#uzcard #memorandum
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va UZCARD kompaniyasi o‘rtasida kadrlar salohiyatini oshirish, talabalar uchun kompaniyada amaliyot/stajirovka o'tash imkoniyatlarini yaratish va ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.
🗒 Mazkur memorandumdan maqsad - Universitetimiz talabalarining mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, nazariya va amaliyotni uzviy bog'lagan holda korxona va tashkilotlar talablaridan kelib chiqib, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytirish hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤2🎉2
#tadbir #uzcard #seminar
✅ Joriy yilning 12-dekabr kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TATU faxriy bitiruvchilari - UZCARD kompaniyasi bosh direktori Olimjon Zakirov va bosh direktor o‘rinbosari Damir Shakirxanov ishtirokida talabalarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, kasbiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish hamda ularni bandligini ta’minlashga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
🗒 Qiziqarli o‘tgan seminarda UZCARD kompaniyasi rahbarlari tomonidan TATUda o‘qishni ta’momlab, hozirgacha bo‘lgan kasbiy faoliyatlari, kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlari va universitetimiz talabalari uchun amaliyot, haq to’lanadigan stajirovka o‘tash uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kompaniyada faoliyat olib borishning afzal jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
✈️ @tuituz_official
Shuningdek tadbirda Universitetimizni tamomlab, hozirgi kunda kompaniyaning yetakchi mutaxassislari sifatida faoliyat yuritayotgan yosh bitiruvchilarimiz o‘z tengdoshlari bilan "Uzcarddagi karyeramning boshlanishi" mavzusida muhim bilim va tavsiyalari bilan bo‘lishdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir #uzcard #seminar
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TATU faxriy bitiruvchilari - UZCARD kompaniyasi bosh direktori Olimjon Zakirov va bosh direktor o‘rinbosari Damir Shakirxanov ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuvlardan videolavha.
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TATU faxriy bitiruvchilari - UZCARD kompaniyasi bosh direktori Olimjon Zakirov va bosh direktor o‘rinbosari Damir Shakirxanov ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuvlardan videolavha.
👍13😁3👀1