TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19K photos
2.21K videos
253 files
4.45K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#masterklass

Bugun, 28-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan  Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan, hozirgi kunda joylarda rahbarlik lavozimida xizmat qilib kelayotgan 48 nafar magistratura tinglovchilari uchun qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tinglovchilar “Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” hamda “O‘zbekiston Respublikasida raqamli texnologiyalar va ulardan foydalanishda kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqbollari” mavzularida master-klass masg'ulotlarida qatnashdilar.

Tadbir so'ngida tinglovchilarga Universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangi tashkil etilgan zamonaviy laboratoriyalar faoliyati tanishtirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Masofaviy_tálim #TATU_OAV_Nigohida

Masofaviy ta'limning qanday afzalliklari bor?

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi Masofaviy ta'lim shaklida o'quv jarayonlarini olib borilishi haqida MY5 telekanalining Hudud information dasturi orqali lavha tayyorlanib efirga uzatildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqola #статья

📰 Bugun, 29-oktyabr kuni "Правда востока" gazetasining 219 (30528) - sonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamovning "Инженерные школы - будущее системы высшего образования Узбекистана" nomli maqolasi chop etildi.

Maqolani o’qish



📰 Сегодня, 29-октября в 219 (30528) номере газеты “Правда Востока” опубликована статья ректора Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми Б. Махкамова под названием «Инженерные школы — будущее системы высшего образования Узбекистана».

Читать статью

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shvetsiya #delegatsiya

🇸🇪 Joriy yilning 28-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Shvetsiyaning “DanAds” kompaniyasining Farid Hafsia - CTO (chief technology officer) boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🔵Uchrashuvda universitet bitiruvchilarini kompaniyada amaliyot o'tash imkoniyatlari, yuqori daromadli doimiy ish bilan ta'minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🟡Ma’lumot uchun: DanAds kompaniyasi Bloomberg Media, Tripadvisor, The Washington Post, Hearst Magazines, Roku, Philips, SoundCloud va boshqa ko'plab yetakchi kompaniyalarga xizmat ko'rsatadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#exchange #Shibaura

📣 Hurmatli talaba va tadqiqotchilar!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sizlarni bakalavr, magistr talabalari va tadqiqotchilarini almashinuv dasturida (students and research exchange program) qatnashishga taklif etadi.

🇯🇵 Almashinuv dasturi Yaponiyaning Shibaura texnologiya institutida (SIT) 2025-yil bahorgi semestri davomida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Talablar:
🟢IELTS 6.0+
🟢GPA: 4+
🟢Bakalavr kamida 2-kurs bo'lishi kerak.
4-kurslar qatnasha olmaydi.

🗓 Muddat: 2024-yil 31-oktyabr.

Ariza topshirish uchun

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#exchange #Nordhausen

📣 Hurmatli talaba va tadqiqotchilar!

🇩🇪💻🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sizlarni bakalavr va magistr talabalarini Germaniyaning Nordhausen amaliy fanlar universitetida 2025-yil bahorgi semestri davomida quyidagi yo'nalishlarda almashinuv dasturida (student exchange program) qatnashishga taklif etadi:

IT, Technologies and Engineering Sciences (e.g. Renewable Energies, Environmental and Recycling Technology, Computer Science and Engineering)

Economics and Business (e.g. International Business, Digital Product Management, Innovation and Change Management)

Health and Social Sciences (e.g. Social Work, Inclusive Studies)

Talablar:
🟢IELTS 6.0+
🟢GPA: 4+
🟢Bakalavr kamida 2-kurs bo'lishi kerak.
4-kurslar qatnasha olmaydi.

🗓 Muddat: 2024-yil 7-noyabr.

Ariza topshirish uchun

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #IqtidorliTalabalar

🎓 Iqtidorli talaba boʻlishga intilayotgan yoshlar uchun e'lon !!!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda “Iqtidorli talabalar” boʻlimi faoliyati va amalga oshirilgan ishlar bilan talabalarni tanishtirish uchun uchrashuvlar tashkil etilmoqda!

Sizda ilm-fan va izlanishlarda o‘z izingizni qoldirish istagi bormi? U holda ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🔍 Nimalar kutmoqda?

Bo‘lim faoliyati va imkoniyatlari haqida ma’lumot;
Qanday qilib o‘z ilmiy loyihalaringizni amalga oshirish haqida maslahatlar;
Iqtidorli talabalar bilan fikr almashish va hamkorlik imkoniyatlari

🗓 Uchrashuvlar jadvali:

💻 Kompyuter injiniringi
4.11.2024, soat 11:30

💻 Dasturiy injiniring
5.11.2024, soat 11:30

📶 Televizion texnologiyalar
6.11.2024, soat 11:30

🔐 Kiberxavfsizlik
7.11.2024, soat 11:30

📈 Iqtisod va menejment
11.11.2024, soat 11:30

🎓 AKT sohasida kasb ta’lim
12.11.2024, soat 11:30

📶 Telekommunikatsiya texnologiyalari
13.11.2024, soat 11:30

🗣 Radio va mobil aloqa
14.11.2024, soat 11:30

🚀 Kelajakka qadam tashlang! Bu sizning ilmiy izlanishdagi ilk yutuqlaringiz uchun ilk qadam bo‘lishi mumkin!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Yaponiya #hamkorlik

🇯🇵 2024-yil 28-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning Sukuba universiteti vitse prezidenti professor Yasushi Nakauchi tashrif buyurdi.

💻 Uchrashuvda Sukuba universiteti va TATU bilan ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, malakali kadrlarni tayyorlashda Sukuba universiteti tajribasini qo'llash, bunda xalqaro standartlarga mos yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirish va Yaponiya mutaxassislarini TATUga jalb etish bo‘yicha kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi.

🗒 Malumot uchun:
Sukuba universiteti — Yaponiyadagi yirik tadqiqot universiteti bo‘lib, 1973-yilda tashkil etilgan va xalqaro QS hamda THE reytinglarda yuqori o'rinlarda qayd etilgan.


✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM