TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.4K photos
1.97K videos
251 files
4.15K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
​​#mutolaa
Toyota asoschisi Sakiti Toyoda doimiy ravishda "beshta nega" qoidasiga amal qilgan. Barcha tushunarsiz vaziyatlarda u ushbu usulni qo'llagan va bu har doim unga yordam bergan.

"Beshta nega"qoidasini quyidagi misol orqali tushuning. Masalan, qish yaqin va avvalgi yil olingan palto o'rniga siz mo'ynali kiyim xohlayapsiz.
Siz o'zingizga savol berasiz: "Nega men mo'ynali kiyimni xohlayman?"
Bu - birinchi "nega". Siz javob berasiz: "Chunki men barchani ajablantirmoqchiman (yoki do'st-dugonalarimning e'tibori uchun)."

Yaxshi, ikkinchi "nega": Barchani nega ajablantirmoqchisiz?
Javob: "Menga e'tibor berishlarini xohlaganim uchun."

Uchinchi "nega": sizga nega e'tibor berish kerak?
Javob: "Men o'zimni ishonchsiz his qilayotganim sababli."

To'rtinchi "nega": o'zingizga ishonchingiz nega past?
Javob: "Chunki men biror sohada o'zimni topa olmayapman, nima xohlashimni bilmayman."

Beshinchi "nega": o'zingizni nega anglay olmayapsiz?
Javob: "Chunki men o'zimga yoqmagan, o'zim qobiliyatsiz ishni qilaman."

Va endi ayting-chi, mo'ynali kiyimning bunga nima aloqasi bor?

©Shuhrat Sattorov

Kanalga ulanish: @tuituz_official
Oʻzbek tilini yanada rivojlantirishga oid farmon imzolandi

Shavkat Mirziyoyev “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, 2020–2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi.

Asosiy yoʻnalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:

👉 2025-yilga qadar davlat maktabgacha taʼlim tizimida oʻzbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;

👉 2030-yilga qadar umumtaʼlim maktablarida oʻquv yillari uchun tayanch oʻquv rejalarida ona tili fanini oʻqitish koʻlamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish;

👉 oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tili kafedralari sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish;

👉 lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida “Oʻzbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich koʻpaytirib borish;

👉 2020-yilda oʻzbek tilining lugʻat boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lugʻatlar yaratish;

👉 teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining oʻzbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030-yilgacha 100 foizga yetkazish;

👉 2025-yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu koʻrsatkichni 25 taga yetkazish;

👉 dasturiy mahsulotlarning oʻzbekcha ilovalari va elektron lugʻat dasturlarini yaratish;

👉 xorijliklar uchun oʻzbek tilini oʻrgatuvchi dasturlar yaratish;

👉 2030-yilga qadar xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tilini oʻrgatuvchi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha koʻpaytirish;

👉 2025-yilga qadar “Oʻzbek tilining doʻstlari” klublari sonini 30 taga, 2030-yilgacha esa 40 taga yetkazish.

Kanalga ulanish: @tuituz_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TIL – MILLAT KOʻZGUSI

Joriy yilning 19 - oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti media markazida 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan “Til – millat koʻzgusi” mavzusida 5 ta hududiy filiallar professor-oʻqituvchilarini qamrab olgan holda onlayn konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori Sarvar Babaxodjayev so'zga chiqib, 21- oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan barchani qutladi.

YouTube: https://youtu.be/5Qj4c6FCqsM

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy telegram kanaliga
ulanish:
👉 @tuituz_official
Hurmatli birinchi kurs talabalari!
Sizga shuni ma'lum qilamizki, universitetning Chet tillar kafedrasida 3 ta xorijiy tillar o'qitiladi:
👉Ingliz tili
👉Nemis tili
👉Fransuz tili
Kim universitetgacha bo'lgan ta'lim muassasasida nemis va fransuz tillarini o'qigan bo'lsa, shu kurslarga o'tib o'qishi mumkin.

Bundan tashqari ingliz tilidan sertifikatga ega talabalar ham nemis va fransuz tillaridan birini tanlab o'qishlari mumkin.

Ushbu kurslarga o'tish uchun quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

Chet tillar kafedrasi: +99871 238-64-67
Nemis tili o'qituvchisi: +998 99 877-12-24
Fransuz tili o'qituvchisi: +998 97 759-51-77

TATU rasmiy telegram kanaliga ulanish:
👉 @tuituz_official
Millatimiz ruhi, milliy gʻururimiz – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz bir yilligi, “21-oktabr – oʻzbek tili bayrami” munosabati bilan barchani qutlaymiz!

TATU rasmiy telegram kanali:
👉 @tuituz_official
OʻZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANLIGINING 31 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TATU REKTORINING TABRIGI

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Muhtaram ustozlar!

Aziz talabalar!

Avvalambor, millatimiz ruhi, milliy gʻururimiz – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz bir yilligi, “21-oktabr – oʻzbek tili bayrami” munosabati bilan siz, azizlarni, siz orqali barcha vatandoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Batafsil: https://tuit.uz/post/31-yil-tolishi-munosabati-bilantatu-rektorining-tabrigi

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy telegram kanaliga
ulanish:
👉 @tuituz_official
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
IKKI BUYUK QALB SOHIBLARI XOTIRASI YOD ETILDI

21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida buyuk yozuvchi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodini oʻrganish, adibning mashaqqatli lekin sharafli hayot yoʻlini, o‘zbek tiliga qo‘shgan ulkan hissasi, ona tilimizning ravnaqi yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlarini yoshlarga tanishtirish va ibrat sifatida targʻib qilish maqsadida navbatdagi madaniy-maʼnaviy tadbir tashkil etildi.

Batafsil: https://tuit.uz/post/ikki-buyuk-qalb-sohiblari-xotirasi-yod-etildi

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy telegram kanaliga
ulanish:
👉 @tuituz_official
SOʻZ MULKINING SULTONI MIR ALISHER NAVOIY XOTIRASI YOD ETILDI

Adabiyot yashasa millat yashaydi. Bunday buyuk soʻzlar zamirida katta maʼno mujassam boʻlgan. Bizning tilimiz ham uzoq davrlar mobaynida sayqallanib, hozirgi darajaga yetdi. Bu darajaga yetishish uchun koʻplab insonlar oʻz umrlarini baxshida qilganlar.

Biz Alisher Navoiy ismini eshitganimizda koʻz oldimizda buyuk bir siymo namoyon boʻladi. Shunday buyuk zotlarni xotirlash biz yosh avlodning ham vazifamiz, ham burchimizdir.

21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlarining boqiy xotirasi yod etildi.

Batafsil: https://tuit.uz/post/soz-mulkining-sultoni-mir-alisher-navoiy-xotirasi-yod-etildi

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy telegram kanaliga
ulanish:
👉 @tuituz_official
Forwarded from Ta’lim xabarlari
2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасалари талабаларига тўлов-контракт миқдорларини ўқув йили давомида тенг улушларда тўрт бўлиб тўлаш имконияти берилди

2020/2021 ўқув йилидан
бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб, қуйидаги муддатларда амалга оширишлари мумкин.

Жумладан:

белгиланган тўлов миқдорининг камида 25 фоизини талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун 15 сентябргача ёки Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссияси томонидан белгиланган муддатгача ҳамда иккинчи ва ундан кейинги босқич талабалар учун 1 октябргача ёки олий таълим муассасаси ректори (филиал директори) томонидан узайтирилган муддатгача;

белгиланган тўлов миқдорининг камида 50 фоизи 1 январгача, 75 фоизи 1 апрелгача ва 100 фоизи 1 июлгача ёки олий таълим муассасаси ректори (филиал директори) томонидан узайтирилган муддатларгача;

хорижий фуқаролар учун олий таълим муассасаси ректори (филиал директори) томонидан белгиланган муддатларгача;

табақалаштирилган тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентларга ўқув йилининг биринчи ярми учун тўловларни амалга ошириш муддати ва миқдорлари Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссияси томонидан ва қолган қисми олий таълим муассасаси ректори (филиал директори) томонидан белгиланган муддатларгача амалга оширилади.

Kаналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEj41EOgo4JF8DB1sQ
Умумтаълим мактабларининг рейтинги эълон қилинди

2019/2020 ўқув йилида ҳам Таълим инспекцияси томонидан умумтаълим муассасалари рейтингини аниқлаш доирасида назорат ишлари ва сўровномалар ўтказилди. Халқаро тажрибалардан фойдаланган ҳолда ўтказилган ўрганишлар натижаларига асосан юртимиз туман ва шаҳарларидаги мактабларда таълим сифати таҳлил қилиниб, уларнинг рейтинги аниқланди.

Ҳудудлар рейтингида энг юқори ўринларни Бухоро, Наманган ва Хоразм вилоятлари эгаллаган бўлса, қуйи ўринларда Сирдарё, Тошкент вилояти ва Сурхондарё вилоятлари қайд этилди.

Умумий рейтингда:
энг юқори Топ-20 таликда Андижондан 6 та, Фарғонадан 4 та, Хоразмдан 2 та, Қорақалпоғистондан 2 та, Намангандан 2 та, Бухородан 1 та, Самарқанддан 1 та, Қашқадарёдан 1 та, Сурхондарёдан 1 та мактаблар кирди;

энг охирги Топ-20 таликда Қашқадарёдан 5 та, Сурхондарёдан 4 та, Самарқанддан 3 та, Тошкент вилоятидан 2 та, Сирдарёдан 2 та, Тошкент шаҳридан 1 та, Андижондан 1 та, Қорақалпоғистондан 1 та, Бухородан 1 та мактаблар кирди.

Каналга уланиш:
👉 @tuituz_official
​​Umumta'lim fanidan sertifikat kirish imtihonida o‘sha fandan maksimal ball bermaydi – DTM

▪️Davlat test markazining AOKAdagi matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, umumta’lim fanlaridan beriladigan milliy sertifikat kirish imtihonida o‘sha fandan maksimal ball emas, natijaning teng foizini beradi.

"Masalan, matematika fanidan sertifikat uchun imtihon topshirgan abituriyent 60 foiz ball to‘plasa, unga OTM kirish imtihonida ham maksimal ballning 60 foizi beriladi. Shu sababli sertifikat uchun imtihonda abituriyent yuqoriroq ball to‘plashga harakat qilishi kerak", - dedi DTM yuristi Guljahon Madrahimova.

Lekin sertifikat uchun savollar kirish imtihoni testlariga qaraganda murakkabroq bo‘ladi.

Ko'proq ma'lumot: @tuituz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi bosqich talabalariga master-klass.
Faqat bunaqa qilib yurmanglar-aaa😂😂😂

@tuituz_official
#smartfon #maslahat

Smartfon ko‘rish qobiliyatimga zarar bermasin desangiz, “oltin qoida”ga amal qiling 📱👀

Mutaxassislar, telefondan ko‘p foydalanuvchilar ko‘z nuriga zarar bermaslik uchun qanday qoidaga amal qilishi kerakligini aytishmoqda.

Ularning fikricha, ko‘rish qobiliyatining buzilishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar: smartfon ekranini ko‘zga yaqin masofada tutish, uni noto‘g‘ri yoritish yoki odam gavdasining holati hisoblanadi.

Smartfondan qancha vaqt foydalanish mumkinligini bilish uchun oftalmologlarga o‘z vaqtida murojaat qilish kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rish qobiliyati yomonlashgan bemor vizual yuk rejimiga rioya qilishi va gadjet yonida uxlamasligi kerak. Bu kasallikka bundan boshqa davo yo‘q.

Agar ishingiz sabab telefondan doimiy ravishda foydalanishingiz kerak bo‘lsa, tez-tez smartfon ekranidan boshqa joyga qarab turishga harakat qiling.

@tuituz_official
Super-kontrakt summasini qachongacha toʻlash kerak?

Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, 2020/2021 oʻquv yili uchun super-kontrakt miqdorlarini ikkiga boʻlib toʻlash mumkin.

Bunda:

oʻquv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50%i 2020-yilning 1-dekabridan;

ikkinchi yarmi uchun esa qolgan qismi 2021-yilning 1-martidan kechiktirmay toʻlanishi kerak.

Ko'proq ma'lumot: @tuituz_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🔧Yosh ixtirochi Quyoshavtomobil yasadi
u quyoshdan 2.5 soat quvvat olib
100km masofani bosib o'tishi mumkin🚗

@tuituz_official
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Талабалар дииқатига! Тўлов-контракт пулини тўртга бўлиб тўлаш мумкин.

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
​​Golland xakeri Trampning tvitter-akkaunti parolini ma’lum qildi

Niderlandiyaning
«de Volkskrant» nashri xabar berishicha, kibermutaxassis Viktor Gevers AQSh prezidenti Donald Trampning tvitter-akkaunti parolini bilishga muvaffaq bo‘ldi. Akkauntga kirish qiyinchilik tug‘dirmagan, Gevers beshinchi urinishdayoq parolni to‘g‘ri topgan.

Gevers parol juda oddiyligini aytdi: maga2020! — bu MakeAmericaGreatAgain so‘zlarining qisqartmasi.

Kibermutaxassis kirishga urinishida bloklashlarini yoki tasdiqlovchi ma’lumot so‘ralishini kutgan, ammo bunday bo‘lmadi, prezident akkaunti hatto ikki bosqichli autentifikatsiya tizimi bilan ham himoyalanmagan ekan!

Viktor Gevers Trampning tvitterini 16-oktyabrda buzganini, ertasi kuni o‘zi bilan bog‘langan AQSh maxfiy xizmatlariga kerakli ma’lumotlarni taqdim etganini aytgan.

Biroq Oq uydagilar niderland xakerining iddaolarini rad etmoqda — barchasi yolg‘on!

@tuituz_official
«Konspektni yozma va elektron tarzda ham talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q...» - vazirlik

AOKA zalida Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Maktab rahbariyati o‘qituvchilardan konspekt talab qilishga haqlimi? Elektron shakldagi konspektlar ham hisobga o‘tadimi?

Bugungi kunda o‘qituvchilar uchun sinf jurnalidan boshqa barcha turdagi hujjatlarni yuritish bekor qilingan. Konspekt ham shular jumlasidan.

Konspektni yozma tarzda, ham elektron tarzda ham talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

Bunday talab «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida» qarorida belgilab qo‘yilgan. Qarorga muvofiq, o‘qituvchi faqat sinf jurnalini yuritadi.

Aytish joizki, so‘nggi 3 yil davomida o‘qituvchilar tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni 7 dan 1 tagacha kamaytirildi. Bu o‘qituvchilarimizga o‘z vaqtini o‘quvchilari va o‘zlari ustida ishlashlari uchun imkon yaratdi.

Agar hurmatli o‘qituvchilarimizdan ortiqcha hujjatlarni talab qilish kabi holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligining 71 202 0909 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

👉 @tuituz_official