TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
BDIRU delegatsiya bilan uchrashuv

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Belarus Respublikasining Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti prorektori V.Stempinskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim va tadqiqot sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqish, TATU-BDIRU AT qo‘shma fakultetida tahsil olayotgan talabalarning kelgusi faoliyatlariga doir masalalar muhokama qilindi.

📌Rasmiy uchrashuvdan so‘ng mehmonlarga universitetdagi ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, talabalarning ishlanmalari taqdim etildi. Joriy oy boshida ochilgan Inkubatsiya markazida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar tanishtirildi.
#TATU
#ITechArt
#Uchrashuv

🏛Bugun. 20-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti iTechArt kompaniyasi iste'dodli yoshlarni jalb qilish bo‘yicha menejeri Aleksandra Akulova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari uchun stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish, dasturlar va ilg‘or texnologiyalar sohasida musobaqalar tashkil qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

📌Shuningdek, tomonlar hamkorlik aloqalarini rasmiy darajaga olib chiqish maqsadida anglashuv memorandumini imzolashga kelishib oldilar.
#TATU
#Samarqand_filial
#Karate_ITKF
#G'alaba

🥋TALABALARIMIZ KARATE ITKF MARKAZIY OSIYO CHEMPIONI

🇺🇿Toshkent shahrida Karate ITKF bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

🏛Ushbu qizg‘in bahsda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ''Telekommunikatsiya texnologiyalari'' fakulteti Axborot xafsizligi yo‘nalishi 2-bosqich, 208-guruh talabasi Ergashev Zamonjon hamda “Kompyuter injiniringi” fakulteti 3-bosqich, 101-guruh talabasi Narziyev Shoxruzlar g‘oliblar qatoridan joy olib, shohsupaga ko‘tarildi.
#TATU
#Mini_futbol
#Ko'chma_kubok

⚽️Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi soha korxonalar xodimlari o'rtasida mini-futbol turi bo‘yicha tashkil etilayotgan "Ko'chma kubogi" chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
#TATU
#Xalqaro_axborotlashtirish_akademiya
#Akademik_unvon_taqdirlash

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Raxmatullayev Marat Alimovich Xalqaro axborotlashtirish Akademiyasining akademigi unvoni bilan taqdirlandilar.

🎁Shu munosabat bilan universitet rahbariyati va jamoasi Raxmatullayev Marat Alimovichni tabriklaydi va ilmiy faoliyatida yanada muvaffaqiyatlar tilaydi.

📌Eslatib o'tamiz Xalqaro axborotlashtirish Akademiyasi axborot, axborot texnologiyalari, axborot muhiti va axborot-tahliliy faoliyat, jamiyatni axborotlashtirish va yagona jahon axborot hamjamiyatini qurish mohiyatini bilish sohasidagi hamfikrlarning mustaqil o‘zini o‘zi boshqaruvchi xalqaro tashkilot hisoblanib, u 1994 yilda Olmota shahrida tashkil etilgan.
Hozirgi kunda Akademiya 1600 dan ortiq taniqli olimlarni, ilm-fan va amaliyotning ko‘plab sohalaridagi jamoat va davlat arboblarini birlashtiradi.