TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024 #live

Call-markazi hamda Maslahat markazi faoliyatidan lavhalar

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-2025 o’quv yili qabul jarayonlari bo‘yicha abituriyentlar va ularning ota-onalarini ogʻirini yengil qilish, qulaylik yaratish, qiziqtirgan savollari va murojaatlariga tezkor javob berish hamda kerakli ma'lumotlarni taqdim etib borish maqsadida  “Call-center” hamda “Maslahat markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan (A bino 116 xona).

📞 Abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti my.uzbmb.uz  yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali ro'yhatdan o'tkaziladi.

🙋 Abituriyentlar quyidagi telefon raqami orqali “Call-markaz” ga murojaat qilib, malakali mutaxassislarimizdan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishlari mumkin:

📞 +998 71-238-55-55;
✉️E-mail: [email protected]

Murojaatlar markazi (Call-markaz) ish vaqti dushanba-shanba kunlari soat 9:00dan 18:00 gacha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir #TATU_QF #Mehnat_yarmarkasi

⚡️Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida IT mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Batafsil

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_uchrashuv

🌐 Joriy yilning 24-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda “Markaziy Osiyoda yuqori darajadagi siyosiy muloqot – 2024: Generativ sun’iy intellekt (GenAI) asosida oliy ta‘limni o‘zgartirishga ko‘maklashish” mavzusida xalqaro uchrashuvi o‘tkaziladi.

🗒 Uchrashuvning maqsadi - Markaziy Osiyo mamlakatlari va undan tashqaridagi oliy ta’lim sohasidagi manfaatdor tomonlarni GenAI olib keladigan imkoniyatlar va muammolarni birgalikda o‘rganish, shuningdek, oliy ta’limni samarali rivojlantirish uchun uni qo‘llash bo‘yicha strategik takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

Ushbu uchrashuvda 10 ga yaqin xorij mamlakatlaridan oliy ta’lim vazirliklari rahbarlari, universitet rektorlari, sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi olimlar va UNESCO rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek Universitet 1-qavatida Ta'limni raqamlashtirish va Sun'iy intellekt texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy va mahalliy kompaniyalar ishlanmalari ko'rgazmasi tashkil etiladi.

👥 Barcha qiziquvchilarni tadbirga taklif qilamiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🇺🇿🇺🇿 “EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVINI E'LON QILADI!

📣
“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta'lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e'lon qiladi!

Jamg‘armaning 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib:

- bakalavriat ta'lim dasturi uchun 100 o‘rin,
- magistratura ta'lim dasturi uchun 250 o‘rin,
-doktorantura ta'lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan.


🔣 Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25-iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

👫 Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi.

✏️ Tanlovga oid barcha ma'lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e'lon qilib boriladi.

🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma'lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (https://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan.

🌐
E'tibor bering, (https://admission.eyuf.uz onlayn qabul platformasi 2024 yil 25-iyundan boshlab hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi.

☎️ Qo‘shimcha savollarga javoblarni
+99 871 203 00 47
+99 871 203 00 48
+99 871 203 00 53

telefon raqamlaridan yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali olishingiz mumkin.

“El-yurt umidi”
jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma #qabul2024

⚡️Qabul tugashiga atigi 1 kun qoldi

Hurmatli abituriyentlar!


📎 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanishini eslatib oʻtamiz.


💬Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi onlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishni unutmang.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_forum

📹 Ayni damda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak ta’lim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” IV Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi bo'lib o'tmoqda.

🗒 Unda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Administratsiyalari, ta’lim vazirliklari, IT, madaniyat va madaniy meros, yoshlar tashkilotlari, 70 dan ziyod oliy va professional ta’lim muassasalaridan jami 150 nafarga yaqin ishtirokchi, jumladan, TATU rektori B.Maxkamov ishtirok etmoqda.

Dasturga muvofiq dastlab forum yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy mamlakatlar bilan hududlararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Igor Maslov, Rossiya ilm-fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilyovskiy so‘zga chiqib, ikki tomonlama ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ahamiyati, ularning natijasi hamda istiqbolli rejalar haqida nutq so‘zladilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM