Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ekologiya
🌱 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan respublikamizda 2024-yil 15-noyabr kuni o‘tkaziladigan “Ikkilamchi qayta ishlash kuni” munosabati bilan mamlakatimizda chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
🎓 Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabalari tomonidan har bir mahsulotdan ikkilamchi qayta ishlash orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilmoqda.
📹 Shu haqida Xorazm MTRKning "Assalom Xorazm" dasturidagi chiqishlarida ma'lumot berdilar. Shuningdek, O'zbekiston telekanali uchun ham ushbu loyiha bo'yicha ma'lumotlar berilgan.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#challenge
#chellenj
#Bayroğimiz_faxrimiz
#Bir_bayroq_ostida_birlashamiz
🇺🇿1991-yil 18-noyabr — O'zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog'i to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan kun!
🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog'i to'g'risida"gi qonuni qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va yoshlar ittifoqi a'zolari ishtirokida #Bayroğimiz_faxrimiz xeshtegi ostida chellenjlar boshlab yuborildi.
✈️@tuituz_official
#chellenj
#Bayroğimiz_faxrimiz
#Bir_bayroq_ostida_birlashamiz
🇺🇿1991-yil 18-noyabr — O'zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog'i to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan kun!
🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog'i to'g'risida"gi qonuni qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va yoshlar ittifoqi a'zolari ishtirokida #Bayroğimiz_faxrimiz xeshtegi ostida chellenjlar boshlab yuborildi.
✈️@tuituz_official
#TATU_talabalari #Xushxabar
⚡️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanlovida TATU talabalari faol ishtirok etib, g’olib bo’ldilar.
➡️ Tanlovda universitetimiz 515-22-guruh talabasi Salixova Sevinch g’olib bo’lib, 10 million so’m pul mukofoti va maxsus sertifikat bilan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov tomonidan taqdirlandi.
➡️ Undan tashqari, 200-24 KIYU guruh talabasi Talatov Muhammad kreativ videoroligi bilan ishtiroki uchun O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev tomonidan noutbuk hamda maxsus sertifikat bilan mukofotlandi.
Mazkur talabalarimiz tomonidan muhandislik sohasini targ’ib qilishiga qaratilgan videoroliklari eng yaxshilar qatorida deb topildi.
🎉 Talabalarimiznining muvaffaqiyatlari bardavom bo’lishini va bundanda yuqori natijalarga erishishlarini tilab qolamiz.
✈️ @tuituz_official
Mazkur talabalarimiz tomonidan muhandislik sohasini targ’ib qilishiga qaratilgan videoroliklari eng yaxshilar qatorida deb topildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #AQSH
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan AQShning ABET akkreditatsiya tashkiloti bilan kelishuvlarni amalga oshirmoqda.
🇺🇸 Joriy yilning 9-12-noyabr kunlari “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlik hisobotlarini monitoring qilish bo‘yicha ABET tashkilotining ishchi guruhi a’zolari Dr. Ramzi Haraty, Dr. Mark Stockman, Dr. Peng Li universitetga tashrif buyurib, tayyorlangan hisobotlarning asoslari va ularning ABET mezonlariga mosligi bo‘yicha monitoring o‘tkazdi.
📄 Dastlabki natijalarga ko‘ra, ABET tashkiloti ishchi guruhi a’zolari mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazgan monitoring natijalari ijobiy baholandi. Yo‘nalishning to‘liq akkreditatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat 2025-yil avgust oyida berilishi kutilmoqda.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM