TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#Õzbekiston_pochtasi #tashrif

✅️ Joriy yilning 11-oktyabr kuni universitet “Pochta aloqasi texnologiyasi” yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining O‘zbekiston pochtasi AJ “Xalqaro pochtamt” filialiga tashrifi amalga oshirildi. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad, birinchi tomondan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan soha korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘lsa, ikkinchi tomondan talabalarda amaliyot ko‘nikmalarini hosil qilishlari uchun sharoit yaratib berish, ularni ishlab chiqarish yangiliklari, pochta aloqasi korxonalarida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirish edi.

“Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi” kafedrasida o‘qitilayotgan “Pochta aloqasining infrastrukturasi” fani doirasida tashkil etilgan mazkur amaliy-ekskursiya davomida talabalarga mutaxassislar “Xalqaro pochtamt” filiali ishlab chiqarish uchastkalari va sehlaridagi texnologik jarayonlar, Pochta aloqasining AKT asosida tashkil etilgan yangi xizmat turlari va ishlab chiqarishga tatbiq etilgan axborot tizimlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar, shuningdek talabalar filialning avtoparki, Bojxona posti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

⭐️ Amaliy-ekskursiya yakunida Xalqaro pochtamt filialida “Pochta aloqasi texnologiyasi” yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalarini tashkil etish yuzasidan fikr va mulohazalar almashinildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fotolavha #live

📶 Ayni damda Oqtosh dam olish maskanida talabalarimiz "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida ishtirok etib, maroqli hordiq chiqarishmoqda...

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #televizion_texnologiya

🔂Joriy yilning 12-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU media markazida "Televizion texnologiyalari" fakulteti "Televizion va media texnologiyalari" kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari uchun ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

📹 Uchrashuvga O‘zbekistondagi birinchi “Focus” xususiy kino maktabi asoschisi M.Musakova, maktab bitiruvchilari, yosh rejissyorlar, xalqaro festivallar g‘oliblari I. Savon, E. Shodmonqulov va A.Batashevlar mehmon sifatida tashrif buyurdilar.

👥 Uchrashuv qizg'in suhbat va savol-javoblarga boy bo'ldi. Tadbir davomida mehmonlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar namoyishi taqdim qilinib, filmlar ishtirokchilar tomonidan muhokama qilindi.

O'z navbatida, Focus xususiy kino maktabi ijodiy jamoasi ham universitetimiz media markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, kelgusida hamkorlik qilish istaklarini bildirdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM