#tashrif #Xitoy
🇨🇳 Kuni kecha TATUga Xitoyning nufuzli “Xinyada” IT kompaniyasi bosh direktori Zeng Botao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
🔴 Tashrif davomida universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari va Xitoyning ZTE hamda Huawei kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitet va kompaniya o‘rtasida professional taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, Xitoyning yetakchi universitetlari bilan 3 tomonlama qo’shma dasturni yo’lga qo’yish orqali professional kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama etildi. TATU va “Xinyada” kompaniyasi o‘rtasida dastlabki hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.
☑️ Ma’lumot uchun:
“Xinyada” kompaniyasi BYD va Xiaomi gigant kompaniyalarining ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va tashkil etishda qatnashgan axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi IT kompaniya hisoblanadi.
✈️ @tuituz_official

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7-dekabr, shanba – haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;
8-dekabr, yakshanba – bayram kuni, barchaga dam olish kuni;
9-dekabr, dushanba – barchaga qo‘shimcha dam olish kuni.
14-dekabr (shanba) — ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.
28-dekabr, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr – shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.
31-dekabr, seshanba — Prezident farmoni asosida barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami, dam olish kuni.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov #Belarus
Belarus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi 2025/2026 o‘quv yilida Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga bepul asosda (grantlar hisobidan) o‘qishga kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan hujjatlarni qabul qiladi.
🟢 Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan chet el fuqarolari uchun o‘quv grantlari orqali ta’lim olish uchun stipendiya tayinlanadi, ta'lim muassasasining yotoqxonasida o'qish muddati uchun joy taqdim etiladi.
🟢 Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2025-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi (+998 78 120 75 11; +998 78 120 72 58 telefon orqali qabulga yozilish va maslahat olish mumkin).
🗒 Batafsil ma’lumot uchun havola: https://drive.google.com/drive/folders/1-uGe5z8XBYiOyBCg0COxLTokqhNu4x6K?usp=sharing
🗣Grantlar hisobidan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish rus tilida olib boriladi.
✈️ @tuituz_official
Belarus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi 2025/2026 o‘quv yilida Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga bepul asosda (grantlar hisobidan) o‘qishga kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan hujjatlarni qabul qiladi.
🗣Grantlar hisobidan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish rus tilida olib boriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#GumanitarKafedra #Konstitutsiya
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU AKTsKT fakulteti Gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
🇺🇿 Tadbir davomida quyidagi mavzular atroflicha yoritildi:
• Konstitutsiya – jamiyatning asosiy qonuni va huquqiy poydevori ekanligi;
• Bosh qomusimizning qabul qilinishi mustaqil O‘zbekiston Respublikasining shakllanishidagi tarixiy ahamiyati;
• 2023-yilgi referendum natijasida Konstitutsiyaga kiritilgan muhim va zamonaviy o‘zgarishlar hamda ularning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri.
👥 Mazkur tadbirda kafedra mutaxassislari tomonidan berilgan izohlar talabalarda Konstitutsiyaning huquqiy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatini yanada chuqur anglashlariga xizmat qildi.