TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.2K photos
1.94K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov Qarshi filialiga tashrif buyurdilar

Tashrif davomida rektorimiz TATU Qarshi filialida qad rostlayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, quruvchilar va mas'ullar bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, filialda tashkil etilayotgan inkubatsiya markazida bo‘lib, ushbu markazni zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlash bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berdi.

📄Ma'lumot uchun: 400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish ishlari “Golden Age-2022” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Talabalar turar joyini 2022-yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish belgilangan.
#TATU
#Qarshi_filial
#Tayinlov

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Yaxshibayev Doniyor Sultonbayevichgа asosiy ishi bilan birgalikda mazkur universitet Qarshi filiali direktori vazifalarini bajarish 2022-yil 4-oktabrdan yuklatildi
❗️Firibgarlarga ishonmang

Shu kunlarda bizga yetib kelayotgan xabarlar orasidan ijtimoiy tarmoqlarda aholi uchun kompyuter xizmatlari tashkil qilinib, davlat xizmatlarini onlayn ko‘rsatish bo‘yicha takliflar bo‘layotgani haqidagi ma’lumot e’tiborimizni tortdi.

Siz aslo bu kabi usullardan foydalanmang! Begonalarga shaxsiy ma’lumotlaringizni yoki identifikatsiya tizimlaridagi login va kalit so‘zlaringizni bera ko‘rmang!

My.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlaridan shaxsan o‘zingiz yoki faqat oila a’zolaringiz ko‘magida foydalaning.

☎️ Muammo yoki tushunmovchiliklar kelib chiqsa, 24/7 tartibida ish olib boruvchi “1242” qisqa raqamli Call-markazimiz bilan bog‘laning.

#mitc
#egov
☑️ FIKRLARIMIZNI TO’G’RI JAMLAYMIZ!
Biz siz uchun fikrni jamlash uchun foydali mashqlar ro’yxatini tayyorladik 👇

Har 52 daqiqada tanaffus qiling

O’z e'tiboringizni nazorat qilishni tiklashingiz tavsiya etiladi. Har 52 daqiqadan so'ng 15-17 daqiqa davomida muntazam tanaffuslar qiling.

Qog'oz kitoblarini o'qing

Faqatgina qisqa maqolalarni o’qish orqali siz e'tiboringizni zaiflashtirasiz va yengil ma'lumotlarni tezda tushunishga odatlanasiz. Uzun qog'oz kitoblarini o'qish yaxshiroqdir.

Diqqat bilan tinglashni o'rganing

Bizning e'tiborimiz tinglash paytida eng ko'p tarqaladi. Suhbatdoshingizning fikrini buzmasdan unga ergashishga harakat qiling va keyin ushbu suhbatni aqliy ravishda takrorlashga harakat qiling.

Siz esa fikringizni jamlash uchun qanday mashqlardan foydalanasiz? Instagramda izohlarda biz bilan bo’lishing 👇
🏛Joriy yilning 5-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faollar zalida Dasturiy injiniringi fakulteti talaba-yoshlariga “Sen tomon talpinar yurak” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Mazkur kinokartinada talabalar O‘zbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad va uning rafiqasi taniqli shoira Saida Zunnunovaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, asosan, 1950-1955 yillar voqealarini o‘z ichiga oladi. Unda sevgi va sadoqat, ma’naviy barkamollik va ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishi kabi g‘oyalar singdirilgan. Ushbu hujjatli film talabalarda katta taassurot qoldirdi.
📢Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida qishki ta’tilni tashkil etish tartibi belgilandi.

📢Установлен порядок организации зимних каникул в учреждениях высшего, среднего специального и профессионального образования.
🏛Joriy yilning, 5-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligida universitet rahbariyati TATU Qarshi filialiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida o'quv jarayonlari bilan yaqindan tanishib, professor-ustozlar bilan suhbat bo'lib o'tdi. Shuningdek, filialda inkubatsiya markazining ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar.
#TATU
#BDIRU
#Qabul
#Suhbat

Bugun, 6-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU-BDIRU qo’shma axborot texnologiyalari fakultetida 2022/2023 – o’quv yili uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi suhbat asosida bo’lib o’tdi.
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti “Dasturiy injiniringi” fakulteti talabalari bilan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish” hamda “Is gazidan zaharlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish” bo'yicha suhbat o'tkazildi.

📌Agarda binoda gaz hidi sezilsa, oyna va eshiklarni zudlik bilan ochish, ko‘chaga chiqish va 104 raqami orqali gaz xo‘jaligi avariya-dispecherlik xizmati yoki favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda 1050 raqami bo‘yicha qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish kerakligi, bunday holatlarda chiroq, olov yoqish, elektr uskunalardan foydalanmaslik haqida ogohlantirdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Radio va mobil aloqa fakulteti tyutor va talaba yoshlari «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif chog‘ida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasiga tegishli tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdilar. Shuningdek, talaba-yoshlarimiz xalqimizning buyuk farzandlari Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va ko‘plab o‘zbek farzandlari to‘g‘risida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
#TATU
#KIF
#Seminar

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Kompyuter injiniring fakultetida Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri Midea Group, Breakthrough Technology kompaniyasining katta ilmiy xodimi, data injiniring mutaxassisi, PhD, Qushnazarov Farrux Isakulovich juda dolzarb bo‘lgan “Transformers - All You Need Attention” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Seminar juda ochiq, do‘stona va interaktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar ilmiy-pedagogik hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.
#YANGILIKLAR
#ITsohasi
Dunyodagi eng yengil noutbuk

Yaponiyaning Fujitsu kompaniyasi og‘irligi 634 grammga teng Lifebook WU-X/G2 noutbukini taqdim etdi.

Noutbukning displeyi 13 dyuym bo‘lib, qurilmaga Intel Core i5-1235U yoki i7-1255U protsessori o‘rnatilgan. Fujitsu Lifebook noutbukining tezkor xotirasi 32 GB, ichki xotirasi esa 256 GBdan 2 TBgacha yetkazilishi mumkin. U Bluetooth 5.1 va Wi-Fi 6 simsiz modullari, SD-kartalar uchun tirqish va veb-kamera bilan jihozlangan.

Noutbuk korpusi uglerod tolasidan ishlangan. U Windows 11 operatsion tizimida ishlaydi.

Fujitsu Lifebook WU-X/G2 bazaviy modeli narxi 1,3 ming dollardan boshlanadi.
#TATU
#Bitiruvchilar
#Mahorat_darsi

Bugun, 7-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari hamda Nurafshon filiali professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Quyi chirchiq tumani 45-son umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilariga axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziqishini oshirish maqsadida mahorat darslari tashkil etildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Uz24
#Xalqaro_konferensiya

🌐Yangiliklar 24 | Xalqaro hamkorliklar mustahkamlanmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Xalqaro Elektronika va Elektrotexnika muhandislar instituti (IEEE) hamkorligida “International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT 2022, Applications, Trends and Opportunities” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi.

📺Shu haqida O‘zbekiston 24 telekanali orqali maxsus lavha tayyorlanib, efirga uzatildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TatuVINES
#Talabalar_uchun_foydali_maslahat

Xullas, universitetda o'qish ba'zi talabalar o'ylaganidek, shunchaki kelib-ketish🤪 deganimas. "Tak chto", siz 👩‍🎓👨‍🎓4 yil davomida oltin davringizni gashtini surmoqchimisiz😅?
Bu juda oson, darslarga vaqtida keling, 👆doim berilgan vazifalarni topshirib boring.
Ha aytgancha, kursdoshlaringizni oldida ustozga gap qaytarib ishlagan "ochko"laringiz faqat zararingizga ishlaydi. Bu "ochko"lardan voz kechganingiz ma'qulroq😉
#YANGILIKLAR
#ITsohasi

Aqlli” ko‘zoynak

Xiaomi kompaniyasi videotasvirga tushirish imkoniyatini beruvchi Mijia Glasses Camera aqlli ko‘zoynaklarini namoyish etdi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, qurilma ustida 2 yil ish olib borilgan.

Aqlli ko‘zoynak 50 megapikselli keng burchakli kamera, shuningdek, tasvirni 5 martagacha kattalashtirish imkoniyatini beruvchi 8 megapikselli periskop telefoto linzasi bilan jihozlangan. Qurilma 100 daqiqagacha to‘xtovsiz videoga olishi mumkin, akkumulyator quvvati 1020 mA/soat.

Mijia Glasses Cameraʼning taxminiy narxi 375-400 dollarni tashkil etishi mumkin.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti dekani, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda fakultet tyutorlari talabalar ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Tashrif chog‘ida talabalar ijara xonadon egalari bilan ham alohida suhbatlashildi. Is gazidan ogoh bo‘lish, tozalikka rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish bo‘yicha talabalarga ma’lumot berildi.

Talabalarning darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli va foydali o’tishi uchun tavsiyalar berib kelmoqdalar.
🇺🇿Mamlakatimizda yoshi ulugʼlarga hurmat va eʼzoz koʼrsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Ushbu qadriyat jannatmakon yurtimizda bugungi kunda olib borilayotgan keng koʼlamli islohotlar doirasida ham amalga oshirilib, nuroniy otaxon va onaxonlarga davlat darajasida hurmat koʼrsatilib, eʼzozlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, 3-9-oktabr kunlari “Keksalarni e'zozlash xaftaligi”ni oʼtkazish belgilangan.

🏛Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faol talabalari AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti Toshkent shahar "MURUVVAT" nogironligi bo'lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga borib ularning holidan xabar olindi.