TATU | Rasmiy kanali
14.6K subscribers
18.4K photos
2.16K videos
253 files
4.31K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
🏆🏆🏆 #olimpiada #Astana

🏆 Qozog'istonning Ostona shahrida bo'lib o'tgan Xalqaro ICPC dasturlash musobaqasidan fotolavhalar.

TATUning DASH jamoasi 2-darajali diplom sohibi bo'ldi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IT_news #qiziqarli

📱 YouTubeda ovozli izohlar paydo bo'ldi — platformada audio sharhlar sinovdan o‘tkazilmoqda.

Hozircha ular faqat ayrim yirik kanallarda mavjud.

Matnli izohlar endi dolzarb emas!.


✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#futbol #UFA_kubogi #TATU

G'alabaaaa!!!

👟 Joriy yilning 10-dekabrdan 20-dekabrga qadar Toshkent shahar va Toshkent viloyati OTMlari o’rtasida O‘FA kubogi musobaqasi bo’lib o’tayotgani xabar qilingan edi.

Bugun jamoamiz Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi!

⚽️ Ushbu musoboqada universitetimiz talaba yoshlaridan tashkil topgan futzal terma jamoamiz guruh bosqichidagi barcha 4 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, nimchorak final bahsiga yo‘l oldi. Futzal bo‘yicha talaba yoshlar terma jamomizni chorak final yo‘llanmasi bilan tabriklaymiz va keyingi o'yinlarida omad tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #KOOKMIN #BahorgiQabul_2025

Hurmatli talabalar!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo'nalishi bo'yicha magistratura va PhD uchun KOICA grant dasturlarini e'lon qiladi.

📄 Talab qilinadigan hujjatlar:
Ariza formasi;
Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
Shaxsiy ma'lumot (Personal statement) va
O‘quv rejasi (Study plan) ;
Tavsiyanoma (Recommendation letter);
IELTS 6.5 +;
Pasport nusxasi.

📝 Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;
- Oylik stipendiya
   
📄Hujjatlar qog'oz ko'rinishida, A binoning 2-qavatida 226-xonada qabul qilinadi.

Kerakli arizalar namunasini yuklab olishingiz mumkin:
Namuna

🗓 Muddat: 2024-yil 20-dekabr.

Hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar 25-dekabr kuni suhbatga chaqiriladi.

Eslatma: ushbu grant dasturi TATU va uning hududiy filiallari uchun!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroKonferensiya

💻 2024-yil 14-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida “Raqamli hukumat boʻyicha xalqaro konferensiya: raqamli transformatsiyalash istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Yalpi majlisida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Tashev kirish nutqi bilan konferensiyani ochib berdi.

Bunda:
Raqamli transformatsiya boʻyicha konsultant Aziz Muxiddinov “O‘zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirishni rivojlantirish istiqbollari”;
Raqamli konvergensiya kafedrasi professori Maxsadxon Yakubov “Raqamli jamiyatni shakllantirish jarayonida davlat boshqaruvi tuzilmasini modernizatsiya qilish”;
Raqamli texnologiyalar boʻyicha professor Jeongyong Byun “Koreys va o‘zbek alifbosini ikki tomonlama kodlashtirish” nomli ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

📝 Ma’ruzalar informativ, qiziqarli va savol javoblarga boy boʻldi. Bunda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
📝 Xalqaro konferensiyaga 150dan ortiq maqolalar kelib tushgan bo'lib, shundan 74tasi qabul qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM