TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.2K photos
1.94K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#olimpiada

💻 Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Algoritmlash va matematik modellashtirish" kafedrasi tomonidan 2024-yil 3-dekabr kuni "Amaliy matematika" va "iqtisodiyot" ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari o'rtasida amaliy matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada natijalarini e'lon qilamiz:

🥇 1-o‘rin: Turdimurodov Erali Erkin o‘g‘li (Dasturiy injiniring fakulteti talabasi)
🥈 2-o‘rin: Tohirov Qilichbek Musurmon o‘g‘li (AKT sohasida Iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi)
🥉 3-o‘rin: Normurodova Ozoda Begmurod qizi (Dasturiy injiniring fakulteti)

Olimpiada natijalariga ko'ra, g'olib bo'lgan talabalarga diplom va sovg'alar bilan taqdirlandilar

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xitoy #tadbir

🇨🇳Joriy yilning 19-20-dekabr kunlari Xitoyning Guangzhou shahrida bo’lib o’tayotgan “Foreign Experts Trip to Southern Guangdong Province in 2024 (Foshan City)” mavzusidagi tadbirda universitetimizning professor-o’qituvchilari ham ishtirok etmoqda.

📝 Ushbu tadbir ilm-fan sohasidagi yutuqlarni ishlab chiqarish va tijoratlashtirishga yo’naltirish qaratilgan bo'lib, bunda universitetlar va ishlab chiqarish korxonalarining hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda. Shu bilan birga tadbirda Guangdong provinsiya ma’muriyati va ilmiy tadqiqot muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va investorlar ishtirok etishmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
🏆 IT sohasidagi xotin-qizlar uchun “Yulduz Tech Awards” mukofotlash marosimi

Xotin-qizlarning IT sohasidagi roli yildan-yilga ortib, ular innovatsion yechimlar yaratuvchilari, texnologik loyihalar yetakchilari va raqamli o‘zgarishlarning muhim ishtirokchilariga aylanmoqda.

🌟 IT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnatiga munosib baho berish, ularni rag‘batlantirish, ularning yutuqlarini keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ilk bor “Yulduz Tech Awards” mukofoti marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir ayollarning IT sohasida yangi marralarni zabt etishiga ilhom beradi va ularning jamiyatdagi o‘rni hamda ta’sirini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

💬 Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar uchun qiziqarli IT QUIZ o‘tkazilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshiriladi. QUIZ’da qatnashishni istaganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi: https://forms.gle/gnkR9FBAjjhtwdKb9

Tadbir tavsilotlari:
📅 Sana: 24-dekabr
Vaqt: 10:00
📍 Manzil: Toshkent, Ibrohim Mo’minov ko’chasi, 4, Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Hurmatli talabalar!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) hamkorligidagi Biznes IT yo‘nalishida magistratura va PhD uchun KOICA grant dasturlarida ishtirok etish imkoniyati yanada kengaydi!

🎉 Endilikda IELTS darajasi 5.5 bo’lgan talabalar ham bu dasturda qatnasha oladi ❗️Shuningdek, PhD izlanuvchilar uchun qo'shimcha daromad maqsadida assistent sifatida ishlash imkoniyati ham mavjud ❗️

📄 Talab qilinadigan hujjatlar:
Ariza formasi;
Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
Shaxsiy ma'lumot (Personal statement) va
O‘quv rejasi (Study plan) ;
Tavsiyanoma (Recommendation letter);
IELTS 5.5 +;
Pasport nusxasi.

📝 Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;
- Oylik stipendiya
   
📄Hujjatlar qog'oz ko'rinishida, A binoning 2-qavatida 226-xonada qabul qilinadi.

Kerakli arizalar namunasini yuklab olishingiz mumkin:
Namuna

🗓 Muddat: 2024-yil 25-dekabr.

Hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar 27-dekabr kuni suhbatga chaqiriladi.

Eslatma: ushbu grant dasturi TATU va uning hududiy filiallari uchun!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆

🏆 “Cross-cultural Engineering Project 2024” xalqaro dasturi doirasida o’tkazilgan musobaqada TATU talabalaridan iborat jamoa “Ochiq ishlab chiqarish innovatsiyalari” mukofotini qo’lga kiritdi.

🇯🇵 Yaponiyaning Shibaura texnologiya institutida 100 dan ortiq xalqaro talabalardan tashkil topgan 16 ta guruh, zamonaviy, xalqaro va mahalliy kompaniyalar duch kelayotgan dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar topish bo’yicha tadqiqotlar olib bordi. Musobaqa talabalarning taklif etgan yechimlari puxtaligi va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari asosida baholandi.

Bunday xalqaro musobaqalarda faxrli o’rinlarni egallash TATUning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga va uning nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ÕFA #Sport #futbol

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “O’FA Kubogi-2024” ning mutlaq g’olibi bo’lib, bosh sovrinni qo’lga kiritdi

📺 Shu haqida Sport teleradiokanalining "Sport yangiliklari" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM