TATU | Rasmiy kanali
14.6K subscribers
18.4K photos
2.16K videos
253 files
4.31K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#Hashar #fotolavha

🖼️Fotolavha №2

📣 Joriy yilning 16-18-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari e'lon qilingan edi.

👥 Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham birlik va hamjihatlikda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

🌷Qayta uyg‘onish davri boʻlmish bahor fasli va Navro‘z—umumxalq bayrami arafasida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari doirasida Universitet hududi, binolarining ichki va tashqi taraflarini ko‘kalamzorlashtirish, turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish kabi bir qator obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

🤼 Kurash xalqimizning qadimiy milliy sport turlaridan biridir. Soʻnggi yillarda ushbu milliy sport turini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish, bu boradagi xalqimizning qadimiy anʼanalarini targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

💻 Joriy yilning 19 - mart kuni soat 9⁰⁰ da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "O'zbek milliy kurashi" bo'yicha tashkil etiladigan musobaqaga barcha talaba yigitlarimizni taklif etamiz!

📍 Manzil: Universitet sport majmuasi

🔔 Eslatma:
Ishtirok etish istagida bo'lgan talabalar 18-mart soat 17:00 gacha @Abdu_Milliykurash murojaat qilishi mumkin!

Musobaqa kuni har bir nomzodda tibbiy ma'lumotnoma hamda sport kiyimi bo'lishi shart!

👉t.iss.one/tatu_talabalar_uchun👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #konferensiya #Belarus

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati delegatsiyasi, Belarus Respublikasining Minsk shahrida 13-15 mart kuni o‘tkazilgan 'Raqamli Jamiyatda Muhandislik Ta’limi' va 'BIG DATA' Xalqaro Ilmiy-Metodologik Konferensiyada ishtirok etdi.

💬 Mazkur konferensiyada raqamli iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlashning muhim jihatlari muhokama qilindi, uning asosiy muammolarni aniqladi va amaliy yechimlarni taklif qilindi. Muhandislik ta’limining gumanitar jihatlari, jumladan, axloqiy va ijtimoiy jihatlari va ularning muhandislik mutaxassislari kamolotiga ta’siri masalalari ko‘rib chiqildi.

📈 Konferensiya davomida Raqamli ta’lim texnologiyalari sohasidagi so‘nggi ishlanmalar va tadqiqotlar, jumladan, onlayn platformalar, virtual reallik va adaptiv o‘qitish taqdim etildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu yurtda baxtiyor insonlar yashar

(Yotg‘oyalarga qarshi)

Yaqin bo‘lsang do‘stligingni qilib qo‘y !
Gʻanim bo‘lsang ko‘zingni och bilib qo‘y !
Qo‘lingdagi qurolingni ilib qo‘y !
Bu yurtda ko‘kragi qalqonlar yashar !
Bu yurtda baxtiyor insonlar yashar

Ko‘z tikma Ona yurt, aziz tuproqqa,
Bag‘rimiz ochamiz faqat o‘rtoqqa.
So‘zlarim yoqmasa o‘tgil chetroqqa, ,
Bu yurtda yengilmas polvonlar yashar !
Bu yurtda baxtiyor insonlar yashar!

Mustaqil, ko‘kka bo‘y cho‘zgan – Vatan bu
Bag‘rida baxtlilar o‘sgan – Vatan bu
Hamisha barchadan o‘zgan – Vatan bu
Bu yurtda baxtli qiz-o‘g‘lonlar yashar !
Bu yurtda baxtiyor insonlar yashar !


©️ TATU Farg'ona filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Baxtiyor Tolipov
#zakovat

🧠 Bugun, 16-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan Navroʻz bayrami arafasida talaba qizlar o‘rtasida "Zakovat" intellektual bellashuvining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda universitetning barcha fakultetlaridan terma guruhlar ishtirok etishdi.

📊 Natijalar quyidagicha:

🥉IQTISODIYOT VA MENEJMENT fakulteti 3-o‘rin;
🥈TELEVIZION TEXNOLOGIYALAR fakulteti 2-o‘rin;
🥇KOMPYUTER INJINIRINGI fakulteti 1-o‘rinni egalladilar.

🎁 G ‘olib jamoalar maqtov yorliqlari va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM