TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19K photos
2.21K videos
253 files
4.44K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#Suhbat

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-yil 30-noyabr kuni soat 14:00da A-bino 318-xonada Mastercard va Microsoft kompaniyasi dasturchisi Qudratxo'ja Musayev bilan hamkorlikda "Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan Microsoftgacha" mavzusida seminar o‘tkaziladi.

🟤Qudratxo'ja Musayev — O'zbekistonda Asaxiy.uz, Chakana.uz va Smartbank (SmartBazar) kabi loyihalarda senior backend dasturchi.

🟤Keyinchalik esa Mastercard kompaniyasi Dublin ofisida dasturiy muhandis sifatida jami 5 yildan ortiq davomida ish tajribasiga ega.

🟤Yangi yildan boshlab Microsoftning Dublin ofisida dasturiy muhandis sifatida faoliyat boshlaydi.

Loyihalari:
👉 Asaxiy.uz - backend dasturchi
👉 Chakana.uz - senior backend dasturchi
👉 Smartbazar - texnik team lead
👉 GrantGo, EventGo va MentorGo - ham asoschi, mahsulot menejeri.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi turi "Dasturiy injiniring" fakulteti talabalari o'rtasida bo'lib o'tdi.

Fakultet yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Zakovat” intellektual o‘yinida 7 ta jamoa 2 turda g‘oliblik uchun bellashishdi.

Intellektual o’yin natijasiga ko‘ra quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇- o'rinni "UCHQUNLAR" jamoasi;
🥈-o'rinni "LOCHINLAR" jamoasi;
🥉- o'rinni "MATEMATIKLAR" jamoasi egalladilar.

G'olib bo'lgan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #futbol #RektorKubogi

Bugun bizni ajoyib tashrif kutmoqda!

💻 Bugun, 28-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyuradi.

⚽️ Ravshan Ermatov bilan uchrashuv universitetimizning A binosining katta faollar zalida soat 14:00da futbol ixlosmandlari bo'lgan talabalarimiz bilan suhbat hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tadi. Savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilar uchun sovg’alar ham bor.

Bundan tashqari, bugun soat 14:30da futbol bo’yicha bo’lib o’tadigan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start beradi.

Barchani ushbu musobaqani tomosha qilish va jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun barchani taklif qilamiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QVZ #TabassumVaqti

QVZ dan videolavha


😁Ushbu hazilni faqatgina TATUga aloqasi borlar tushunishadi ...

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili doirasida “Bir million o‘zbek dasturchilari forumi bo‘lib o‘tmoqda

Konferensiyada:
➡️ "Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasi doirasidagi so‘ngi yangiliklar;
➡️ Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqalarida Coursera rahbari janob Nikolas Fuko hamda xalqaro va mahalliy mehmonlar ishtirokidagi taqdimotlar;
➡️ ta'lim tashkilotlariga vaucherlarni taqdim etish marosimi o'rin olgan.

Konferensiyani Raqamli texnologiyalar vazirligining Facebook va YouTube sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi janob Sakurai Akihiro tashrif buyurdi.

🤔 Tashrif davomida universitetda yaratilgan sharoitlar, jumladan ilg’or muhandislik maktabida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihar va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) homiyligida ochilgan TATU Media markazi bilan yaqindan tanishtirildi.

Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitetning hozirgi kundagi mavjud yuqori salohiyatidan kelib chiqib, Yaponiya universitetlari va kompaniyalari bilan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan hamkorliklar va ularni jalb qilish borasida muhokamalar olib borildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz