TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#DIGITAL_UZ
#Bir_million_dasturchi
#xalqaro_IT_sertifikat
#xalqaro_til_bilish_sertifikati

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmonining 33-maqsadida IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash, maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish hamda “Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish va har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash vazifalari belgilangan.

🎙 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 1-fevraldagi PQ–51-son qaroriga muvofiq 2024-yil 1-martdan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya (Dastur) hamda xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish va ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi hamda ingliz tilini bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etildi.

Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-yil 22-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali talabalari uchun raqamli ta’lim loyihalari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirildi.

💬 Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va tushunmayotgan masalalariga mutaxasislardan javoblar olishdi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya
#IT_mutaxassisi

📣Diqqat! TATU talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

👥 Universitetimizda Yaponiyaning "CAL Co, Ltd” IT kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonlik iqtidorli dasturchilarni ishga taklif qilish maqsadida TATU talabalari uchun seminar va taqdimot suhbati tashkil qilinmoqda.

🧳 Ushbu tadbirda Yaponiyada ishlash sharoitlari va afzalliklari, xususan, kompaniyaning dasturchilarga yaratayotgan imkoniyatlari haqida ma’lumotlar beriladi.

📄🗒Ma’lumot uchun: Yaponiyaning “CAL Co, Ltd” kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorda faoliyat olib boradi. Shuningdek, IT yo‘nalishida butun Yaponiya bo‘ylab xizmat ko‘rsatib kelishi bilan bir qatorda, dunyoning boshqa yetakchi davlatlariga ham o‘z xizmatlarini taqdim etib keladi. Bugungi kunda kompaniyada 2133 nafar hodim faoliyat olib bormoqda.

📆 Bugun, 23-aprel
🕒 soat 11:00
📍 Manzil: A bino Faollar zalida

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #delegatsiya #TATU_SF

🤝 Joriy yilning 22-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialiga Janubiy Koreyaning Gwangju Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🗒 Tashrif davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali hamda Gwangju universiteti o‘rtasida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari bo’yicha, ilmiy salohiyatni oshirish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda seminar va konferensiyalar tashkil etish va xalqaro loyihalarda ishtirok masalalari muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#inmacom #ubtuit

📑INMACOM -telekommunikatsiya mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish uchun fotonika va optik aloqa boʻyicha innovatsion magistratura dasturi (ERASMUS-EDU-2022-CBHE-STRAND-2(101083224)” loyihasi rejasiga muvofiq 2024-yil 22-aprel kuni Erasmus+ dasturining INMACOM loyihasi doirasida O'zbekiston o'qituvchilari uchun "INMACOM CONSORTIUM MEETING AND WORKSHOP AT Urganch Branch of TUIT” mavzusida uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

Uchrashuvlarning dastlabki kunida Italiyaning "Ghent University" universitetidan prof. Nicolas Le Thomas, Bert Coryn, "Polytechnich university of Turin" dan prof. Roberto Proietti, Belgiyaning "Vrije Universiteit Brussel" dan prof. Heidi Ottevaere lar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok qilishmoqda.

Tadbir dasturiga muvofiq loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har bir universitet vakillari hisoboti tinglanib, keyingi yillarda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinishi belgilangan.


TATU Urganch filiali matbuot xizmati
Instagram | Youtube | Facebook | Website