TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.95K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#delegatsiya #Walailak #tashrif

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Walailak universitetining o’quv hamda ilmiy faoliyati bilan tanishdi.

TATU delegatsiyasi vakillari Walailak universitetida faoliyat yuritayotgan “Digital technology in Medicine Laboratory”, IMAG Motion Capture Lab, INFORMATICS studio, GIS, Electronics engineering and IoT, SMART FARM, NATURAL SCIENCE kabi ilmiy tadqiqot laboratoriyalari hamda innovatsion tadqiqot markazi ( innovation research center)ga tashrif buyurib, mazkur laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan grant loyihalar, ilmiy ishlanmalar hamda erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur tashrif davomida ikki universitetning yosh olimlari, ilmiy tadqiqotchi hamda PO’lar uchun stajirovka dasturini yo’lga qo’yishga kelishildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100savolga_100javob

8-savol: Joriy yilda imtiyozga ega abituriyentlar uchun ham qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladimi?

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100savolga_100javob

9-savol: 2024/2025 oʻquv yili qabulida abituriyentlar uchun davlat granti yoki taʼlim yoʻnalishi ustuvorligini tanlash imkoniyati saqlanib qoladimi?

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Kelajakdagi muvaffaqiyatingiz kaliti bu ta’lim olishdagi tirishqoqlikdir! Yaxshi niyat bilan boshlangan ta’limni tashlab qo‘ymang, oxiriga yetkazing!

Prezidentimiz har qanday yig‘ilishda xoh u Xalqaro Investitsiya Forumi bo‘lsin, xoh Ichki ishlar jamoat xavfsizligi bo‘linmasiga tashrif bo‘lsin doim ta’limning muhimligini ta’kidlab keladilar.

Ta’lim olishda boyroq oilada tug‘ilgan yoki tabiiy o‘zlashtirish qobiliyati yaxshiroq boladan ham ko‘ra aynan tirishqoq va o‘z maqsadi sari og‘ishmay harakat qiladigan insonlar muvaffaqiyatga yaxshiroq erishishini olimlar aniqlashgan. (Shu mavzuda yaxshi TED Talk bor: https://youtu.be/H14bBuluwB8 )

IT ta’lim rezidentlarimiz ochiq suhbatda eng katta muammolardan biri aynan shu - ko‘pchilik yoshlarimiz boshlagan darslarini oxiriga yetkazmay tashlab ketishini ta'kidlashmoqda. Yoki bepul onlayn Ingliz tilini o‘rganish uchun juda zo‘r loyiha qilingan: Ibrat farzandlari , boshidagi roliklarni yoshlarimiz yaxshi niyat bilan milliondan ortiq marta ko‘rib Ingliz tilini o‘rganishni boshlagan, lekin 25-darsgacha zo‘rg‘a 50 mingtachasi borgan, 100-darslarga esa 10 mingtacha borgan xolos. Aynan o‘sha tirishqoqlik bilan harakat qilayotgan yoshlarimiz IELTSdan ham yuqori ball olishyapti va kelgusida yaxshiroq daromad topishmoqda. Ular bilan boshida boshlagan, lekin oxiriga yetkazmay tashlab qo‘ygan millionta boshqa yoshlarning farqi faqat shu ularda tirishqoqlikni yetishmasligi. Ularni interneti va vaqti bo‘lsa ham boshqa bekorchi narsalarga chalg‘ib, o‘qishini davom ettirishga harakat qilmayapti.

Shuning uchun yozda ham internetdagi vaqtingizni bekorga sarflamay, chet tilini va kelgusida foydali ko‘nikmalarni o‘rganing. Faqat tirishqoqlik bilan belgilab olgan maqsadlaringizga erishishingiz mumkin, aks holda u faqat orzu bo‘lib qolaveradi…
#fan_olimpiadasi #taqdirlash

🇺🇿 Respublika olimpiadalarida TATU yana yetakchilik qilmoqda.

2024-yil 8-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Respublikamizning 17 ta oliy ta'lim muassasalaridan 67 nafar bitiruvchi talabalar ishtirokida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan respublika fan olimpiadasi bo'lib o'tdi.

Informatika va axborot texnologiyalari fani bo'yicha natijalar:

🥇1-o‘rin - Jalolov Ibroxim
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi)

🥈2-o‘rin - Qayumjonov Jahongir
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi)

🥉3-o‘rin - Olimov Fayozbek
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali talabasi)

Eslatib o'tamiz, g'oliblar magistraturaga imtiyozli ravishda qabul qilinadi. 

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#KOOKMIN
#Qabul_2024

Ko'p sonli talablarga binoan: KOOKMIN ga qabul vaqti uzaytirildi!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo'nalishi bo'yicha magistratura va PhD uchun grant dasturlarini e'lon qiladi.

🆔 Talab qilinadigan hujjatlar:
- Ariza formasi;
- Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
- O‘quv rejasi (Study plan);
- Shaxsiy ma'lumot (Personal statement);
- Tavsiyanoma (Recommendation letter);
- IELTS 6 +;
- Pasport nusxasi.


📊 Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;

- Stipendiya.
  
Hujjatlari talablarga javob beradigan nomzodlar 22-iyun kuni suhbatga chaqiriladi.

📄Hujjatlar qog'oz ko'rinishida, A bino, 2-qavat, 226-xonada qabul qilinadi.
📞 Murojaat uchun telefon: +99890 359 55 51

➡️Bu yerdan kerakli arizalar shablonini yuklab olishingiz mumkin.

📆 Muddat: 2024-yil, 19-iyungacha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Vines
#KulguVaqti

🎓Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar turlari

😆Agar shularga o'xshash kursdoshlaringiz bo'lsa, ularga ushbu videoni yuborishni unutmang!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huawei Uzbekistan
🌱 #SeedsForTheFuture 2022 qatnashchisi, Toshkent Аxborot Texnologiyalari Universiteti bitiruvchisi Nuriddin Samatov Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) va Huawei hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan Generation Connect Yoshlar yetakchilari dasturining o‘ttiz nafar ishtirokchisidan biriga aylandi.

Nuriddin shu haftada Shveytsariyaning Jeneva shahrida o‘tadigan treningga yo‘l oladi va dasturning boshqa ishtirokchilar safiga qo‘shiladi.

Biz Nuriddinni bu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va tadbirdagi ishtirokida omad tilaymiz!

Batafsil

#GCYLP #BetterTogether #GenerationConnect

▫️▫️▫️

🌱 Участник #SeedsForTheFuture 2022, выпускник Ташкентского Университета Информационных Технологий Нуриддин Саматов стал одним из тридцати участников Программы молодёжного лидерства Generation Connect, запущенной совместно Международным Союзом Электросвязи (МСЭ) и Huawei.

Уже на этой неделе Нуриддин присоединится к остальным участникам программы для прохождения недельного тренинга в Женеве, Швейцария.

Мы поздравляем Нуриддина с этим достижением и желаем успешного участия в мероприятии!

Подробнее

#GCYLP #BetterTogether #GenerationConnect
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ŏquv_mashqlar #TATU_OAV_nigohida

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda aholini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilishga doir amaliy-ko‘rgazmali o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

📺 Shu haqida Toshkent teleradiokanali Poytaxt informatsion dasturi orqali maxsus reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yozgi_maktab

🙋 2024-yilning 8-iyun sanasida Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Musa Riskulbekov nomidagi Qirgʻiziston iqtisodiyot universiteti (KEU) talabalari uchun tashkil etilgan “Yozgi maktab”ning yakuniy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

KEU tomonidan yozgi maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan 24 ta talaba-yoshlar hamda 3 nafar professor-o’qituvchilar sertifikatlar hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

🤝 KEU bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuv Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetini o’quv va ilmiy hamkorlik faoliyatining debochasi sifatida xalqaro reytingda inobatga olinishi ko’zda tutilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM