TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19K photos
2.21K videos
253 files
4.44K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
KIM VATANGA SODIQ BO‘LSA, MENDIRMAN O‘SHA!

Joriy yilning 15-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” nomli tantanali tadbir tashkil etildi.

Batafsil: https://tuit.uz/post/kim-vatanga-sodiq-bolsa-mendirman-osha

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy kanaliga ulanish
👇👇👇
@tuituz_official
TATU URGANCH FILIALIDA " O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI VA XALQIGA MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATI" NI O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI

16-yanvarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Urganch filialida "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati" ni o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Seminar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti rektori S.Babaxodjayev boshchiligida o‘tkazildi.

Batafsil: https://tuit.uz/post/tatu-urganch-filialida-ozbekiston-respublikasi-prezidentining

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy kanaliga ulanish
👇👇👇
@tuituz_official
“2021-YIL: YANGI MARRALAR, YAKDIL QADAMLAR” TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

O
‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqeadir. 2017-yildan buyon anʼanaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar eʼlon qilinadi.

Bugun Gurlan tumani hokimligining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar va Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori doirasidagi “2021 yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://tuit.uz/post/2021-yil-yangi-marralar-yakdil-qadamlar-targibot-tadbiri-otkazildi

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy kanaliga ulanish
👇👇👇
@tuituz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli tanlovga hujjatlar qabul qilinmoqda.

Tanlovda talabalar va tadqiqotchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etishadi:

👉 Ajdodlar merosini targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv;

👉 Oliy taʼlimda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari;

👉 Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noanʼanaviy usullari.

Tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha respublika yakuniy bosqichi bittadan g‘oliblari o‘zlari taklif etan loyihalarni amalga oshirish maqsadida 50 million so‘m grant pullari bilan taqdirlanadi.

Hujjatlar 20 yanvargacha OTM fakultetlarida qabul qilinadi.

TATU rasmiy kanaliga ulanish👇👇👇
@tuituz_official
“SOG‘LOM TANDA - SOG‘ AQL”

16
yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya kafedrasi bilan hamkorlikda fakultetlar va bo‘limlar professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlaridan iborat guruhlar o‘rtasida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada Televizion texnologiyalar fakulteti, ATM markazi, Telekommunikatsiya texnologiyalar fakulteti, Dasturiy injenering fakulteti, Kompyuter injenering fakulteti, BGUIR, Bo‘lim boshliqlari jamoalari ancha faol bo‘lishdi.

Batafsil: https://tuit.uz/post/soglom-tanda-sog-aql

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy kanaliga ulanish
👇👇👇
@tuituz_official
“YANGI OʻZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK!”

20
-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yunusobod tumani hokimiyati bilan hamkorlikda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar hokimi o'rinbosari D.Raximova, Yunusobod tumani hokimi J.Ibroximov, tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, mahalla raislari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

Batafsil: https://tuit.uz/post/yangi-ozbekistonda-erkin-va-farovon-yashaylik

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy kanaliga ulanish
👇👇👇
@tuituz_official
#ta'ziya

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Teleradioeshittirish tizimlari» kafedrasida professori Tohir Rahimov olamdan o‘tganligi munosabati bilan TATU ma'muriyati marhumning oila-a'zolariga, yaqinlariga, shogirtlariga chuqur ta'ziya bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi aloqa vaziri hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, shuningdek, boshqa ko‘plab tashkilotlar rahbari bo‘lib ishlagan Tohir Rahimov 74 yoshida vafot etdi.

Tohir G‘ofurovich Rahimov turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi aloqa vaziri, vazir o‘rinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, telekommunikatsiya kompaniyasining bosh direktori, Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi direktori, Xalqaro aloqa akademiyasining vitse-prezidenti lavozimlarida faoliyat olib bordi.

U 2008-yildan boshlab umrining so‘nggi kunlariga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Teleradioeshittirish tizimlari» kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritdi.

Jonkuyar olim, mehribon ustoz, samimiy inson Tohir G‘ofurovich Rahimovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

TATU matbuot xizmati
Raximov Toxir G‘ofurovich

Tug‘ilgan sana
: 15.03.1947 y.

Tug‘ilgan joyi: Toshkent sh.

Taʼlim: Toshkent elektrotexnika aloqa instituti

Mutaxasisligi: Radioeshittirish va radioaloqa muhandisi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi Raximov Toxir G‘ofurovichning oila aʼzolari va yaqinlariga o‘zining chuqur hamdardligini izhor etadi. U kishining nurli siymosi xotiramizda mangu yashaydi.🙏🙏🙏
Tarjimai hol

Toxir G‘ofurovich Raximov 1969 yilda oliygohni tugallab, yo‘llanma asosida Moskva elektrotexnika aloqa institutining aspiranturasiga o‘qishga qabul qilindi. 1973 yilda aspiranturani muvaffaqiyatli tugallab, Toshkent elektrotexnika aloqa institutiga qaytdi hamda “Televideniye va radioeshittirish” kafedrasi assistenti lavozimida o‘z mehnat faoliyatini boshladi.

O‘tgan yillar davomida Toxir G‘ofurovich o‘z ilmiy salohiyati, mehnatsevarligi, tirishqoqligi, topshirilgan vazifalarga fidokorona yondashuvi, tashabbuskorligi, har qanday vaziyatlarda ham oldiga qo‘yilgan masalalarga yechim topa olishdek qobiliyati bilan har qanday mutaxassis orzu va havas qilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori cho‘qqilarni egalladi.

Toxir G‘ofurovich yetuk mutaxassis, tashabbuskor rahbar, uddaburon jamoatchi sifatida o‘z bilim va tajribalarini qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi aloqa vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiyot vaziri, “Mahalliy Telekom” aksionerlik kompaniyasining bosh direktori, Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi direktori, Xalqaro aloqa akademiyasining vitse - prezidenti lavozimlarida samarali faoliyat olib bordi.

Raximov Toxir G‘ofurovich 2008 yildan boshlab umrining so‘nggi kunlariga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritdi.

T.G‘. Rahimov tomonidan yoshlarimizning maʼnaviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

T.G‘.Raximov Teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi rahbarligi hamda faoliyati davrida kafedraning moddiy-texnik bazasi tubdan yangilandi. Uning tashabbusi bilan kafedraga tegishli bo‘lgan barcha auditoriyalar va laboratoriya qurilmalari yangilandi, zamonaviy multimedia texnikalari bilan taʼminlandi.

Ustoz o‘z pedagogik faoliyati davomida o‘nlab ilmiy, ilmiy – uslubiy qo‘llanmalar yaratdi, ellikdan ortiq magistrlik va bakalavrlik ishlariga rahbarlik qildi. Toxir G‘ofurovichning hammuallifligida yaratilgan “Radiotexnik tizimlar”, “Raqamli televideniye” nomli o‘quv qo‘llanmalari o‘zbek va rus tillarida chop etildi. T.G‘. Raximov shogirdlariga o‘ta mehribon va o‘z o‘rnida talabchan edi. Ustoz raxbarlik qilgan shogirdlarning ikki nafari TATU hamda uning hududiy filiallari talabalari uchun taʼsis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasi, bir nafari O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun taʼsis etilgan Beruniy Davlat stipendiyasi hamda yana bir nafari tayanch doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiya sohiblari bo‘lgan.

T.G.Raximovning aloqa va axborotlashtirish sohasida amalga oshirgan fidokorona mehnatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi”, “Xizmat ko‘rsatgan faxriy radiochi”, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining ko‘krak nishondori, “Xalqaro aloqa akademiyasining Oltin medali sovrindori, “Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining akademigi” unvonlariga sazovor bo‘ldi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi Raximov Toxir G‘ofurovichning oila aʼzolari va yaqinlariga o‘zining chuqur hamdardligini izhor etadi. U kishining nurli siymosi xotiramizda mangu yashaydi.

TATU matbuot xizmati
TALABALAR DIQQATIGA!

Iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy qilingan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasini tayinlash tartibi Vazirlikning 2020-yil 23-dekabrdagi 685-son buyrugʻi bilan oʻzgardi.

Stipendiya Nizomi bilan quyidgi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy kanaliga ulanish
👇👇👇
@tuituz_official
#CyberGames #Dota2 #uzb

UFC Russia sahifasi o'zbekistonlik sportchi Mahmud Muradov haqida faktlar taqdim etdi. Yozilishicha, Mahmud Chexiyaning Entropiq jamoasi elchisi hisoblanadi. U Dota 2 o'yinini ham o'ynaydi va bu orqali oyiga 3 000 – 5 000 yevro miqdorida pul ham topar ekan.

@tuituz_official
Bu rasmni faqat dasturlash bilan shug‘ullanadiganlar tushunadi😂😂😂

Dasturchilarga yuboring👇👇👇
@tuituz_official
🔥🔥🔥DIQQAT!!! TATUDA SOVRIN MIQDORI 60 000 000 SOʻM BOʻLGAN “IT MARAFON – 2021” ning II-bosqichi 25-yanvar 19:00da saralash va 27-yanvar 14:00 da final bo’lib o’tadi!
Ikkinchi bosqich – qatnashchilar orasida faqat TATU yoki filiallarining birinchi bosqich talabalari qatnashib quyidagi sovrinlarga ega boʻladilar.
1-o‘rin – 10 000 000 So‘m;
• 2-o‘rin – 7 000 000 So‘m;
• 3-o‘rin – 4 000 000 So‘m;

• Eng tez coder – 1 000 000 So‘m;
• Eng sodda algoritm – 1 000 000 So‘m;
• Eng yosh dasturchi – 1 000 000 So‘m;
Qatnashish uchun ariza topshirish:
https://robocontest.uz/olympiads/43
2-bosqich finaliga TATU 1-kurs talabalari saralab olinadi.
Final bosqichi 27-yanvar offline ko’rinishida TATUda bo’lib o’tadi.
Ishtirokchilarda marafon boʻyicha qoʻshimcha savollar boʻlsa telegram orqali @robocontest_chat ga murojaat qilishlari mumkin.
Marafon haqida batafsil: https://telegra.ph/IT-Marafon-2021-12-01

@robocontest
ТАТУ Қарши филиали академик лицейида “Директор соати” дарс машғулотлари ўтказилди.

Бугун,
Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети Қарши филиали директори Адилбек Турғунов академик лицейда бўлиб, “Директор соати” дарс машғулотларини ўтказди.
Дарс машғулотлари давомида ўқувчи-ёшлар билан яқиндан мулоқот ўтказилиб, уларга олий таълим тизимида амалга оширилаётган янгиликлар бўйича маълумотлар берилди ва уларни қизиқтирган саволларига атрофлича жавоблар қайтарилди.
Шунингдек, филиал директори А.Турғунов педагог-ўқитувчилар билан учрашиб, академик лицей фаолиятини янада такомиллаштириш, иқтидорли ёшларни саралаб олиш тизимини яхшилаш ва сифатли билим олишлари учун зарур шарт-шароитларни яратиш бўйича тегишли тавсия ва кўрсатмаларни берди.

ТАТУ Қарши филиали расмий телеграм каналига уланиш:
👉
@tuitkf_uz
Forwarded from Digital.uz
🇺🇿🤖 TATU Nukus filiali talabalari «Rector Cup 2021» respublika tanlovi savrindorlari bo‘ldi

Andijon mashinasozlik institutida robototexnika bo‘yicha “Rektor CUP 2021” Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Unda TATU Nukus filiali talabalari 1-o‘rinni sohiblari bo‘ldi. 🥇

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/2129

🔹🔹🔹

🇺🇿🤖 Студенты Нукусского филиала ТУИТ стали призерами Республиканского конкурса «Rector Cup 2021»

В Андижанском машиностроительном институте прошел Республиканский конкурс «Rektor CUP 2021» по робототехнике.

По итогам конкурса сразу два студента Нукусского филиала ТУИТ заняли первые места. 🥇

Подробно: 👉 https://mitc.uz/ru/news/2129

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
TATU | Rasmiy kanali
Toshkent oliygohlaridan peshqadamini belgilang:
Qadrli talabalar, TATUni qo'llab-quvvatlaymiz☺️☺️☺️

Biz baribir oldindamiz👍