#Ochilish_marosimi
#ZTE
🌐 Bugun, 23-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba-yoshlarga sharoitlar yaratish maqsadida ZTE Korporatsiyasi tomonidan tashkil qilingan Smart auditoriyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
🎉 Ochilish marosimi FE ZTE INVESTMENT LCC prezidenti Vang Guadong va TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovichlar boshchiligida bo'lib o'tdi.
#ZTE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#amaliyot
🔄 Belgilangan o'quv grafigiga muvofiq, Dasturiy injiniring fakulteti talabalari uchun joriy yilning 22-aprelidan bitiruv oldi amaliyoti boshlandi.
Mutaxassislik fanlarini chuqur egallashda nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishi inobatga olinsa, mazkur bitiruv oldi amaliyotining talabalar uchun akademik o'qish davri mobaynidagi o'rni katta.
Dasturiy injiniring fakulteti
4-bosqich talabalari Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intelektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi, UNICON.UZ - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi MChJ, UZUM kompaniyasi, Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi DUK boshqa tashkilotlarga amaliyotga yuborildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Bitiruvchilari #Maslahat
👨💻 IT sohasida muvaffaqiyatga erishgan bitiruvchimizning O’zbekistonlik yoshlarga videomurojaati.
👤 Nodir Nazarov 15 yil avval TATUning Qarshi filialini bitirib, dunyoning eng katta IT kompaniyalari qatoridagi "Oracle","e-Bay" va "Google" kabi IT tashkilotlarda faoliyat yuritib kelmoqda;
🗂 Nodir Nazarov AQShdan videomurojaat orqali TATU talabalari va O'zbekistondagi IT sohasiga qiziqayotgan yoshlarga o'zining hayotiy tajribasi bilan bo'lishgan holda tavsiya va maslahatlarini berdi.
✈️ @taturektori
🗂 Nodir Nazarov AQShdan videomurojaat orqali TATU talabalari va O'zbekistondagi IT sohasiga qiziqayotgan yoshlarga o'zining hayotiy tajribasi bilan bo'lishgan holda tavsiya va maslahatlarini berdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_xodimlari #xalqaro_konferensiya
💻 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKTsKT fakulteti gumanitar fanlar kafedrasi oʻqituvchilari xalqaro konferensiyada oʻzlarining 30 dan ziyod maqolalari bilan ishtirok etishdi.
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya joriy yilning 19-20-aprel kunlari "Globallashuv davrida fan, taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro hamkorligi masalalari" mavzusida tashkil etildi.
📌 Konferensiya ishida 10 dan ziyod xorijiy davlat universitetlari professor- oʻqituvchilari oʻz ishlari bilan bevosita va bilvosita(onlayn) ishtirok etishdi.
📝 Xalqaro konferensiya doirasida AKTsKT fakulteti gumanitar fanlar kafedrasi xodimlari ham ayni universitetlarning mos kafedra hamda, yoʻnalishlari bilan hamkor masalalari yuzasidan kelishuvlar amalga oshirishdi.
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya joriy yilning 19-20-aprel kunlari "Globallashuv davrida fan, taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro hamkorligi masalalari" mavzusida tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat!!!
✅ Talabalar va ularning ota-onalari iltimoslariga binoan, talabalarga yengillik yaratish maqsadida, ta'lim shaklidan qat'iy nazar barcha uchun shartnoma to‘lovining 75 foizini to‘lashning so‘nggi muddati 2024-yilning 15-aprel kuniga qadar uzaytirilgan edi.
❗️Kontrakt to'lovlarini amalga oshirganlikni tasdiqlovchi cheklarni 26-aprel kuni soat 16:00 ga qadar buxgalteriya bo'limiga taqdim etishingiz so'raladi.
Kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sababli shartnomaning 5.4. bandiga muvofiq shartnoma bekor qilinishi va mazkur shartnomaning 4.1. bandiga asosan universitet o‘qitish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun talabani chetlashtirish huquqiga ega.
Tegishli muddatda to'lovlarni amalga oshirmaganlar talabalar safidan chetlashtiriladi!

TATU | Rasmiy kanali pinned «Diqqat!!! ✅ Talabalar va ularning ota-onalari iltimoslariga binoan, talabalarga yengillik yaratish maqsadida, ta'lim shaklidan qat'iy nazar barcha uchun shartnoma to‘lovining 75 foizini to‘lashning so‘nggi muddati 2024-yilning 15-aprel kuniga qadar uzaytirilgan…»
Hurmatli talabalar!
Ma’lumki, har o‘quv yili yakunida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida turli nomli davlat stipendiyalar, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi”, “Beruniy” hamda “Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi” ga talabalar nomzodlari tavsiya etiladi. Shuningdek, universitetning iqtidorli talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi”, “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya” hamda “O‘zbekiston Radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnik jamiyati” ham o‘zlarining maxsus stipendiyalarini joriy etishgan.
Shu sababli, yuqorida ko‘rsatilgan nomli davlat stipendiyalari hamda soha stipendiyalariga nomzod talabalar hujjatlarini Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirib, fakultet dekani tavsiyanomasi asosida joriy yilning 31-may kuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi (C – bino, 5-qavat, 523-xona)ga topshirishingiz mumkin.
Stipendiyalar Nizomlari bilan universitetning tuit.uz saytining “talabalarga” ruknining “Stipendiya va grantlar” bo‘limida tanishish mumkin.