TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
18.7K photos
2.19K videos
253 files
4.39K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti hududida “Favqulodda vaziyatlar yuz berganda harakatlanish, is gazidan zaxarlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Toshkent shahar Yunusobod tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Askar Kenjaqulov so'zga chiqib, bugungi kunda Respublikamiz hududida sodir bo‘layotgan Favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari kichkina e’tiborsizlik sababli butun boshli yashash binolari yoki ishlab chiqarish zonalari bir zumda yonib kul bo‘layotganligi, so‘ngi yillarda yong‘inlar va is gazidan zaxarlanish ko‘payib borayotganligi, buning oqibatida insonlar turli darajada tan jarohat olib hayotlari uchun xavfli holatlarga tushib qolayotganliklari haqida gapirib o'tdilar.

Professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarga Favqulodda vaziyatlar yuz berganda harakatlanish, is gazidan zaxarlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
#foydali_tavsiyalar

Kitobni qanday qilib yaxshiroq eslab qolish mumkin?🧐

Agar vaqtni tejab, uni yoqimli oʻtkazishni istasangiz, boshqa ishlar bilan shugʻullanish vaqtida audiokitob tinglang. Biroq matnni eslab qolishingiz zarur boʻlsa, uni mustaqil tarzda oʻqing. Yaxshisi ovoz chiqarib oʻqigan afzal.

Yanada samarali eslab qolish uchun barchaga maʼlum usullardan foydalaning: kerakli joylarning tagiga chizing, kitobni doʻstlar bilan muhokama qiling, asosiy fikrlarni koʻchiring, oʻqiganlaringizni hayotda qoʻllang. Ana oʻshanda kitob oʻqish uchun ketkazilgan vaqt oʻzini ikki barobar oqlaydi.
#TATU
#TABRIK

Bugun Ilmiy tadqiqot bo'limi boshlig'i Berdanov Ulug'bek Abdumurodovichning tug'ilgan kunlari!

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!
#Bilasizmi #Qabul2022
my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim?!

1️⃣
my.dtm.uz saytiga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar:

my.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, abituriyentlar mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

— — —

2️⃣ my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar:

my.dtm.uz saytida “Telefon raqamni almashtirish” funksiyasi mavjud bo‘lib, abituriyentlar mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamlarini yangilashlari mumkin.

— — —

3️⃣ Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar:

Mazkur holatda abituriyent shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga murojaat qilishi mumkin. Bunda Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

Shu o‘rinda abituriyentlardan ro‘yxatdan o‘tishda diqqatli bo‘lishlarini va o‘z telefon raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz.
✍️Alisher Navoiy haqida qiziqarli ma'lumotlar

🔹Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yoddan bilganlar.

🔹Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi. Shoirning forsiy she’rlar to‘plami «Devoni Foniy» deb nomlangan.

🔹Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi.

🔹Samarqand Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san’at bilan tanishadi.

🔹Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.

🔹Navoiy asarlarida Farhod – komil inson timsolidir. U bolaligidan ilmga chanqoq bo‘ladi va bir marta o‘qigani sira yodidan chiqmaydi. Farhod o‘n yoshga yetganda hamma ilmlarni egallab bo‘ladi.

🔹Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.
Assalomu alaykum hurmatli do'stlar!

Xabaringiz bor ijtimoiy tarmoqlarda TATUning to'lov kontrakt summalari oshirilganligi haqida har xil gaplar tarqalgan. Shuning uchun barcha ma'lumotlarni rasmiy manbaalardan olishingizni so'rab qolamiz.
Rasmiy manba: 👉https://tuit.uz/bakalavriat-kunduzgi

E'tiborli tomoni shundaki, IT universitetlarning aksariyati 30 mln so'm atrofida, shunga qaramay TATU ma'muriyati talabalar ehtiyoji va ijtimoiy holatidan kelib chiqib "insof" bilan 2 ta toifa to'lov kontrakt shartlarini joriy qilgan.
1-Stipendiyali;
2-Stipendiyasiz.

Odamlar "xayp" uchun faqat stipendiyali va eng qimmat narxini ko'rsatishmoqda. Vaholanki 79% dan ko'p talabamiz stipendiyasiz kontrakt to'lashga o'rgangan, ularga narxlar: 16 700 000 so'm,15 300 000 so'm atrofida...

Shuning uchun TATUga har xil tosh otishdan manfaatdor shaxslarga va o'z obunachilarini faqatgina negativ ma'lumotlar chiqarish orqali ko'paytirish ilinjida bo'lgan qo'shtirnoq ichidagi divan tanqidchilarga ishonib qolmang.

Yana bir eng asosiy masala (Xush xabar), yuqoridagi oshirilgan to'lov kontrakt summasi faqat yangi abituriyentlarga tadbiq qilinadi, ya'ni o'qib turgan talabalarimizga emas, hozirgi mavjud talabalarimiz davlat tomonidan belgilangan to'lov kontrakt asosida o'qishni davom ettirishlari mumkin!

👉Qo'shimcha savollarga @tatu_rasmiy_bot ushbu bot orqali javob olishingiz mumkin!


Rus / Eng / Ger
#TATU
#TABRIK

Bugun Dasturiy injiniring fakulteti dekani Ro‘zibayev Ortiq Baxtiyorovichning tug'ilgan kunlari!

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!
Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 65 yoshni qarshiladi.

Muhtaram Prezident, Sizga uzoq umr, sog‘lik-salomatlik hamda kuch-quvvat tilaymiz!
#иқтибос

«Менинг муваффақиятимнинг ягона калити – менинг тиришқоқлик билан меҳнат қилганимдир. Одам ҳаётда, ўз ишини пухта ва мукаммал бажариш учун ҳамма куч-ғайратингни сарфлаб, меҳнат қилиши керак»

Луи Пастер – Кимёгар олим, микробиология асосчиси
#иқтибос

«Муваффақиятнинг асоси - фақат меҳнат, омадим келди деганга ишонманг, барча нарсага меҳнат билан эришилади холос...»


✍️ Майкл Фарадей- инглиз физиги, электромагнит майдони таълимоти асосчиси
Билим қидиришга урдим бошимни,
Бекорга ўтказмадим умримни бир дам.
Қайдаки эшитсам илму донишни,
Эшиги тагида ултирдим маҳкам.

Носир Хисрав
#TATU
#KOOKMIN
#KOICA

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari unviersiteti rektori B.Maxkamov Janubiy Koreyaning KOOKMIN universiteti prezidenti Hong Jae Yim bilan uchrashdi

Uchrashuvdan asosiy maqsad KOICA grant mablag‘lari hisobidan ta’lim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarini xorijiy tajriba asosida tashkil etish hamda ta’lim-tadqiqot va ishlab chiqarish jarayoni integratsiyalashga qaratilgan.

Shu o‘rinda talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, IT sohasida biznes faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashinishga kelishib olindi.

Eng / Ger