TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
19K photos
2.21K videos
253 files
4.44K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Hurmatli talabar ❗️

🇮🇹 Yevropa Ittifoqi ERASMUS+ dasturining “Innovative Master's program in photonics and optical Communications to meet the needs of the telecommunications labour market in Uzbekistan – INMACOM” loyihasi doirasida 2024-yil mart oyida Turin Politexnika Universitetida (Italiya) 2 haftalik talabalar mobillik dasturi rejalashtirilgan.

🔴Dasturda tanlov asosida “Fotonika va optik aloqa” magistratura mutaxassisligiga o‘qishni istagan 4-kurs “Radio va mobil aloqa” hamda “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlari talabalari ishtirok etishlari mumkin.

⚡️ Tanlov shartlari:
1. Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi til sertifikati
2. CV (GPA ko‘rsatilishi kerak)
3. Mobilikka ishtirok etish maqsadi to‘g’risida insho (2 betgacha)

Tanlov muddati: 2025-yil 3-yanvargacha

Safar xarajatlari to‘liq loyiha hisobidan qoplanadi.

Ariza topshirish uchun:
Havola

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DamKunlari

✔️ Yangi yil bayramida olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 6 kun dam oladi.

Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi "Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida"gi qarori bilan 2025-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

🔹28-dekabr, shanba — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

🔹29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

🔹30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🔹31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔹1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;

🔹2-yanvar, payshanba — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_sarhisobi

💻 Kuni kecha, 24-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Yil sarhisobi 2024" va Yangi yil tadbiri bo'lib o'tdi.

Yil sarhisobiga bag'ishlangan tadbirni oliygohimiz rektori Baxtiyor Maxkamov ochib berdi va barchani yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabrikladi.

🎉 Tadbir ko'tarinki ruhda tashkil qilindi. Professor-o'qituvchilar va xodimlar turli nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandilar. Barchani raqsga tushishga undaydigan sho'x-shodon qo'shiqlar yangradi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_sarhisobi #fotolavha1

📷 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tgan "Yil sarhisobi 2024" va Yangi yil tadbiridan fotolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_sarhisobi #fotolavha2

📷 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tgan "Yil sarhisobi 2024" va Yangi yil tadbiridan fotolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM