TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
18.8K photos
2.19K videos
253 files
4.41K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#TTJ

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mas'ul xodimlari tomonidan talabalar TTJga joylashtirilmoqda

📌Bugun 288 nafar talaba TTJga joylashtirildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2022/2023 o‘quv yili joriy yilning 5-sentyabridan tanishuv haftasi (Welcome Week) bilan boshlanishini maʼlum qilamiz.

5-sentyabrdan:
👨🏻‍🎓 Kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta'lim shakllari bo'yicha bakalavr bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalar;

👨🏻‍🎓 Magistratura bosqichiga qabul qilingan talabalar;

📌 Universitetda ta'lim olish muhiti, axborot tizimlaridan foydalanish tartibi, kutubxona va talabalar majburiyatlari bilan tanishadilar.
#TATU
#Tanishuv

Universitetimizga xush kelibsiz aziz talabalar!

📸Foto lavhalar
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
📌Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
#TATU
#Yangi_o'quv_yili

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi o'quv yiliga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Universitetimizda yangi 2022-2023 oʻquv yilining boshlanishiga puxta tayyorgarlik koʻrilgan. Erta tongda Universitet rahbariyati boshchiligida universitet kirish qismida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni ko'tarinki kayfiyatda kutib olindi.

Tadbirda TATU rektori, professor B. Maxkamov so'zga chiqib, "Talabalik yillari abadiy esda qoladi, shuning uchun sizga nafaqat yangi foydali bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishingizni, balki o'qishdan zavqlanishingizni ham tilayman! Barcha mashg'ulotlar siz uchun sarguzasht bo'lsin!" deya iliq so'zlar bilan talaba-yoshlarni va ularning ota-onalarini samimiy qutladilar.