TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.96K videos
251 files
4.15K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#Ochilish_marosimi
#UNICON

Bugun, 11-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba yoshlarga sharoitlar yaratish maqsadida universitetmiz bitiruvchilariga ish beruvchilardan biri bo'lgan "UNICON.UZ - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi" tomonidan tashkil qilingan o'quv auditoriyasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🎉Ochilish marosimi "UNICON.UZ" MCHJ Bosh direktori  Maxmudov Maxsum Mubashirovich va TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovichlar boshchiligida bo'lib o'tdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #129_maktab

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 129-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida  tashkil etilgan O'quvchilarni axborot texnologiyalari va "Kreativ industriya" bo'yicha zamonaviy kasblarga o'rgatish nomli ko'rgazmada ishtirok etishdi.

🙋 Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan ko'rgazmada maktab o'quvchilariga axborot texnologiyalari, robototexnika va sun'iy intellekt yo'nalishlari bo'yicha Universitetda ishlab chiqilgan ishlanmalar namoyish etildi va o'quvchilar bilan suhbatlar tashkil etildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening #diqqat

Talabalar diqqatiga!

👥 13-mart kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yaponiyaning Shibaura Texnologiyalar Instituti professori Masaomi Kimura tomonidan "Deep learning and approximation" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tadi.

💬 Seminarda Deep Learning sohasi bo'yicha kerak bo'ladigan ko'nikmalar, ushbu sohada aproksimatsiya tushunchasi haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, suhbat so'ngida professor sohasi bo'yicha magistrant va doktorantura izlanuvchilari ichidan salohiyati yuqori bo'lganlarini laboratoriyasida amaliyot o'tash uchun Shibaura texnologiyalari Institutidagi Data Science laboratoriyasiga taklif qiladi.

📍 Manzil: F-bino, 1-qavat, Muzokaralar zali
📊Vaqt: 13:30

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochilish_marosimi
#UNICON

▶️ Bugun, 11-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "UNICON.UZ - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi" tomonidan tashkil qilingan o'quv auditoriyasining ochilish marosimidan videolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik_seminar

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti talaba-qizlari bilan navbatdagi psixologik seminar tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi boʻlim boshligʻi, malakali psixolog, dotsent Maftuna Gapparova hamda universitet psixologi Shahnoza Sobitova tomonidan talaba qizlarga "Talabalik davridagi psixologik muammolar va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar tashkil etildi.

Shuningdek, talaba qizlarning oʻz hissiyotlarini, ichki kechinmalarini tushunishlariga, yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni toʻgʻri yoʻl orqali bartaraf etishlari bo'yicha maslahatlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #jadidchilar

🇺🇿 "Jadidlar g'oyasi — Yangi O'zbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uyg'un va hamohang" - deya ta'kidlab o'tgan muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

💬 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlarning Jadidlar haqida qay darajada ma'lumotga ega ekanliklarini tekshirish maqsadida kichik savol-javoblar uyushtirildi va barcha savollarga yuqori saviyada javob bergan qatnashchilarga universitet ramzlari tushirilgan esdalik sovg'alar taqdim etildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ITU and #Huawei just opened applications for their #GenerationConnect Young Leadership Programme to provide young digital innovators with training, mentorship, and funding!

Discover more and apply here: https://www.itu.int/generationconnect/empower/generation-connect-young-leadership-programme-in-partnership-with-huawei/

Deadline for application is 23:59 CET on March 23, 2024.

🔷🔷🔷

Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) #Huawei bilan hamkorlikda #GenerationConnect Yoshlarning yetakchilik dasturiga arizalar qabulini ochdi.

Dastur raqamli innovatorlarga taʼlim olish, ekspertlardan maslahat so‘rash, shuningdek moliyalashtirish imkoniyatini taklif etadi!

Dastur haqida ko‘proq bilib oling va uning bir qismiga aylaning https://www.itu.int/generationconnect/empower/generation-connect-young-leadership-programme-in-partnership-with-huawei/

Аrizalar qabuli 2024-yil 23-mart 23:59 (CET)gacha ochiq.

🔷🔷🔷

Международный Союз Электросвязи (МСЭ) совместно с #Huawei открыли приём заявок на Программу молодёжного лидерства #GenerationConnect .

Программа предлагает цифровым инноваторам пройти обучение, получить консультацию экспертов, а также возможность финансирования!

Узнайте больше и станьте частью программы https://www.itu.int/generationconnect/empower/generation-connect-young-leadership-programme-in-partnership-with-huawei/

Приём заявок открыт до 23:59 (CET) 23го марта 2024г.

#GCYLP #BetterTogether #MWC24
#frontend #seminar

Frontend dasturlashga qiziquvchi talabalar diqqatiga!


👥 2024-yil, 13-mart kuni soat 15:00da Dasturiy injiniring fakulteti va “GITA dasturchilar” akademiyasi bilan hamkorlikda universitetimizning A binosi faollar zalida senior frontend dasturchisi Elshod Adamov tomonidan "Frontend roadmap" mavzusida talabalar uchun seminar tashkil etiladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM