TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.96K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#Counter_strike

🎮 Talaba-yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida Kompyuter injiniringi fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa natijalariga ko'ra:
🥇 1-o'rin – 4+1 jamoasi;
🥈 2-o'rin – Night Hunters jamoasi;
🥉 3-o'rin – Accepted Cookies jamoasi; 🥉 3-o'rin – Rampage jamoasi qo'lga kiritdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_OAV_nigohida #étirof

🌐 Universitetimiz xalqaro miqyosda e'tirof etildi.

📶 Shu haqida Uzreport TV telekanalining Uzreport News inofrmatsion dasturi orqali reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NASA #Hakaton

🌐 "Butunjahon kosmos haftaligi" doirasida "O'zbekkosmos" va "NASA" agentliklari hamkorligida yirik hakaton tadbiri o'tkazildi.

Unda 200 nafarga yaqin yoshlar 40 dan ortiq jamoalarga bo'lingan holda NASA tomonidan berilgan dolzarb 30 ta mavzu boʼyicha oʼzlarining yechim va kreativ loyihalarini ishlab chiqishdi.

💻 Ushbu hakatonda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari faol qatnashib sertifikat va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

🗒 Qayd etish lozim, “NASA space apps challenge” tanlovida har yili dunyoning 160 dan ortiq davlatlaridan 180 mingdan ziyod yoshlar qatnashishadi. O'zbekiston esa mazkur hakatonda 3 yildan buyon muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_suhbat #xotin_qizlar

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 11-oktyabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Sening tashabbusing-sening kelajaging” shiori ostida talaba qizlarni ilmga yunaltirishni targ‘ib qilishni maqsad qilib “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ochiq suhbat tashkillashtirildi.

🌷 Suhbatda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida faoliyat yuritayotgan yosh olima ayollar o‘zlarining ilm yo’llari borasida atroflicha ma’lumotlarni taqdim qildilar. Ochiq muloqot sermazmun va savol-javoblarga boy bo‘ldi.

🤔 Suhbatda ATDT kafedrasi professori Muhamediyeva Dildora Kabilovna, Chet tillar kafedrasi dotsenti Xilola Jamoliddinovna Sultanova, Axborot kutubxona tizimlari kafedrasi dotsenti Rahimova Shaxnoza Anvarovna, Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi boshlig‘i dotsent Abdurashidovna Kamola Turgunbayeva, Kriptologiya kafedrasi dotsenti Davronova Lola Uktamovnalar faol ishtirok etdilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🎉Bugun TATU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tashev Komil Axmatovichning tug'ilgan kunlari.

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan ularga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sammit #ĝalaba

Xushxabar!

“Kiberxavfsizlik markazi”
DUK tomonidan joriy yilning 9-10-oktyabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Cyber security summit CSS 2024” kiberxavfsizlik sammitini doirasida tashkil etilgan CTF (Capture the flag) musobaqalarida “Blue team” va “Red team” yo‘nalishlaridagi har birida 5 nafargacha ishtirokchi mavjud jamoalarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari munosib qatnashishdi va quyidagi natijalarga erishishdi:

🔴 “Red team” yo‘nalishlaridagi jamoalarda:

🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Chill Chain” jamoasi sardori Sobirov Otabek;
🥈2-o‘rinni qo‘lga kiritgan “N1nject10n” jamoasida Umirzoqov Quvonchbek;
🥉3-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Cybernetic” jamoasida Mashrabjonov Bobirjon va Abdumutalov Abdumutal;
🏅4-o‘rinni qo‘lga kiritgan “K17K47” jamoasida Gilmanov Nurgali;

🔵 “Blue team” yo‘nalishlaridagi jamoalarda esa:

🥈2-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Shadowguard” jamoasida Ergashbekov Nurbek faol ishtirok etdilar.

🤔 Sammit doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan yaratilgan ishlanmalar va dasturiy vositalar namoyish etildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM