TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.96K videos
251 files
4.15K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabassum_vaqti #obunachimizdan

😂«Butun shaharda elektr toki o'chsa-yu, lekin bugun dedlayning bo'lsa» - nima bo'lishidan qat'i nazar dedlaynni vaqtida yopadigan TATU talabasi.



😂«Когда во всем городе отключился электричество, но вечером у тебя заканчивается дедлайн» — студент ТУИТ который в любом случае его сдаст.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #U17

⚽️U-17 terma jamoamiz Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'smirlarimizning Yevropa jamoalariga qarshi o'yinlari davom etadi: Ispaniyani amallashdi, Angliyani kuzatib qo'yishdi. Endi navbat - Fransiyaga!

U-17
Jahon chempionatining chorak finali doirasida 25-noyabr Toshkent vaqti bilan 13:30 da “Manahan” stadionida boshlandi.

Yoshlarimizga omad yor bo‘lsin!

📺Ayni vaqtlarda uchrashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli #foydali

🍿 Popkorn demensiya kelib chiqish xavfini kamaytiradi.

🧠 Olimlar kundalik ratsionda dukkakli o'simliklar bo'lishi miyani kuchli yoshartirishini aniqladilar - hisob-kitoblarga ko'ra, taxminan 8,5 yil davomida miyani qarishidan himoya qilish uchun, kuniga bir nechta porsiya popkorn iste'mol qilish kifoya.

😁 Balki miyani yoshartirish uchun yana bir bor movie night tashkil qilarmiz.



🍿 Исследование: попкорн снижает риск деменцим
.

🧠 Учёные выяснили, что цельнозерновые продукты (например, попкорн) в ежедневном рационе сильно омолаживают мозг — по подсчётам, примерно на 8.5 лет, достаточно съедать по паре порций в день, чтобы оградить себя от старения мозга.

😁 Не обжираешься под сериалы, а омолаживаешь мозг

@tuituz_official
#yoshlar_bilan_uchrashuv

❗️Rektor yoshlar muammosiga befarq emas


Muhtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur g'oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratmoqda.

Rektorimiz va yoshlar o'rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov Yunusobod tumanida joylashgan Anorzor, Obod, Ahmad Donish, Iftixor, Jomiy MFYlarda istiqomat qiluvchi qizil toifadagi yoshlar bilan uchrashdi. Yoshlarning holidan xabar olinib, o‘zlari va yaqinlari bilan suhbatlar uyushtirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#KOOKMIN
#Bahorgi_Qabul_2024

Hurmatli talabalar!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo'nalishi bo'yicha magistratura va PhD uchun grant dasturlarini e'lon qiladi.

📋 Talab qilinadigan hujjatlar:
- Ariza formasi;
- Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
- O‘quv rejasi (Study plan);
- Shaxsiy ma'lumot (Personal statement);
- Tavsiyanoma (Recommendation letter);
- IELTS 6.5 +;
- Pasport nusxasi.

Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;
   
Hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar 30-noyabr kuni suhbatga chaqiriladi.

📄Hujjatlar qog'oz ko'rinishida, A bino, 2-qavat, 226-xonada qabul qilinadi.

➡️Bu yerdan kerakli arizalar shablonini yuklab olishingiz mumkin.

📆 Muddat: 2023-yil, 24 - noyabr 28-noyabr, soat 18:00 gacha.

❗️Eslatma: ushbu grant dasturi TATU va uning hududiy filiallari uchun!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#esport #football #cybersecurity

🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning futbol yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

⚽️ Bellashuv yakuniga ko‘ra talabalarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi:

🥇1-o‘rin — Ikromov Nurmuhammad
🥈2-o‘rin — Normaxmatov Diyorbek
🥉3-o‘rin — Xayrullayev Akobirxon

🎗Musobaqa sovrindorlari Kiberxavfsizlik fakulteti dekani tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tекинга Инглиз тилида сўзлашиш (Speaking) кўникмангизни ChatGPT ёрдамида яхшилашингиз мумкинлигини биласизми?

Инглиз тилини ўрганишда аксарият ёшлар қийналадиган қисми айнан сўзлашиш (Speaking) кўникмаси, ҳамманинг ҳам яхши репетитор топиш имкони, маблағи ёки вақти йўқ, айниқса native speakerни. Кенжа қизимда ҳам инглиз тилида сўзлашув кўникмасини яхшилаш керак бўлганига унга ўргатиш баҳонасида ўртанча қизим йўриқнома сифатида бошқаларга ҳам фойдали бўладиган видео қилиб берди.

PS. Эшитиш кўникмасини яхшилаш учун Инглиз тилида YouTubeда видео жуда кўп. Хусусан IELTS Listening 9 олиш учун катта қизим Ted.Talksни эшитиб юргани фойдаси текканини 5 йил аввал ёзган эканман: https://bit.ly/47twYiF

PPS. ChatGPTни хабарлар юбориш бўйича фойдаланиш вақтида чекловлари бор, чекловга учраган вақтда, тўхтаб, бошқа фойдали иш билан шуғулланиб, бир неча соатдан кейин қайтадан фойдаланса бўлади. Баъзан серверлари ҳам катта юкламага учраган вақтда уланишида муаммо бўлиши мумкин, шунга АҚШ ва Европада иш вақти бўлмаган вақтда фойдаланган маъқул.

ChatGPT Google Playda: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.openai.chatgpt
🟦🟦🟦🟦

Bugun 27-noyabr haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌍Toshbaqalarni himoya qilish kuni.
🇹🇭Tailand – Milliy salomatlik kuni.
🇪🇸Ispaniya – O‘qituvchilar kuni.
🇷🇺Rossiya – Dengizchilar kuni.

#muhim_voqealar
🔵1895 – Alfred Nobel oʻz mulklarini Nobel mukofoti fondiga berilishini vasiyat qildi.
🔵1917 – Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi Turkiston muxtoriyati tashkil etilganini e’lon qildi.
🔵2003 – Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband tavalludiga bag‘ishlangan yubiley tantanalar o‘tkazildi.

#tavalludlar

🔴1701 – Andres Selsiy – shved astronomi, fizik va matematik olimi.
🔴1894 – Konosuke Matsushita – Panasonic asoschisi.
🔴1940 – Bryus Li – mashhur kung-fu ustasi.
🔴1964 – Roberto Manchini – italiyalik futbolchi va murabbiy.

Manba

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻Samarqand shahridagi School 21 kampusida IT-yo‘nalishlarida o‘qish uchun qabul boshlandi

Samarqandda joriy yilda ish boshlaydigan School 21 bepul dasturlash maktabiga o‘quvchilarni qabul qilish boshlandi. O‘quv jarayonlari boshlanishi 2023-yilning dekabr oyiga mo‘ljallangan.

Saralash bosqichi 26 kun davom etadi. Intensiv kursi davomida ishtirokchilar jamoaviy loyihalarni amalga oshiradilar. Intensiv natijalarga ko‘ra, qatnashchilar asosiy mashg‘ulotlarga yo‘llanma oladilar.

Quyidagi havola orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘ling:

👉 https://shorturl.at/nyY45

#admission
#school21

❤️ https://t.iss.one/skd21school
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️DIQQAT
CTF (Capture the flag) MUSOBOQASI

Joriy yilning 15-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari o‘rtasida tashkil etilayotgan CTF musoboqasiga taklif etamiz.

🗒 Musobaqa universitet hududida oflayn rejimida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar CTF topshiriqlarini mustaqil bajarishi talab etiladi.

🏆 I,II, III-o'rinni egallagan ishtirokchilar qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

📌 Shuningdek yuqori ball to‘plagan 10 ta ishtirokchi muntazam tayyorgarlik olib boriladigan TATU CTF klubiga qabul qilinadi.

Musobaqa haqidagi yangiliklarni TATU rasmiy kanalida kuzatib boring!

📞Murojaat uchun telefonlar:
(93) 0000567; (99) 5937104

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriklaymiz
#TATU_talabalari
#oʻzmaqsadlaringnibil

👨‍💻IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

💻 Universitetimizning Dasturiy injiniiring fakulteti talabasi  Shonazarov Sarvarbek Maqsud o‘g‘li  Google Project
Management
kursini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo'ldi va ushbu imkoniyatni qo'lga kiritdi.

🤩Sarvarbekni ushbu natija bilan tabriklagan holda, bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mapaton

Mapaton musobaqasida Universitetimiz talabalari 3-o‘rin egallashdi.

24-26 noyabr kunlari INHA universitetida Mapaton tadbiri o‘tkazildi. Unda aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi va oqava suv tizimi qamrovi bo‘yicha aktual ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida 120 ta ko‘ngillilar va soha mutaxassislari jalb etildi.

🔺 Geoaxborot ma’lumotlarini shakllantirish musobaqasi — Mapatonda Dasturiy injiniring fakulteti talabalaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etdi. 10 ta oliy ta'lim muassasasi ishtirok etgan ushbu musobaqada universitetimiz jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

🎉Ushbu muvaffaqiyat bilan jamoamiz a’zolarini tabriklaymiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗓Talabalar uchun qishki ta'til muddati belgilandi

Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta'lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta'til 2023-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

❗️Darslar 8-yanvar, dushanbadan boshlanadi.



🗓Официально: студенты в Узбекистане выйдут на зимние каникулы с 25 декабря

Для студентов вузов, а также учащихся академических лицеев и коледжей зимние каникулы установлены с 25 декабря до 7 января.

❗️8 января - первый день учёбы!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TUIT_vines #tabassum_vaqti

Sening hasadgo'y kursdoshing...

👉Kimga yuborishni o'zingiz bilasiz


Тот самый твой завистливый однокурсник...

👉Сами знаете кому отправить видео

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#quiz

📣 Hurmatli TATU talabalari!

Sizga IT sohasiga oid bo'lgan qiziqarli savollarni taqdim qilamiz.

🤓 Savollarga javob bering va o'z bilimlaringizni sinab ko'ring!

Bizni kuzatishda davom eting!



📣 Дорогие студенты ТУИТ!

Представляем вам интересные вопросы, связанные со сферой IT.

🤓 Ответьте на вопросы и проверьте свои знания!

Продолжайте следить за нами!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM