TATU | Rasmiy kanali
14.7K subscribers
17.4K photos
1.97K videos
251 files
4.15K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#ochilish_marosimi #sportzal

Universitetimizda barpo etilayotgan va kapital ta'mirdan chiqqan turli soha obyektlarini foydalanishga topshirish yaxshi an'anaga aylanib ulgurgan. Yangi o'quv yili boshlanganligi munosabati bilan qator o'quv binolari, yangidan tashkil etilgan o'quv xonalari, laboratoriyalar va boshqa turli ta'lim obyektlari ishga tushirildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi ko'magi bilan tashkil etilgan, joriy yilning 5-oktyabr kuni ochilish marosimi bo'lib o'tgan zamonaviy sport majmuasi ham shular jumlasidan.

🗒 Umumiy maydoni 3616 kv. metr bo'lgan sport majmuasi FIFA (Federation internationale de Football Association) xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi talablari asosida kapital ta'mirlandi. Undagi kiyim almashtirish xonalari, yuvinish joylari, isitish-sovutish tizimlari, tribuna, sport anjomlari to'liq yangilandi. Mazkur yopiq sport majmuasi futbol, futzal, voleybol turlari bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazish uchun mo‘ljallangan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_ustozlari

Bugun, 7-oktyabr kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan "INNOWOMENWEEK-2024" xotin-qizlarning Inovatsion haftaligini tashkil etish va oʻtkazish boyicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandiga muvofiq "Olima ayollarning ta'lim va fandagi yutuqlari" mavzusidagi muloqot uchrashuvi bo'lib o'tdi.

👏 Uchrashuvda texnika fanlari doktori, professor Irgasheva Durdona Yakubdjanovna ilm-fandagi yutuqlari va innovatsion faoliyatga qo'shgan hissasi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar !

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ilmiy_kengash

💻 2024-yil 5-oktyabr kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2(744)-son majlisi bo'lib o'tdi. Unda universitetning 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va boshqa turli masalalar ko'rib chiqilib, yig'ilish yakunida quyidagi xodimlar bir qancha nominatsiyalar bo'yicha taqdirlanishdi:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor Doniyor Sultanbaуevich Yaxshibayev;
O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy birlashmasi raisi T.Muradov tomonidan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan TTF dekani, professor Elmira Shodmonovna Nazirova va dekan o‘rinbosari Muminov Sanjar Saidkulovich;
1- oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan diniy-ma’rifiy soha faoliyatini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun TATU professori – Tulenova Gulmira Jandarovna;
Toshkent viloyatida energiya energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tejash, qo‘shimcha quvvatlarni aniqlash, ilmiy yondoshuvlar asosida samaradorlikka erishishda qo‘shgan hissasi uchun Toshkent axborot texnologiyalari, “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi assistenti Nizomov Norxo‘ja Bahodirovichlar taqdirlandilar.

🎁 Аnʼanaga koʼra kengash avvalida professor-oʼqituvchilar va xodimlarni OАKdan ilmiy daraja diplomlari hamda ilmiy unvonlar topshirildi, jumladan:

Muxitdinova Muniraxon Ravshanovna - Chet tillar kafedrasi  dotsenti v.b. -  “dotsent” ilmiy unvoni;
Nazarova Gulchehra Nurmaxambetovna - Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi dotsenti - “dotsent” ilmiy unvoni;
Raxmatov Furqat Abdirazzoqovich - Hududiy o‘quv muassasalari bosh-qarmasi boshlig‘i - “dotsent” ilmiy unvoni;
Shaxobiddinov Alisher Shopatxitdinovich - Qabul va talabalar registrator boshqarmasi  boshlig‘i - “dotsent” ilmiy unvoni;
Ganiyev Abror Sattarovich - Fizika  kafedrasi dotsenti  - 01.04.10 – Yarim o‘tkazgichlar fizikasi – “dotsent” ilmiy unvoni bilan taqdirlandilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fotolavha

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2(744)-son majlisidan fotolavhalar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM