TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19K photos
2.21K videos
253 files
4.46K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#OshChempionati

Bugun oliygohimizda “Talabalar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “O‘zbegim oshlariga marhamat!”  shiori ostida universitetning barcha fakultetlari talaba-yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Osh chempionati” tanlovi bo'lib o'tdi.

🏆 Tanlov yakuniga koʻra quyidagi natijalar qayd etildi:

1-oʻrin: 38 ball bilan Kompyuter injiniringi fakultetining jamoasi;
2-oʻrin: 34 ball bilan Kiberxavfsizlik fakulteti jamoasi;
3-oʻrin: 33 ball bilan Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti jamoasi qo’lga kiritdi.

G’oliblar rektor tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KOICA #Kookmin #loyiha

🤔 Joriy yilning 15-noyabr kuni “TUIT INCUBATION CENTER” da iqtidorli talabalarimizning, jamiyatning muhim muammolari yechimiga qaratilgan, innovatsion g‘oyalarga asoslangan startap loyihalarini dastlabki taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorligida 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan qiymati 5 million AQSH dollariga teng “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grand loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

🎓 Ushbu loyiha doirasida Living Lab Preparatory School - LLPS (FabLab) konsepsiyasi asosidagi talabalarning innovatsion yechimlari, ishlanma (prototip) va xizmatlarini ishlab chiqarish hamda rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur dasturning bu yilgi mavsumida universitetning 24 nafar iqtidorli talabalari jalb etilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT

🚫 Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xil OTM rahbarlari nomidan akkauntlar ochilib har xil xabarlar yuborish holatlari uchramoqda.

Hurmatli xodimlar va talabalar, bugun begona shaxs tomonidan universitet rektori nomiga telegramdan boshqa profil ochib rahbar xodimlarga har xil xabarlar yuborish, topshiriq berish holatlari kuzatilmoqda. Sun'iy intellekt rivojlanib borayotgan kibermakonda firibgarlar tuzog'iga tushib qolishdan ehtiyot bo'ling! Aks holda firibgarlar sizdan maxfiy va shaxsiy ma'lumotlarni olish yoki hisobingizdagi pullaringizni firibgarlik yo'li bilan o'zlashtirib olishi mumkin.

❗️Ogoh bo’ling, yolg’on xabarlarga aldanib qolmang.
Rasmiy manbaalar:

Rasmiy telegram kanal: @tuituz_official
Rasmiy sayt: tuit.uz
Rektorning murojaat boti: @taturasmiybot


Har qanday xabarlarni @tuitpress profiliga yuborish orqali tasdiqlatib olishingiz mumkin.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TATU | Rasmiy kanali pinned «#DIQQAT 🚫 Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xil OTM rahbarlari nomidan akkauntlar ochilib har xil xabarlar yuborish holatlari uchramoqda. Hurmatli xodimlar va talabalar, bugun begona shaxs tomonidan universitet rektori nomiga telegramdan boshqa profil ochib…»
#olimpiada #kriptologiya

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy yilning 17-noyabr kuni KRIPTOLOGIYA bo‘yicha respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Olimpiadada respublikamizdagi 27 ta oliy ta’lim muassalaridan 70 dan ortiq talabalar g‘oliblik uchun bellashishdi.

Quyidagi ishtirokchilar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇1-o‘rin: Otaqo‘ziyev Axrorbek Abdunazar o‘g‘li (O‘zMU Jizzax filiali);
🥈 2-o‘rin: Saidova Sevara Sobirjon qizi (BuxMTI);
🥉 3-o‘rin: Ubaydullayev Dilshod Feruzovich (TATU).

G‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1, 2, 3-darajali diplomlari va qimmatbaho sovg‘alar berildi.

💰 Olimpiada g‘oliblariga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga asosan 1- o‘rin uchun — 6 (olti) oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foiz, 2- o‘rin uchun — 5 (besh) oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foiz miqdorida, 3- o‘rin uchun — 4 (to‘rt) oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foiz miqdorida qo‘shimcha stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM