TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
18.9K photos
2.2K videos
253 files
4.43K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#Zip24
#Memorandum

🏛Joriy yil 16-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga “Zip24” asoschisi Muzaffar Karabaev tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Maxkamov bilan iliq suhbat qurildi va talabalarni AKT sohasida yahshi mutahassis sifatida tayyorlash va ilmiy - amaliy tadqiqotlar ustida ishlash bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔷Memorandumdan so‘ng talaba-yoshlar bilan uchrashuv uyushtirilib o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi va maslahatlar berdilar.
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Yong‘in xavfsizligi” oyiga tadbir o'tkazildi.

Barchaga ma'lumki joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabr “Yong‘in xavfsizligi” oyi deb e'lon qilindi.
Shu munosabat bilan 17-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talaba-yoshlariga yong'in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish to'g'risida tadbir bo'lib o'tdi

🔥Yong'inning oldini olishga doir o'tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida tushuntishlar berib, yong'inning paydo bo'lish sabablari, favqulodda vaziyatlarda qay holatda harakatlanish, o't o'chirish uskunalaridan to'g'ri foydalanish, yong'in sodir bo'lganda dastlab nimalarga e'tibor qaratish zarurligi haqida gapirib, hayotiy misollar orqali mavzu doirasida kerakli ma'lumotlarni aytib o'tdi.
Forwarded from Edu.uz
“StudentHack 2021” musobaqasi g‘olibi aniqlandi!

Toshkent shahridagi Amity universiteti hududida “BePro IT Academy” va Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida tashabbuskor yoshlar orasida “StudentHack 2021” xakaton musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada talabalar yakka holda va jamoa tuzgan holda ishtirok etishdi. 3 kun davomida 38 jamoa 48 soat davomida gʻoyalar ustida ishlab, ularni taqdim etishdi.

Homiylar tomonidan g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi Xususan:

1-o‘rin
— Dubayga sayohatni TATU talabalaridan iborat “DOT NET” jamoasi yutib oldi;
2-o‘rin — Noutbuklar Inha universiteti talabalaridan iborat “SENIORS” jamoasiga nasib etdi;
3-o‘rin — Amity universiteti talabalaridan iborat Smartfonlar “CYBERMEN” jamoasiga taqdim etildi.

StudentHack 2021 musobaqasi talabalarni qo‘llab-quvvatlash, IT loyihalar ustida ishlash, malakali mutaxassislar bilan chuqur aloqa o‘rnatish va bilim almashish maqsadida kelgusida talabalar faoliyatini boshlashi uchun imkoniyatlar yaratadi.
__
👉@eduuz
#TATU
#Hamkorbank

🏛Joriy yil 16-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi va Dasturiy injiniringi fakulteti talabalari "HAMKORBANK" ATB xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

2021-2022-o'quv yilidagi bitiruvchi talabalarni "HAMKORBANK" ATBda amaliyotini o'tash va kelgusida doimiy ish o'rniga jalb qilish maqsadida davra suhbati o'tkazildi.