TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.2K photos
1.94K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik #seminar #startup #livinglab #hakaton

🇺🇿🇰🇷 Xalqaro hamkorlik doirasida hakaton va start up loyihalar namoyishi boshlandi.

Xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalarining tajribalarini o'rganish va o’zaro tajriba almashish maqsadida TATU va Janubiy  Koreyaning Kookmin universiteti talabalari o'rtasida KOICA loyihasining Design Thinking & Digital Transformation xakatoni va Living Lab StartUp xakatoniga start berildi.

Ushbu xakaton joriy yilning 26-29-avgust kunlari bo'lib o'tadi. Ushbu loyiha doriasida TATU ning 18 nafar va KMU ning 12 nafar talabalari, professor o'qituvchilari yordamida o'z loyihalarini namoyish qilishadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #Musobaqa

🏆 O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida joriy yilning 26-27-avgust kunlari Respublika miqyosida “Dron-reysing” hamda “Uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish” bo'yicha amaliy musobaqa tashkil etildi va TATU terma jamoalari faol ishtirok etishdi.

🥇 “Dron-reysing” musobaqasida Z.Qodirov murabbiyligidagi "DRONCHI" jamoasi faxrli 1-o'rinni egallab respublikada yetakchilikni qo'lga oldi va g'oliblik kubogi sohibi bo’ldi.

🥈 “Uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish” musobaqasida J. Modullayev murabbiyligidagi "TORNADO" jamoasi faxrli 2-o'rinni egalladi va kumush medal sohibi bo'lishdi.

🎉 Musoboqada muvaffaqiyatli qatnashgan terma jamoalarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 #infografika

⚡️Oʻzbekistonda chet tillarini bilishga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda

📱 2024-yilning yanvar-avgust oylarida my.gov.uz orqali “Chet tilini bilish darajasini aniqlash” davlat xizmatiga jami 166 408 ta ariza topshirildi. Shundan 126 383 nafar talabgor chet tillari boʻyicha sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

🌐Kutilganidek, ingliz tili – 142 280 ta ariza bilan yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinni turk tili – 17 127 ta ariza bilan egalladi. Arab tiliga esa 3 144 ta ariza topshirildi.

📍Hududlar kesimida sertifikat olish boʻyicha Toshkent shahri (24 438 ta ariza) yetakchi ekanligini koʻrsatdi. Undan keyingi oʻrinda Samarqand viloyati (14 792 ta ariza) boʻldi. Fargʻona ham chet tillarini oʻrganish boʻyicha faol (11 645 ta ariza) viloyatlardan biriga aylandi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ikkinchi_oliy_ta'lim

💬 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 606-qarorida nazarda tutilgan ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun da’vogarlar 28-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim sirtqi shakli uchun suhbat jarayonlarida ishtirok etishmoqda.

💬 Suhbat jarayonlari joriy yilning 28-29-avgust kunlari Universitetning D-binosida otkaziladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬 Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 321-son buyrug‘ida belgilangan topshiriqlar bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.

🛡 Vazirlikning Ta’lim sifatini nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Odinayev Dilshodjon Shavkatovich Universitetda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Xususan: o‘quv auditoriyalar, laboratoriya xonalari, Oliy muhandislik maktabining laboratoriya komplekslari, yotoqxonalar, sport zallari, inkubatsiya markazi, axborot-resurs markazi, isitish uzellari va qozonxonalar, obodonlashtirish va “Yashil hudud” lar, shuningdek, Universitet huzuridagi akademik litseyning yangi o‘quv yiliga tayyorligi o‘rganildi.

➡️ Shu bilan birga, 2024-2025-o‘quv yiliga o‘quv-me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligiga alohida ahamiyat qaratildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#super_kontrakt

2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

💾 PDF shaklida yuklash

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM