TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
E'lon!!!

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining barcha bosqich va barcha yo'nalish talabalari diqqatiga!

"NEMIS TILI" bilish darajasi A1-B2 ga ega bo'lgan talabalar uchun yangilik! Sizlarga katta motivatsiya ulashish maqsadida Universitetimiz nemis tili o'qituvchisi Nozimaxon Nishanova tomonidan "MINT (Mathematik. Informatik. Nature. Tehnologie.) fanlarini CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodi yordamida o'rgatish" deb nomlangan o'quv loyihasi tashkillashtirilib, sizlar uchun akademik darslardan tashqari AKT sohalariga bog'liq holda nemis tilida amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish rejalashtirilmoqda...

👉Batafsil
ЖАҲОЛАТГА ҚАРШИ – МАЪРИФАТ

Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университетида соҳа мутахассислари билан “Жаҳолатга қарши – маърифат” шиори остидаги маънавий-маърифий тарғибот тадбири ўтказилди.

Талаба ёшларга мавзуга оид масалалар бўйича соҳа мутахассислари томонидан маълумотлар берилди.

Тадбирда талаба-ёшларга
"Жаҳолат қурбонлари" номли реал воқеаликка асосланган хужжатли фильм намойиш этилди.
#TATU
#Nurafshon_filial
#Scopus
#TUIT_Scopus_Hub

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali professor-o‘qituvchilari uchun TATU Muharrirlik-nashr bo’limi tomonidan “Scopus ma'lumotlar bazasidan foydalanish, ma’lumotlarni Science Direct ma'lumotlar bazasidan qidirish va Mendeley instrumentidan foydalanish” mavzusida seminar-treningi o'tkazildi.

🔰Seminar-treningda “Scopus ma’lumotlar bazasidan IEEE nashriyoti ostidagi bepul va pullik bo’lgan jurnallarni kvartillar kesimida o’rganish”, “Maqolani strukturasi”, “Science Direct ma’lumotlar bazasidagi kontentni o’rganish” hamda “Mendeley instrumenti yordamida adabiyotlar ro’yhatini va adabiyotlar stilini shakllantirish” kabi dolzarb mavzular ko’rib chiqildi.

👇Videoni ko'rish uchun https://mover.uz/watch/cArcgWtG
#Talabaga_yengillik

DIQQAT! MUHIM‼️

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

✔️Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#TATU
#Mini_futbol
#Dekan_kubogi

🏛Joriy yil 15-noyabr kuni Kompyuter injiniringi fakulteti talabalari o'rtasida "Mini futbol" bo'yicha "dekan kubogi" musoboqasi bo'lib o'tdi.

🥇220-19 guruh
🥈213-20 guruh
🥉3-ttj jamoalari g'olib bo'lishdi.

G'oliblarga esdalik sovg'alar va kubok topshirildi.
Bakalavr va magistr dasturchi qizlar diqqatiga!!!

🏛Universitet dasturchi qizlarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan olima ayollar ilmiy tadqiqot grantida ishlash uchun taklif qilamiz.

Loyiha nomi: "Yurak qon-tomir kasalliklari xavfini erta aniqlash va bashorat qilish intellektual tizimi".

Loyiha rahbari: PhD. Xidirova Charos Murodullayevna.

Loyihada ishlash istagini bildirgan bakalavr va magistr dasturchi qizlar Universitetning Ilimiy tadqiqot bo'limiga uchrashishlarini so'raymiz.
📍Manzil: B bino, 510-xona.
#ТАТУ
#Конференция

🏛Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университетида 2022 йил январь ойида Республика миқёсидаги илмий-услубий конференция ўтказилади.

Конференция «Юқори малакали кадрларни тайёрлашда ўқитишнинг замонавий тизимлари ва технологияларини қўллаш масалалари» бўйича бўлиб ўтади.

👉Батафсил маълумот учун

Мурожаат учун: (+99871) 238-65-99;
e-mail:
[email protected]; [email protected];
(+99893)570-23-53, (Ш.Позилова).
#TATU
#Davra_suhbat

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bugungi mehmoni bloger Timur Alixonov.

Suhbat TATUning Press-klubida bo'lib o'tdi.
#TATU
#DECIDE_ERASMUS+
#Milliy_xabardorlik_kuni

DECIDE xalqaro loyihasi doyirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Milliy xabardorlik kuni”

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2021 yil 16 dekabr Yevropa Hamkorligi ERASMUS+ 598661-EPP-1-2018-1-RO-EPPKA2-CBHE-JP «Developing Services for Individuals with Disabilities» (Imkoniyati cheklanganlar uchun xizmatlarni rivojlantirish) xalqaro loyihasi doyirasida inklyuziv ta’limning dolzarb muammolari bо‘yicha loyihaning “Imkoniyati cheklangan talabalar uchun Milliy xabardorlik kuni” (National Awareness Day for students with disabilities) onlayn tadbiri bо‘lib о‘tdi...

👉Batafsil ma'lumot