TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#kõchma_kubog  #Natijalar #fotolavha

🖼️ Ko'chma kubok musobaqasining 2- kunidan fotolavha.

🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘chma kubok musobaqasi 2- tur natijalari:

Farg'ona : Nurafshon
🏟 1 : 4

TATU : Qarshi
🏟 12 : 0

TATU : Samarqand
🏟 8 : 2

Qarshi : Samarqand
🏟 0 : 7

🎉 Jamoalarga kelgusi o'yinlarda omad tilab qolamiz!

✈️@tuit_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#UNICORN #tanlov

❗️ Diqqat, diqqat!

Startap yaratish va bu haqda butun mamlakatga aytishni istaysizmi? Sizda gʻoya bor, lekin uni amalga oshirishga mablag'ingiz yoʻqmi?

🏆 500 000 000 so‘m mukofot jamgʻarmasiga ega “UNICORN” startaplar tanlovida ishtirok eting!

📌 Barchasi juda oddiy:
1. Online ro‘yxatdan o‘ting;
2. Loyihangizni yuklang;
3. Gʻalaba qozoning!

💻 Faqat TATU va uning hududiy filiallarining bakalavr, magistratura va doktoranturasida tahsil olayotgan barcha ishtirok etishlari mumkin!

🟢Ishtirokchilar 18-may kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
🟢20-may kuni saralash natijalari e'lon qilinadi.
🟢23-may kuni finalistlar Toshkent shahri, TATU, E-binosi 1-qavatida "TATU Inkubatsiya markazi" da loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etishadi.
🟢24-may kuni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

🤝 Qaroringizni ortga surmang, bugunoq o‘z arizangizni yuboring!

📞 Murojaat uchun telefon: +99890 9701070
Call markazi: +99890 573 22 31
Savollar yuzasidan admin bilan bog‘lanish

🗒 Batafsil: @unicorn_tuit_2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijara_pullari #xushxabar

Diqqat!


Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning may oyi uchun kompensatsiya to‘lovlari bugun, yaqin fursatlar ichida talaba-kartalariga tushirib beriladi.



Внимание!

Компенсационные выплаты за месяц май студентам, проживающим на правах аренды, будут переведены на их студенческие карты в ближайшее время.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#futbol
#kubok
#taqdirlash

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari o‘rtasida o‘tkazilayotgan TATU ko‘chma kubogi musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi.

🏆 Natija:
🥇 TATU;
🥈 Nurafshon filiali;
🥉 Samarqand filiali.

🏟 Musobaqada mag'lublar bo'lmadi. Jamoalar bir-birilari bilan zavqli o'yinlar olib borishdi. Do'stona muhit va fikr almashish ayni maqsadlarga musobaqa orqali erishildi. Barchamiz bir butun TATUmiz va birga rivojlanamiz!!!

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_bilan_uchrashuv

❗️Rektor yoshlar muammosiga befarq emas


Muhtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur g'oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratilmoqda.

⚡️Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov universitetga biriktirilgan Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Bunyodobod, Ezgulik MFYlarida istiqomat qiluvchi Abbosbek hamda Nurmuhammad ismli yigitlarimiz holidan xabar oldi. Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari o'rganilib, suhbatlar uyushtirildi.

Rektorimiz va yoshlar o'rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida fikrlar bildirildi va ularning muammolarini ijobiy hal qilish bo'yicha universitet mas'ullariga alohida ko‘rsatmalar berildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CTF_Cyber_Challenge #final #TUIT_Bright_Future_Week

👥 Joriy yilning 15-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kiberxavfsizlik bo‘yicha CTF Cyber Challenge musobaqasining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

📉 Saralash bosqichida qatnashib eng yuqori ball to‘plagan quyidagi 16 ta jamoa final boshqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Jamoalar ro'yxati:

1️⃣ 23rd_WE_are_BUSY-450 ball
2️⃣ SantaTeam-450 ball
3️⃣ TEAM N00BS-450 ball
4️⃣ BitPirate-450 ball
5️⃣ BlackBear-450 ball
6️⃣ razdatka777-450 ball
7️⃣ Hackermann-430 ball
8️⃣ HackTheTask-400 ball
9️⃣ qqwweerrtt-400 ball
🔟 white_web-350 ball
1️⃣1️⃣ admin_admin-350 ball
1️⃣2️⃣ TATUff-350 ball
1️⃣3️⃣ Creators-350 ball
1️⃣4️⃣ Black_Shield_2.0-350 ball
1️⃣5️⃣ BlackBlock-350 ball
1️⃣6️⃣ BitWalls-350 ball

🗓 Final boshqichi 23-may kuni offline shaklda bo'lib o'tadi.
📍 Manzil: E-bino 102-auditoriya
Soat: 10:00 dan 17:00 gacha.

🪪 Jamoa a’zolari shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari shart.

🎁 G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar va sovrinlar bilan taqdirlanadi.

📞 Murojaat uchun telefon: +998712386446

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat!!!
Aloqabank bilan hamkorlikda Start-up va biznes g'oyalarni moliyalashtirishga qaratilgan uchrashuv.

Sizda biznes g'oya yoki mavjud Start-up ishingiz bor va uni amalga oshirishga mablag' yo'qmi? Unda bu siz uchun zo'r imkoniyat.

Barcha o'z biznes g'oyasiga ega bo'lgan professor-o’qituvchilar, talaba va tadqiqotchilar ishtirok eta oladi.

📍Bugun, 2024-yil 16-may kuni soat 14.00da taqdimotingiz bilan "TUIT Incubation center"ga kelishingiz so'raladi.

Bog'lanish uchun: 71-238-64-39
Telegram: @ahadjon1505
#Microsoft_certificate

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Sardor Rustamov va Kompyuter injiniringi fakulteti talabalasi Alisher Abduxalilboyev Microsoft kompaniyasining Xalqaro “MS Azure fundamentals” kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo‘ldi va ushbu imkoniyatni qo‘lga kiritdi.

🥳 Rustamov Sardor va Alisher Abduxalilboyevlarni ushbu natija bilan tabriklagan holda bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilaymiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟦🟦🟦

🎓 Hurmatli TATU bitiruvchilari!

⭐️ O'zbekistondagi lider aloqa operatorlaridan biri Ucell kompaniyasi yetakchi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan seminarga Telekommunikatsiya injiniringi, Radio va mobil aloqa, Dasturiy injiniring va Kompyuter injiniringi fakulteti 4-kurs talabalarini taklif qilamiz.

📢 Seminarda siz, kompaniya faoliyati, uning yutuqlari, yosh mutaxassislarga yaratilayotgan sharoitlar, kompaniyadagi mavjud amaliyot/stajirovka dasturlari va bo'sh ish o'rinlari haqida bilib olasiz.

⚙️ Seminar davomida kompaniya vakillari tomonidan taqdim qilingan keys va topshiriqlarni to’g’ri bajargan talabalar kompaniyada stajirovka o'tash hamda keyinchalik kompaniyada faoliyat olib borish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.

💼 Shuningdek, korxonaning yetuk mutaxassislaridan o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

📣 Ma'ruzachilar:

➡️ Shamsutdinov Ridvan Talgatovich- Radio tarmoqlarini rejalashtirish va optimallashtirish guruhi rahbari;
➡️ Tillayev Sanjar SHuxratovich- Radio tarmog'ini rejalashtirish va optimallashtirish bo'yicha muhandis;
➡️ Seit-Mamutova Aleksandra Aleksandrovna- Ichki aloqa menejeri.

❗️O'zingiz bilan rezyume olishni ham unutmang!

📆 18-may, soat 9:00
📍 TATU, Media markazi



Bizni kuzatishda davom eting!

🔘 Eng so'nggi vakansiyalar: ❤️ @tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

Bugun, 16-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlar bandligini ta'minlashning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati bolib otdi.

👥 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining raisi - I. Abdullayev,
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari - R. Karimjonov hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori - B. Maxkamovlar boshchiligida bo'lib o'tdi.

💬 Davra suhbatida «Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlar bandligini ta'minlashning dolzarb masalalari», «IT sohasiga kadrlar tayyorlashda uzluksiz ta'limning barcha bo‘g‘inlarida uzviylikni ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar», «IT mehnat bozori talablari asosida zamonaviy bilim
va ko‘nikmalarni shakllantirish»
kabi mavzular muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM