TATU | Rasmiy kanali
14.7K subscribers
16.9K photos
1.89K videos
251 files
4.1K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#QWASAR_Silicon
#Xalqaro_sertifikat

🏛Astrum IT akademiyasi tomonidan tashkil qilingan xalqaro "Qwasar Silicon Valley" software engineering kursini universitetimizning "Dasturiy injiniiring" fakulteti 2-bosqich talabasi Umirzoqov Azizjon Fazliddin o‘g‘li muvaffaqiyatli tugatib xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritildi.

Azizjonni ushbu natija bilan tabriklagan holda bundanda yuqori marralarga erishishiga tilakdoshmiz.

📌Ma'lumot uchun: "QWASAR Silicon Valley" dasturiy ta'minot muhandisligi bo'yicha Silikon Vodiysi standartlariga javob beradigan yagona trening provayder hisoblanadi.
10 июнь – Саид Аҳмад туғилган кун

Саид Аҳмад (Ҳасанхўжаев Саидаҳмад) 1920 йил 10 июнда Тошкент шаҳрида туғилган. 1968 йилда Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, 1980 йилда Ўзбекистон халқ ёзувчиси, 1996 йилда “Дўстлик”, 1997 йилда “Буюк хизматлари учун” орденлари, 1999 йилда Ўзбекистон Қаҳрамони юксак унвони билан мукофотланган.
1940 йилда биринчи ҳикоялар тўплами — “Тортиқ” нашрдан чиққан. Ижодининг каттагина қисми ҳажвий-юмористик ҳикоялар, қиссалар, комедиялардан иборат. У “Эр юрак”, “Фарғона ҳикоялари”, “Чўл бургути”, “Чўл оқшомлари”, “Одам ва бўрон”, “Йўқотганларим ва топганларим”, “Қоракўз мажнун”, “Киприкда қолган тонг” каби асарлар муаллифи.
Саид Аҳмаднинг “Уфқ” трилогияси, “Жимжитлик” романи, “Хандон писта”, “Бир ўпичнинг баҳоси” ҳажвий тўпламлари, 3 жилдли “Танланган асарлар”и чоп этилган. Унинг юмористик маҳорати “Келинлар қўзғолони”, “Куёв” комедияларида ёрқин намоён бўлган.
Адиб 2007 йил 5 декабрда Тошкент шаҳрида вафот этган.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
#TATU
#Tarixiy_obidalar
#Sayohat

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari va talabalariga ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida madaniy hordiq chiqarishlari uchun Xorazmdagi ajdodlarimizdan bizga qolgan, yillar davomida avaylab kelinayotgan ko'hna tarixiy obidalari joylashgan Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

✈️tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Videoroliklar tanlovi o‘tkaziladi

Ichki ishlar vazirining 2023-yil 17-maydagi 137-son farmoyishi imzolandi. Unga ko‘ra, 2023-yil sentabr-noyabr oylarida xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ular tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan hamda o'zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishni targ‘ib qiluvchi ijtimoy videoroliklar tanlovi o‘tkaziladi.

🗣Tanlov g’oliblari quyidagicha pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o’rin — 17 mln so‘m;
🥈2-o’rin — 13,5 mln so‘m;
🥉3-o’rin — 11 mln so‘m bilan, shuningdek
🔵eng yaxshi operatorlik ishi uchun — 5,5 mln so‘m;
🔵eng yaxshi videomontaj uchun — 5,5 mln so‘m;
🔵eng yaxshi infografika uchun — 5,5 mln so‘m bilan taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumot: @iiv_huquqiy_targibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib yangilik!

"Toshkent yoshlarni sevadi" shiori ostida Yoshlarimizga ko'tarinki kayfiyat ulashish hamda yozgi ta'tilni maroqli o'tkazish uchun tashkil qilingan Hamdam Sobirov, Shoxrur-rep va Shohruhxon ishtirokidagi mega shouga taklif etadi.

📍 Manzil: Navro'z bog'i
Soat: 20:00
📆 Sana: 10.06.2023

Kirish mutlaqo bepul!

@tuituz_official
#TATU

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 103 yilligi nishonlandi.

Ushbu tadbirda Markaz rahbari til masalalari bo'yicha maslahatchisi M.Ulug'ova hamda Said Axmadning qizi N.Husanxo'jayevalar so'zga chiqib adib hayoti va ijodidan so'zlab berdi. Shundan so'ng talabalarimiz tomonidan musiqiy va she'riy chiqishlar uyushtirishdi.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM