TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19K photos
2.21K videos
253 files
4.45K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#Megafon
#Omega
#Uchrashuv

🔹"Megafon" va "Omega" kompaniyalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

🏛Joriy yilning 25-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga "Megafon" kompaniyasining sanoat yechimlari bo'yicha direktori Olga Maslova va "Omega" kompaniyasining tijorat bo'yicha direktori Sergey Simonovskiy tashrif buyurdi.

Uchrashuvda tomonlar bugungi ko‘rsatgichlari, erishgan yutuqlari va imkoniyatlari haqida gapirildi.
Muhokamalar davomida qo‘shma loyihalar va ta’lim dasturini tashkil etish bo‘yicha imkoniyatlari o‘rganildi. Shu bilan birga robototexnika, sun'iy intellekt, zamonaviy ta'lim texnologiyalari va yechimlarini birgalikda ishlab chiqish bo'yicha kelishib olindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 SOVRIN JAMG'ARMASI 100 000 000 SO'M BO'LGAN "IT MARAFON 2022"

🔥🔥🔥Diqqat! Diqqat!

Bugun, 26-may soat 19:00 da "IT MARAFON 2022" sport dasturlash musobaqasining 2-saralash bosqichi online bo'lib o'tadi. 2-bosqichda faqat TATU va uning filiallaridagi 1 va 2-kurs talabalari yakka tartibda qatnashishlari mumkin.

🔥🔥Bugun 26-may online saralash
🔥🔥Yakshanba 29-may offline final (TATU E-binoda)

Musobaqa: https://robocontest.uz/olympiads/127
Batafsil: @robocontest
#TATU
#Velosport
#Talabalar_ligasi

🚴‍♂️🚴‍♀️Joriy yilning 25-may kuni Yunusobod tumanida Talabalar ligasi doirasida o’tkazilgan Velosport musobaqasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

🥇-o'rin Kiberxavfsizlik fakulteti talabasi Abdinazarov O’ral
🥉-o'rin Radio va Mobil aloqa fakulteti talabasi Kamolova Rushana
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatrida Oliy ta'lim muassasalari orasida tashkil etilgan "Yilning eng yaxshi talabalar teatr - studiyasi" tanlovi o'tkazildi

Tanlovga Respublika miqyosidagi barcha Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'z chiqishlarini namoyish etdi. Shuningdek, ushbu tanlovga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialining "TONG NURI" Talabalar teatr - studiyasi ham ishtirok etib, raqobatdoshlari orasida "ENG YAXSHI SPEKTAKL" nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rinni egalladi.

➡️"TONG NURI" talabalar teatr - studiyasini erishgan yutug'i bilan chin dildan muborakbod etamiz va talabalarimizga bundan da katta sahnalarda namoyishlar qilib, o'z iqtidorini yuzaga chiqarishiga tilakdoshmiz. 💐💐💐

Ma'lumot uchun, G'oliblarimiz endi O'zbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok etishadi.
Forwarded from Credit System of TUIT
Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Attestatsiya testlari o'tkazilishini hisobga olgan holda, E binodagi 102, 105, 107, 109, 111, 202, 205, 207, 209 va 211-xonalarga qo'yilgan dars mashg‘ulotlari ko'chirildi. Profilingizga kirib o'zgartirilgan xonalarni ko'rishingiz mumkin!

Уважаемые студенты и преподаватели! В связи с проведением тестирования, проводимые в аудиториях Е корпуса занятия (Е 102, 105, 107, 109, 111, 202, 205, 207, 209 и 211) перенесены. Вы можете ознакомиться с изменениями в меню «расписание» в своём профиле!