TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
18.7K photos
2.18K videos
253 files
4.38K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#sport
#mini_futbol

⚽️ Ayni kunlarda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialining sport majmuasida mini futbol(futzal) bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi soha kubogining 3-kuni davom etmoqda.

📕 Ushbu futbol musobaqasida TATU jamoasi Sirdaryo jamoasi bilan bo'lgan bahsda 4:1 hisobda g'alabani qo'lga kiritib yarim finalga yo'l olishdi.

📌 Yarim final bugun, soat 15:00 da boshlanadi. Unda TATU jamoasi Uzmobile jamoasiga qarshi to'p suradi. Uztelecom jamoasi esa Andijonga qarshi o'ynaydi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #UZINFOCOM

Joriy yilning 27-mart kuni universitet mas’ullari “UZINFOCOM” Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator kompaniyasiga tashrif buyurishdi.

💬 Tomonlar hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga jalb qilish,  kelgusida kompaniyaning mutaxassislarga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar oʻquv rejalari, fan dasturlari hamda oʻquv adabiyotlarini yangi talablar asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

📌 Shu bilan birgalikda kelgusida universitetning ayrim ta’lim yo’nalishlarida DUAL ta’limni yo’lga qo’yish yuzasidan fikr almashildi. Talaba-yoshlar amaliy mashgʻulotlar davomida bevosita axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayoni bilan tanishishi hamda bitiruvchilarning bandligini taʼminlash masalalarida kelishuvga erishildi.

Tashrif doirasida “UZINFOCOM” jamoasi tomonidan hozirgi kunda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar va ishlanmalar hamda kompaniya dasturchi-muhandislarining ish sharoitlari bilan tanishib chiqildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

💬 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bugun, 28-mart kuni Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan "Kitob ma'naviyat ko'zgusi” shiori ostida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Guli Nigor taxallusi bilan ijod qiluvchi shoira Gulchehra Jo‘raeva ishtirok etdi.

Talaba-yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish ular tarbiyasida kitobxonlikning o‘rni beqiyos ekanligi , kitobni sevadigan, doim kitob mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lgan yoshlarda to‘g‘riso‘zlik, mulohazakorlik, adolatpeshalik, illatlarga murosasizlik, mantiqiy fikrlay olish fazilatlari chuqur shakllanishiga shubha yo‘q.

🎁 Muloqotda o‘zining teran fikrlari bilan o‘rtoqlashgan talaba-qizlarga muloqot mehmoni o‘z asarlaridan xadyalar qildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Universitetimizning AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti talaba-qizlari uchun "Emotsional intellekt: oʻzingizning va oʻzgalarning hissiyotlarini tushunish" mavzusida seminar oʻtkazildi.

Batafsil

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM