TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#konferensiya

O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand davlat chet tillari instituti, Germaniya xalqaro konferensiyasi bilan hamkorlikda "Ta'limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish va takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazildi.

⭐️ Konferensiyada universitetimizning Dasturiy injiniring fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o‘rinbosari Shirinov Laziz Toxirovich "Ilm-fan yetakchisi” esdalik ko’krak nishoni hamda sertifikat, guvohnoma va maqolalar to’plami bilan taqdirlandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #Qalqon

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga maxsus psixologik oʼquv-seminar tashkil etildi.
#delegatsiya #Xitoy

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi 23-yanvar kuni Xitoyning Tyanszin shahrida davom ettirildi.

🎤Tyankay oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar texnoparkining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy Tyanszin oliy ta’lim sohasida hamkorlik forumida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori prof. B.Maxkamov “keynote speaker” sifatida “O‘zbekiston va Xitoyda oliy ta’limni xalqarolashtirishning asosiy vazifalari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan taqdimot qildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kõrik_tanlov

💻 Kuni kecha, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Televizion texnologiyalari fakultetida Fizika, Energiya ta'minlash tizimlar, Televizion va media texnologiyalari kafedralarining faol o'qituvchilari o'rtasida " Eng faol ma'naviyat targ'ibotchisi" ko'rik-tanlovi hamda Ustoz-shogird tizimidagi eng faol kafedrani aniqlash maqsadida kafedrada olib borilgan ishlar o'rganildi va ishtirokchilar tanlab olinib, test sinovlari o'tkazildi.

🏆 Tanlov natijalariga ko'ra:

Eng faol ma'naviyat targ'ibotchisi - Energiya ta'minlash tizimlari kafedrasi o'qituvchisi, Saidova Gulchexra Erkinovna,

🏆 Ustoz-shogird tizimidagi eng faol kafedra - Fizika kafedrasi deb topildi.

🥳 Ushbu tanlov g'oliblari esdalik sovg'a va diplomlar bilan taqdirlandilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM