TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19.3K photos
2.25K videos
254 files
4.56K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
💻“ICTWEEK — 2023” AKT haftaligi doirasidagi koʻrgazma faoliyati va taqdimotlarni jonli efirda kuzatib boring.

🌐 Facebook: https://fb.watch/nW-W-Dc09m/?mibextid=Nif5oz

▶️ YouTube: https://www.youtube.com/live/OadLLpMR3gY?si=Fjq5oVVyGSC6GBUK

#digital
#jonli_efir

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#digital #ICTWeek #yangilik #tezkor

⚡️Mobil aloqa abonentlariga o‘z mobil raqamlarini saqlagan holda o‘zlari xohlagan mobil aloqa operatori xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi

💻Bugun, 27-oktabr kuni “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish xizmati (MNP) ishga tushirildi.

Xizmatning ishga tushirilishi mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari o‘rtasida sog‘lom, ijobiy raqobatni yanada kuchaytirish bilan birga ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi.

Uning qulayligi shundaki, endilikda abonentlar mobil aloqa operatorlarining xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab istalgan kompaniyani tanlashi mumkin.

Bu jarayonda mobil aloqa abonentlariga ular boshqa operatorga ko‘chganda o‘z abonent raqamini saqlab qolish imkoniyati taqdim etiladi. Bu raqam yo‘qotilishining oldini oladi hamda aloqa operatorlari tomonidan raqam resurslaridan yanada oqilona foydalanilishiga xizmat qiladi.

Mobil aloqa abonentlariga o‘z mobil raqamlarini saqlagan holda o‘zlari xohlagan mobil aloqa operatori xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining taqdim etilayotgani xizmatning eng qulay tomonidir.

Dastlabki bosqichda jismoniy shaxslar o‘zi o‘tishni xohlagan mobil aloqa operatori ofisiga tashrif buyurgan holda murojaat etadi hamda mobil raqami ko‘chirilgan yangi sim kartani olib ketadi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda Beeline, Mobi uz, Ucell, UZTELECOM, Humans kabi 5 ta mobil aloqa operatori faoliyat ko‘rsatadi. Ular tomonidan mijozlarga mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Agar xizmatdan foydalanib, mobil aloqa operatori o‘zgartirilsa, ko‘chirilgan raqamlar o‘z shaklini va ko‘rinishini saqlab qoladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥30👍8👏3👌1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWeek #jonli_efir #digital  #TATU

💻Bugun “ICTWEEK Uzbekistan – 2023” AKT haftaligi doirasida “ICT Expo Uzbekistan” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining so'nggi kuni bo'lib o'tmoqda.

💻 Ushbu “ICT Expo Uzbekistan” ko‘p funksiyali ko‘rgazmada TATU jamoasi ham o'z ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥36👍12🥰12😁126👏4🎉3👌1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📢 Londonda bo'lib o‘tgan 27-UBTIC yig‘ilishi: O‘zbekiston — Britaniya IT-sohasidagi hamkorligida muhim bosqich

🌟 Joriy yilning 28-noyabr kuni Londonda vazirlik vakillari va kompaniyaning yetakchi rahbarlarini birlashtirgan 27-O‘zbekiston — Britaniya savdo va sanoat Kengashining muhim yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✔️ Tadbirda mamlakatimiz IT sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar bilan tanishtirib o‘tildi, jumladan:
🟠IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish;
🟠IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan taʼminlash;
🟠BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida mamlakatimizni yetakchi 30 ta davlatlar qatoriga kiritish.

📈Ma’lumot uchun:
2023 yilning dastlabki 9 oyida O‘zbekistondagi 22 ta mahalliy rezident kompaniyalar tomonidan Buyuk Britaniyaga 33,5 million dollarlik IT-xizmatlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, bu jami koʻrsatilgan IT-xizmatlar eksportining (238,7 mln. dollar) 14 foizini tashkil etmoqda.


Mamlakatimizda esa Buyuk Britaniya kapitaliga asoslangan 11 ta rezident kompaniyalar o‘z ish faoliyatini olib bormoqdalar.

Muzokaralar chog‘ida Buyuk Britaniyaga IT-xizmatlar eksportini oshirish va sohaga investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
📏📏📏📏📏📏📏📏📏
🇬🇧 Barcha Britaniya investorlari va IT-kompaniyalariga murojaatimiz:

Biz britaniyalik investorlar va kompaniyalarni O‘zbekistonda IT-sohasida hamkorlik qilishga taklif qilamiz.

IT-sohasida jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan O‘zbekiston, bugungi kunda Markaziy Osiyoning yangi IT-xabi sifatida paydo bo‘lmoqda. Biz hamkorlikka ochiqligimizni va birgalikda IT-xizmatlar eksportini rivojlantirishga tayyorligimizni ma'lum qilamiz.

#digital #UBTIC #UzbekistanUK #ITCollaboration #TechInvestment #CentralAsiaITHub

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👀5👌2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#digital
#muvaffaqiyat

⚡️O‘z maqsadlari sari intilib, muvaffaqiyatga erishgan o‘zbek qizi bilan suhbat

Bugungi kunda yoshlarimiz katta maqsadlari yo‘lida IT sohasida yangi bilimlarni o‘rganib, o‘z g‘oyalari va loyihalarini amalga tadbiq etish uchun yetarlicha sharoit va vaqtga ega.

Undan unumli foydalanib, yoshlikdan IT sohasida izlanib, yuqori daromadga ega bo‘lib, harakatlari orqali o‘z o‘rnini topib borayotgan xotin-qizlardan yana biri – Janona Berdiyeva.

Janona “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlaridan biri bo'lib, u Buyuk Britaniyadagi ummumjahon 169-o‘rinda turuvchi “University of Reading” universitetining Digital Innovation yo‘nalishi bo'yicha ta'lim jarayonlarini davom ettirmoqda.

📹 Qahramonimiz bilan bo‘lib o‘tgan intervyuni to‘liq formatda YouTube va Facebook sahifamiz orqali ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/jYGqyAe1RQs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3
#digital
#seminar

Ayni damda TATUning majlislar zalida Yoshlar uchun IT sohasidagi imkoniyatlar va frilanserlik orqali daromadga chiqish nomli seminar bo'lib o'tmoqda.

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti hamda Raqamli iqtisodiyot va tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda forum tashkil etilmoqda va unda:

– Bir million o'zbek dasturchi loyihasining mantiqiy davomi "Coursera" loyihasining afzalliklari;
– Xalqaro IT sertifikatlar haqida ma’lumot;
– Up Work olamiga sayohat (platformada ishlash asoslari);
– “Soft skills”- raqamli olamdagi muvaffaqiyat kaliti
kabi mavzularda ma’lumotlar berilmoqda.
👍14👌1
#digital #forum

TATUda frilanserlik va IT sohasidagi imkoniyatlar mavzusida
forum tashkil etildi

Forum tashkil etishdan asosiy maqsad – talaba yoshlarni IT sohasidagi imkoniyatdan xabardor qilish, frilanserlik sohasiga qadam qo’yish va unda daromad topish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/4229/
👍14
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: IT sohasini rivojlantirishsiz davlat, jamiyatda rivojlanish bo‘lmaydi



Президент Шавкат Мирзиёев: Без развития сферы IT не будет развития государства и общества

#digital
#Prezident

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
👍17🔥5👌1
#digital
#President_Tech_Award

▶️“President Tech Award” tanlovi g‘oliblari taqdirlash marosimidan videolavhalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆8👍3👌1
IT ta’lim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha konferensiyaga taklif qilamiz!

🔘Konferensiya davomida 2024-yilda IT ta'lim sohasida amalga oshiriladigan islohotlar, xususiy sektorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va albatta, yangi va istiqbolli loyihalar haqida batafsil ma'lumotlar taqdim qilinadi.


▪️Xususan:
🔹 Bitiruvchisi IT xizmatlarini eksport qiluvchi kompaniyaga ishga joylashgan NTTlarga 3000 $ gacha kompensatsiya berish tartibi;
🔸 Hozirgi kunda yirik ish beruvchilarning top-talabida bo'lib turgan IT kasblar turlari;
🔸 O'quv markazlarini tizimlashtirish, faoliyat yuritish mexanizmlarini yaxshilash, avtomatlashtirish yo'llari;
🔹 IT ta'lim sohasiga investitsiya kiritish: to'siqlarni yengish va yuqori daromadli biznesni yo'lga qo'yish.


💬 Shu bilan birga, tadbir oxirida sizni qizg'in Q&A session kutadi...

▪️ Ro‘yxatdan o‘tishga vaqt ajrating, joylar soni cheklangan!

📅 Sana: 17-fevral;

🕥 Vaqt: 11:00;

📍 Joy: Raqamli texnologiyalar vazirligining Kongress zali.

🔻 Ro'yxatdan o'ting.

#digital
#konferensiya
👍5🤩1