn kuzatuv holati bo’yicha, aloqa sifatiga tasir etuvchi omillar haqida aytib o’tildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

📍 Universitetimiz terma jamoa a’zolari joriy yilning 23-iyundan 1-iyulga qadar Turkiyaning Istanbul shahrida xalqaro “6th Algorithm Competition Summer Camp 2024” o‘quv seminar-treningida ishtirok etishdi.

🗒 Universitetimiz talabalari ushbu o‘quv seminar-treningida xalqaro darajadagi mentorlardan tahsil olib, o‘z bilimlarini oshirgan holda, nufuzli ICPC musobaqalarida universitet nufuzini yanada oshirishni maqsad qilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#China #Blockchain_Telecommunication  #Wuhan #Seminar #TUIT

🇨🇳 5-18-iyul davomida
Xitoy Xalq Respublikasining Uhan shahrida o’tkazilgan “Blockchain and Information Security Technology Training Course for Developing Countries” seminari o’z yakuniga yetdi.

Axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishtirish maqsadida telekommunikatsiya va kiberxavfsizlik sohasidagi yetuk vakillar “FIBER HOME” Co.Ltd, “KINGSOFT.LOG”, “WPS OFFICE GROUP”, “DAMENG DATABASE” Co.Ltd kabi kompaniyalarga amaliy tashriflar tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Ichan hamda Xian shaharlariga Xitoy Xalq Respublikasining boy tarixi  hamda muhandislik yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida madaniy tashriflar tashkil qilindi.

Seminar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda “Blockchain va Kiberxavfsizlik hamda telekommunikatsiya” sohalarida olib borilayotgan ishlar hamda bir qator istiqbolli loyihalar haqida yakuniy taqdimot bilan qatnashdi.

Mazkur seminarga O’zbekiston, Gana, Armaniston, Janubiy Afrika, Ozarbayjon, Mynama, Eron, Iroq, Kambodja, Afg’oniston va Nepal kabi bir qator davlatlardan mutaxassislar hamda muhandis vakillar taklif qilingan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#China #Cybersecurity #Informationsecurity #Shanghai #Seminar #TUIT

🇨🇳 4-17-iyul davomida Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida o’tkazilgan “Information Security Technologies for the 'Belt and Road' Countries“  seminari o’z yakuniga yetdi.

Axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishtirish maqsadida  kiberxavfsizlik sohasidagi yetuk vakillar “VECENTEK” Co.Ltd, “WUKONG TECHNOLOGIES (Sichuan) Group” Co.Ltd, “DBAPP Security (Chengdu)” Ltd, "JSY (Jishiyu) Digital Agriculture Center" kabi kompaniyalarga amaliy tashriflar tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Shanxay hamda Chengdu shaharlariga Xitoy Xalq Respublikasining boy tarixi hamda muhandislik yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida madaniy tashriflar tashkil qilindi.

Seminar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda “Kiberxavfsizlik” sohalarida olib borilayotgan ishlar hamda bir qator istiqbolli loyihalar haqida yakuniy taqdimot bilan qatnashdi.

Mazkur seminarga O’zbekiston, Armaniston, Bahrayin, Kamerun, Kuba, Iroq, Laos, Marokko, Janubiy Afrika, Lesoto kabi bir qator davlatlardan mutaxassislar hamda muhandis vakillar taklif qilingan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti tomonidan 2024-yil 16-avgust kuni soat 19:00da Germaniyaning Kayzerslautern-Landau Universiteti sunʼiy intellekt tadqiqotchisi Latofat Bobojonova bilan hamkorlikda doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va talaba-yoshlar uchun “Veb qidiruv tizimini yaratish” mavzusida onlayn seminar o‘tkaziladi.

Konferensiya identifikatori: 425 631 6104
Kirish kodi: 1


https://us02web.zoom.us/j/4256316104?pwd=NCkUw7t9c4AamxMaF8NPuBCV6Vl8hA.1

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik #seminar #startup #livinglab #hakaton

🇺🇿🇰🇷 Xalqaro hamkorlik doirasida hakaton va start up loyihalar namoyishi boshlandi.

Xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalarining tajribalarini o'rganish va o’zaro tajriba almashish maqsadida TATU va Janubiy  Koreyaning Kookmin universiteti talabalari o'rtasida KOICA loyihasining Design Thinking & Digital Transformation xakatoni va Living Lab StartUp xakatoniga start berildi.

Ushbu xakaton joriy yilning 26-29-avgust kunlari bo'lib o'tadi. Ushbu loyiha doriasida TATU ning 18 nafar va KMU ning 12 nafar talabalari, professor o'qituvchilari yordamida o'z loyihalarini namoyish qilishadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ERASMUS #seminar_trening

🇱🇹 Joriy yilning 30-sentyabr kuni Litvaning Vilnius texnika universiteti (Vilnius Gediminas Technical University)da ERASMUS+ “New master’s degree and training course programs in the field of medical engineering in Uzbekistan 101082221 – UzMedEn” loyihasi doirasidagi trening kurslariga start berildi. Dasturni Vilnius texnika universiteti rektori Prof.Dr.Romualdas Kliukas kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

  ⚪️Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining 7 ta oliy ta’lim muassasalaridan 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar jumladan, universitetimizning 4 nafar professor-o’qituvchilari ishtirok etmoqda.  Erasmus+ "Oliy ta'limda salohiyatni oshirish - CBHE" dasturi tomonidan moliyalashtirilgan "UzMedEn: O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish" loyihasi doirasida tashkil etilayotgan treyning kurslari 30-sentyabrdan 11-oktyabrga qadar davom etadi hamda  professor-o‘qituvchilar biotibbiyot muhandislik sohasida Yevropa ittifoqining ilg‘or tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

📁 Ma’lumot uchun: Yevropa mamlakatlari tajribalarini o‘rganish va taʼlim jarayonlariga joriy etish bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bugungi kunda ko‘plab xalqaro loyihalar koordinatori va ijrochi tashkiloti sifatida salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Hurmatli talabalar!

🇩🇪 Germaniyaning Siegen universiteti professori Madjid Fathining universitetimizga tashrifi yuzasidan Kompyuter injiniringi fakultetida "AI and their application in Medicine and Engineering" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tadi.

🔘 Seminar-trening davomida siz sun'iy intellekt, tibbiyotda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt ilovalari kabi yo'nalishlarda qo'shimcha bilimlarga ega bo'lasiz.

Barchangizni ushbu seminarda ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

📌Seminar o'tkaziladigan joy: F bino, 1-qavat (Muzokaralar zali)
Sanasi va vaqti:
2024-yil 7-noyabr, 11:30


✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 | 😀😀😀😀😀😀

#seminar #Ucell

📆 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O'zbekistondagi lider aloqa operatorlaridan biri – Ucell kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar-uchrashuv tashkil etildi.

⭕️ Qiziqarli o‘tgan seminarda, Ucell kompaniyasi mutaxassislari tomonidan kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, xodimlar uchun yaratilgan qulay ishlash sharoitlari va undagi bo'sh ish o'rinlariga ishga joylashish jarayonlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, talabalarga amaliyot, stajirovka o‘tash uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kompaniyada faoliyat olib borishning afzal jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

🗣 Tadbir davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🔘 Eng so'nggi vakansiyalar: ❤️ @tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM