TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19.3K photos
2.25K videos
254 files
4.56K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov tashrif buyurdi.

🤔 Tashrif avvalida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida  Universitet delegatsiyasi tomonidan ko'rsatilgan tashabbuskorlik, yetakchi universitetlar bilan o'rnatilgan hamkorlik aloqalari, forumni yuqori saviyada tashkil etilishida qo'shgan xissasini e'tirof etib, minnatdorchilik bildirdi hamda "Ko'p yillik samarali mehnati hamda o'z xizmat vazifasiga bo'lgan sadoqati" uchun TATU Xalqaro Hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig'i Yusupov Ibrohimbekga Vazirlik Faxriy yorlig'i va esdalik sovg'asini topshirdi.

Tashrif davomida vazir o'rinbosari yangi tashkil etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining faoliyati bilan tanishdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍385🔥3😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan Sharja universiteti, Sharja Amerika universiteti, Al-Qosimia universiteti bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

🇦🇪 Bugun, 13-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Al-Qosimia universiteti rektori Prof. Dr.Awad Al-Khalaf va Xalqaro aloqalar va talabalarni ishga qabul qilish boshqarmasi direktori Dr.Zakaria Nuhu tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida muassasalarimiz o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalasi kelishildi.

🟢 Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning qisqa muddatli stajirovkalari, talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy loyihalar ustida ishlash, ilmiy maqolalar chop etish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍396😁4🐳4🔥2
#tashrif #hamkorlik

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoyning Zhengzhou universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🇨🇳 Tashrif davomida Zhengzhou universiteti vakillari ilmiy-o‘quv laboratoriyalari va sanoat-akademiya markazlari bilan yaqindan tanishdilar. Ikki universitet o'rtasida uzoq muddatli hamkorlik doirasida energetika va axborot texnologiyalari sohasida qo‘shma tadqiqotlar va loyihalar amalga oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

📝 Ma'lumot uchun: Xitoyning Zhengzhou shahridagi Zhengzhou universiteti xalqaro QS reytingi bo'yicha dunyoning TOP-500 universitetlari qatoridan joy olgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳6.58K👍105
#tashrif #DavraSuhbati

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Milliy kutubxona vakillari universitetning ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, O‘quv Media markazi va Axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘quv va ilmiy tadqiqot jarayonlarida axborot ta’minotining o‘rni, kutubxona sohasida malakali IT mutaxassislarini tayyorlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Shuningdek, Milliy kutubxona vakillariga Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasida olib borilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Tashrif so‘ngida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Teshaboyeva Umida Alimjonovna va universitet talabalari ishtirokida motivatsion davra suhbati tashkil etildi.

🔘O‘tkazilgan muloqotda sohadagi so‘nggi yangiliklar, kutubxonachilik kasbiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar hamda sun’iy intellektning kutubxona jarayonlariga bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’siri muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳3.35K👍153🎉2😍1
#tashrif

TATUga Tojikiston Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar agentligi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Bugun, 17-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Tojikiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar agentligi direktori birinchi o'rinbosari Ismoilzod Hakim boschiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida delegatsiya a'zolariga universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari, Media markaz, Inkubatsiya markazi va Oliy muhandislik maktabi tarkibiga kiruvchi, hamkor soha korxonalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi.

Tashkil etilgan uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, jumladan, Tojikistonda TATUning filialini tashkil etilsh, sun'iy intellekt sohasida olib borilayotgan izlanishlar natijalari bilan almashish hamda kadrlar amlashinuvi masalalari muhokama etildi.

Tojikiston va Oʻzbekiston ikki mustaqil davlat sifatida turli chegara hududiga ega boʻlishiga qaramay, azaldan ularni bogʻlab turuvchi umumiy jihatlari bisyor. Ming yillar mobaynida ikki davlat vakillari yonma-yon, hamjihatlikda umr kechirib kelmoqdalar. Bugungi kunda, mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar sifat jihatdan yangi oʻsish surʼatini namoyon etmoqda. Ushbu aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida universitetingiz vakillarini Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetiga taklif etamiz!, dedi Ismoilzod Xakim


✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍218🏆3😨3👏1🐳1
#tashrif

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Lotin Amerikasi va Karib dengizi parlamenti (Parlatino) prezidenti Rolando Miguel González Patricio tashrif buyurdi.

🇨🇺 Kubalik siyosatchi, akademik va xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan González Patricio 2023-yil dekabr oyida Parlatino prezidenti etib saylangan hamda xalqaro siyosiy munosabatlar bo‘yicha bakalavr, tarix fanlari doktori bo‘lib, o‘z faoliyati davomida Kuba madaniy tadqiqotlari instituti “Xuan Marinello” va San’at universitetida yetakchi lavozimlarda ishlagan.

Tashrif davomida mehmon universitetdagi ilmiy-intellektual muhit, o‘quv va ilmiy markazlar bilan tanishdi hamda xalqaro hamkorlik doirasida universitetlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

📝Ma’lumot uchun:
Shu kunlarda O‘zbekiston mezbonligida Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida Parlatino prezidenti, xalqaro siyosiy munosabatlar bo‘yicha mutaxassis González Patricio yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U 2024–2026-yillar davomida Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari o‘rtasidagi parlamentlararo va strategik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga rahbarlik qilmoqda.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍137🎉3🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha #tashrif

📹 Parlatino prezidenti TATUda


🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Lotin Amerikasi va Karib dengizi parlamenti (Parlatino) prezidenti Rolando Miguel González Patricio tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmon universitetdagi ilmiy muhit va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👍12🤝3🔥1👌1
#registrator_ofisi #tashrif

🏢 Joriy yilning 16-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bo‘lim boshlig‘i B. Xolmirov boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

✍️ Tashrif davomida universitetda tashkil etilgan “Registrator ofisi” faoliyati atroflicha o‘rganildi. Ishchi guruhga O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Dj. Sultanov hamrohlik qildi.

🔍 O‘rganish jarayonida ofisning joylashuvi, moddiy-texnik ta’minoti, ajratilgan shtat birliklari, xizmat ko‘rsatish sifati va hujjatlarni yuritish tartibi sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, xizmatlarning raqamlashtirilganligi, xodimlarning malakasi va me’yoriy hujjatlarning tasdiqlanganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Ish yakunida ishchi guruh tomonidan "Registrator ofisi" faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106👀3
#tashrif #hamkorlik

🏛 Joriy yilning 18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning Open Cyber University delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🇰🇷 Tashrif avvalida mehmonlar universitetda yaratilgan sharoitlar va so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar bilan tanishdilar. Ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

🏷 Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasida tajriba almashish, masofaviy ta’lim jarayonlarini rivojlantirish, kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Ushbu tashrif ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi qoʻshma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍175🤝2
#tashrif

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kasaba uyishmasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida faol talabalar bilan 100-sonli ixtisoslashgan  bolalar intarnati maktabiga tashrif amalga oshirildi.

🌱Beg‘ubor qalblarga quvonch, xushkayfiyat va umid uchqunini ulashish maqsadida, og‘ir bemor bolajonlar bilan samimiy suhbat qilinib, ularga sovg‘alar ulashildi.

🔄 Mazkur tadbir bolajonlarga a'lo kayfiyat bag‘ishlab, bolalar va ularning oilalarini ham ruhiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, ko‘tarinki kayfiyati ulashish va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2620🔥8