TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19K photos
2.21K videos
253 files
4.44K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#mintaqaviy_loyiha
#Huawei

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan “Seeds for the Future 2024” mintaqaviy loyihasiga start berildi


Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-Parkda bo'lib o'tayotgan “Seeds for the Future” yetakchi taʼlim dasturida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 14 davlatidan 150 nafar talaba, 14 nafar oʻqituvchi va akademiklar ishtirok etmoqda. Ular orasida Toshkent Аxborot Texnologiyalari Universiteti bitiruvchisi Nuriddin Samatov ham Plenar sessiyada o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ushbu yilgi Huawei tomonidan o'tkazilgan tanlov natijalariga ko'ra TATUning 3 nafar talabasi “Seeds for the Future 2024” dasturida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabassum_vaqti

Imtihonlardan osongina o'tadigan kursdoshlarga yuborib qo'yamiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #yangiliklar

TATU hayotida so'nggi kunlarda bo'lib o'tayotgan voqealar va eng qaynoq yangiliklar haqida “TATU'da nima gaplar ?” ko'rsatuvi.

🚨 Bugungi dasturimizda:

🟢 Tez orada Talabalar radiosi o'z ishini boshlaydi. Ushbu radio orqali talabalar do'stlariga hamda ustozlariga samimiy tilaklarini bildirishlari mumkin. Bundan tashqari, yaqinlariga bag'ishlab musiqa buyurtma qilishlari ham mumkin bo'ladi.

🟢Barcha kurs talabalari TTJ larga joylashish uchun my.gov.uz onlayn ariza topshirish orqali amalaga oshiriladi. Batafsil

🟢Endilikda talabalar turar joylari uchun to‘lovlarni "PAYME" to‘lov ilovasining "Ta’lim" bo‘limida joylashgan "TUIT DORMITORY" orqali amalga oshirishlari mumkin.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hindiston #malaka_oshirish

Hindistonning Bankirlar qishloq taraqqiyoti institutida TATU professor-o‘qituvchisi malaka oshirdi


Joriy yilning 5-9-avgust kunlari Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G‘ulomov Hindistonning Bankirlar qishloq taraqqiyoti institutida “Tashkilot va muassasalarda boshqaruvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” kursi bo‘yicha malaka oshirdi. Ushbu kursda qatnashishdan asosiy maqsad tashkilot va muassasalarda boshqaruvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati va ahamiyatini belgilash, jamoa bilan ishlash elementlarini aniqlash, shuningdek, tashkilot va muassasalarda mojarolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish hamda hissiy intellektni oshirish bosqichlarini o‘rganishdir.

Kurs davomida boshqaruvchanlik ko‘nikmalarini yanada chuqurroq o‘rganish, jamoaviy ishlashda samaradorlikni oshirish hamda tashkilot va muassasalarda mojarolarni yechishda konstruktiv yondashuvlarni qo‘llash kabi muhim jihatlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari muhokama etildi.

Bundan tashqari, hissiy intellektni rivojlantirish orqali jamoaning umumiy ish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuv va modellar ham tahlil etildi.
 
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FGCH #musobaqa #TATU

Ajoyib g‘alaba!!!

🎉 Bugun 13-avgust kuni Oʻzbekistonning 2 ta terma jamoasi Almata shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasining yarim finalida ishtirok etib qaytishdi. Bunda BAA va Qozoqiston terma jamoalarini ortda qoldirib g‘alaba bilan qaytishdi hamda Gretsiyada bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston terma jamoasiga 2024-yil 26-29-sentyabr kunlarida Gretsiyada bo‘lib o’tadigan musobaqada omad tilab qolamiz.

Terma jamoaning yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, TATU, IT park rezidentlari Realsoft, Robotics Lab korxonalari hamda terma jamoa ustozlari yaqindan yordam berib kelmoqda.

👥 Terma jamoalarga universitetimizning TUIT FIRST GLOBAL laboratoriyasida Zarif Qodirov, Adizbek Ergashev va Temur Rajabovlar murabbiylik qilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Талабаларим олдида уялиб қолмаслик учун тил ўргандим” – 67 ёшида инглиз тилидан B2 даражасини олган отахон

Абдуғофур Ҳотамов ТАТУнинг Самарқанд филиалида дарс беради. У 10 ой давомида ўқиб, инглиз тилидан B2 сертификатини олган. “Кўплаб ахборот технологияларига алоқадор терминлар инглиз тилида, талабаларнинг олдида уялиб қолмаслик учун инглиз тили курсига қатнай бошладим”, - дейди у Kun.uz’га берган интервюсида. Абдуғофур ота кунига 2-3 соат инглиз тили билан мустақил шуғулланганини айтади.

📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
#TATU
#TABRIK

Bugun Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Yaxshibayev Doniyor Sultonbayevich hamda AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘lining tug'ilgan kunlari!

🎉 Shu munosabat bilan Universitet nomidan ularga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #õrganish

👥 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorlik holati, ta’lim sifati va samarasi, o‘quv laboratoriyalar, talabalarga yaratilgan qulayliklar, talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash kabi ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.

🗒 Shuningdek, “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyati bilan tanishildi hamda universitet yotoqxonalariga birma-bir kirib, barcha qavatlardagi xonalarda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar o‘rganildi. Ma’naviyat xonasi, kutubxona, kompyuter texnikalari, tibbiyot xonasi, talabalarga maishiy xizmat ko‘rsatish joylarini ko‘rib, tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM