TATU | Rasmiy kanali
14.6K subscribers
19.1K photos
2.22K videos
253 files
4.48K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#USTOZ_TABRIK

📌Ustozlar har zamonlar ulug‘lab kelingan, xalqimizda «Ustoz otangdek ulug‘» degan naql bejiz aytilmagan.

🏛Joriy yil 18-oktabr kuni ustozimiz Akademik Mirzayan Mirzaaxmedovich Kamilovning tavallud ayyomlari munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor va bir qancha xodimlari ustozni tabriklab keldilar.

🎁🎉Hayotingizdagi ushbu qutlug' kunda muborak 85 yoshingiz bilan yana bir bor qutlab qolamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga fayzu-baraka va tinchlik tilab qolamiz.
#TATU
#JavaScript, #Java, #DevOps, #Functional_Testing, #Test_Automation.

📌Professionallar guruhining a'zosi bo'lishni va loyihalarda ishlashni xohlaysizmi? Unda https://community-z.com/events/epam-x-tuit havolasi orqali EPAM x TUIT seminarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting.

Universitetda EPAM -dan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha qisqa muddatli bepul o'quv kurslari tashkil qilinadi:
🔷JavaScript,
🔷Java,
🔷DevOps,
🔷Functional Testing,
🔷Test Automation.
Keyinchalik EPAM SYSTEMS xalqaro kompaniyasida ishga joylashishingiz mumkin.

Sana: 2021-yil, 20- oktyabr, 15:00
O'tkazilish joyi: majlislar zali (A bino, 3 -qavat)
koordinator: Dasturiy injiniring fakulteti, “Tizimli va amaliy dasturlashtirish” kafedrasi
Muhammad al-Xorazmiy nomidgai Toshkent axborot texnologiyalari universitetining va rektorining rasmiy sahifalari.

TATU rektorining sahifalari:
facebook
telegram
@TATUrektoriqabulxonasibot


TATU sahifalari:
Sayt
facebook
telegram
instagramm

Do'stlaringizga ulashing.
#TATU
#BDIRU
#QABUL

TATU-BDIRU QATFda 2021-2022 o'quv yili qabul imtihonlari adolat me'zonlari asosida shaffof o'tkazilmoqda.

--------------------------------------------

СФИТ ТУИТ-БГУИР проводит вступительные экзамены на 2021-2022 учебный год на основе справедливости.
1-кун.pdf
3.6 MB
#ТАТУ
#Ўзбек_Беларус
#Суҳбат_Натижа

📌Ўзбек-Беларус ахборот технологиялари қўшма факультетига 2021-2022 ўқув йили учун қабул жараёнининг 18-октябр кундаги суҳбат натижалари
#TATU
#MEHRIBONLIK_UYI
#HTML_DARS

Joriy yil 18-oktabr kuni 21-sonli Mehribonlik uyida Multimedia texnologiyalari kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Web Dasturlash" to'garagini navbatdagi "HTMLda ranglar bilan ishlash" mavzusidagi darsi bo'lib o'tdi.

To'garakni kafedra katta o'qituvchisi Ganiyev A.A. olib bormoqda.
Hurmatli 1-2 bosqich magistrlari!

Siz uchun SIS (School Information System) elektron platformasini ishga tushirdik, unga ulanish uchun sis.tuit.uz ga kirishingiz lozim. Sayt to'liq rejimda ishlaydi, lekin ma'lumotlar boshqa elektron tizimdan ko'chirilganligi uchun ba'zi ma'lumotlarda xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. Tizimga kirganingizdan so'ng, avvalo, parolingizni o'zgartiring va keyin quyidagi holatlarning to'g'riligiga e'tibor bering:

🔷"Ma'lumot" menyusiga o'ting va shaxsiy ma'lumotingizning ishonchliligini tekshiring (moliyaviy qism semestr davomida tuzatiladi, shuning uchun qarz, byudjet va boshqalarga e'tibor bermang).

🔷"Mening fanlarim" menyusiga o'ting va ushbu semestrdagi barcha joriy o'quv yilidagi fanlaringiz va o'qituvchilaringiz to'g'ri ko'rsatilganligiga ishonch hosil qiling.

🔷Agar siz 2-bosqich magistri bo'lsangiz, "individual o'quv rejasi" menyusiga o'ting va avvalgi o'quv yilining barcha baholari to'g'riligiga ishonch hosil qiling.

📌Agar biror xato yuzaga kelsa yoki topilsa, darhol Magistratura bo'limiga murojaat qiling.
#TATU
#TIL_BAYRAMI
#TADBIR

🏛Joriy yil 18-oktabrda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga biriktirilgan Quyi Chirchiq tumani "Mashrab" mahallasi, 10-maktabdagi 963-saylov uchastkasida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to'lganligi hamda "O'zbek tili bayrami kuni"ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektori F.Aripjanov va DIF dekan muovini D.Xurramov qatnashdilar.