TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.95K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
💻 | 😀😀😀😀😀😀

#BRB_TECH #tashrif

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga "Biznesni rivojlantirish bank" qoshida tashkil etilgan yetakchi IT-kompaniyalaridan biri bo'lmish "BRB-TECH" vakillari tashrif buyurdi.

Uchrashuvda universitet bitiruvchilarini kompaniyada amaliyot/stajirovka o'tash imkoniyatlari, yuqori daromadli doimiy ish bilan ta'minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish bo'yicha hamkorlik memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida TATUda "BRB-TECH" kompaniyasi bilan hamkorlikda dual ta'limni joriy etish masalalari  ham ko'rib chiqildi.

🗒 Ma'lumot uchun: BRB-TECH kompaniyasining asosiy vazifasi kompaniya va korxonalarga o'z faoliyatini yaxshilash va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, IT-konsalting va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish shuningdek, mijozlarga o'z sohalarida yangi texnologiyalarni qo'llashdan iborat.

🔘  Telegram kanalimizni  kuzatib boring!
        
➡️ Eng so'nggi vakansiyalar
💙@tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#forum

Turkiya-O’zbekiston uchinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi


27-sentyabr kuni  Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM  rahbarlari ishtirok etmoqda. 

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy taʼlim kengashi raisi Odil Abdurahmonov,   Turkiya Oliy taʼlim kengashi (YÖK) rahbari Erol Özvar, Istanbul texnika universiteti rektori  Hasan Mandal ochib berdilar.

Ta'kidlash joizki, soʻngi yillarda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida hamkorlik aloqalari mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik koʻlami kundan-kunga kengayib bormoqda. Hozirda oliygohlar oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomalari soni 150 tadan oshdi.

Soʻnggi 3 yil davomida 800 nafarga yaqin oʻzbekistonlik oʻqituvchi va tadqiqotchilar Turkiyaga malaka oshirish, stajirovka, seminar va treninglarga yuborildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi oliygohlarda oʻquv jarayonini tashkil etishga 500 nafardan ortiq turkiyalik oʻqituvchilar jalb etildi. Joriy oʻquv yilida universitetlarimiz oʻrtasida tashkil etilgan Double degree qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha 600 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

Forum doirasida ikki davlat universitetlarining hamkorligiga qaratilgan 50 yaqin shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #TATU #hamkorlik

📶 Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston va Turkiya Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi bo’lib o’tmoqda.

🖋 Mazkur forum doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Turkiya davlatining Firat universiteti o’rtasida professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish, o‘zaro o‘quv hamda seminarlar tashkil etish, birgalikda ta’lim sifatini oshirish, stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni yo’lga qo’yishni nazarda tutgan hamkorlik shartnomalar imzolandi.

🗒 Ma'lumot uchun:
Fırat Universiteti — davlat universiteti bo'lib, Turkiyaning Elazig shahrida joylashgan. 1975 yilda tashkil etilgan va nomi Elazig yaqinidagi Furot daryosiga atab qo'yilgan. Universitet sharqiy Turkiyaning asosiy akademik muassasalaridan biri bo‘lib, 12 ta fakultet, 4 ta institut, davlat konservatoriyasi, 3 ta kasb-hunar maktabi va 21 ta ilmiy tadqiqot markaziga ega. Universitet ilmiy va texnologik taraqqiyotga katta eʼtibor beradi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabassum_vaqti #obunachimizdan #tanlov

Ustoz va talaba suhbati...

Muallif: @OcoderX

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabassum_vaqti #obunachimizdan #tanlov

Ustoz: Qani sen javob ber-chi?
Do'stim bilan gaplashib savolni eshitmay qolgan men:

Muallif: @Sityuz

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #counter_strike #kibersport

🎮Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKTSIM fakulteti talabalari oʻrtasida kibersportning "Counter strike" turi boʻyicha musobaqa bo'lib o'tdi.

🗒Ushbu tadbirdan asosiy maqsad- talaba-yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishda koʻmaklashishdir.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM