Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari
Олий маълумотга эга бўлмаган мактаб ўқитувчиларига сиртқи таълимда алоҳида мақсадли қабул параметрлари ажратилади
2021/2020-ўқув йилидан бошлаб умумтаълим муассасаларида фаолият юритаётган ва олий педагогик маълумотга эга бўлмаган ўқитувчилар учун бакалавриатнинг сиртқи таълим шакли бўйича алоҳида мақсадли қабул параметрлари ажратилади.
Бу бўйича вазифа Президентнинг 2020 йил 6 ноябрда қабул қилган “Ўзбекистоннинг янги тараққиёт даврида таълим-тарбия ва илм-фан соҳаларини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-6108-сон фармонида белгиланган.
Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g

#Rasmiy
#Qonunchilik_yangiliklari
Talabalar va oʻquvchi yoshlar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi
“Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori imzolandi.
Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab:
🔹 har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri oʻtkazib boriladi;
🔸 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi.
🗓 2022-yildan boshlab:
🔹 bosqichma-bosqich umumiy oʻrta, Prezident, oʻrta maxsus va professional hamda OTMda “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
🔸 har yili talabalar oʻrtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta oʻrinni qoʻlga kiritgan OTMga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi topshiriladi;
🔹 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
🔸 taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan professor-oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab beriladi.
Maʼlumot oʻrnida, 2021-yil oktabr oyida davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanida “Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichiga tashrif buyurib, bahsni kuzatgan, tadbir soʻngida nutq soʻzlab, bilimdon yoshlarga sharoit yaratish uchun koʻplab tashabbuslarni bildirgan edi.
Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3426
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

👍7😁1
#Qonunchilik_yangiliklari
✅Prezidentning 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (https://lex.uz/uz/pdfs/6324756) ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi negizida 2023 yil 1 yanvardan boshlab Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etiladi.
📌Unga ko‘ra, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oliy attestatsiya komissiyasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.
❗️Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi va Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanadi.

👍11🐳2
#Qonunchilik_yangiliklari
✅ O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi xabar berishicha, endilikda universitetlar reytingini aniqlashda muassasada futbol uchun yaratilgan sharoitlar ham inobatga olinadi.
Bu haqida Prezidentning "Ommaviy professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" qabul qilingan qarorida nazarda tutilgan.
💻 Shu o'rinda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham sportni rivojlantirish, uni yoshlarimiz o'rtasida ommalashtirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha ochilishi bo'lib o'tgan, xalqaro zamon talablariga to'liq javob beradigan, futbol va futzal, yana qator sport turlari uchun mo'ljallangan zamonaviy sport majmuasini ochilishi bunga yaqqol namuna bo'la oladi.
🇺🇿 Bu haqda ko'plab OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda xabar berildi:
🗣 kun uz
🟦 xabar uz
📰 uza uz
⭕️ ⭕️ ⭕️ Kanallarni dodasi
❤ https://t.iss.one/tuituz_official
Bu haqida Prezidentning "Ommaviy professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" qabul qilingan qarorida nazarda tutilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤2
#qonunchilik_yangiliklari
⚡️Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-891-son, 28.12.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Endilikda:
✅ Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.
Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
___
⚡️Средства, уплачиваемые родителями за контракт своих детей любого возраста, освобождаются от подоходного налога
Законом, подписанным Президентом (ЗРУ №891 от 28.12.2023 года), внесены изменения и дополнения в некоторые законодательные акты
Отныне:
✅ Средства, уплачиваемые родителями за обучение своих детей любого возраста в профессиональных и высших образовательных учреждениях, освобождаются от подоходного налога.
Ранее подоходный налог не взимался с выплат за детей в возрасте до 26 лет.
Закон вступает в силу с 1 января 2024 года.

👍8🥰1🎉1👌1
Pedagogning maqomi to’g’risida.pdf
5.7 MB
#qonunchilik_yangiliklari
⚡️Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–901-son, 01.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga ko‘ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
➖ pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;
➖ pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
➖ pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
✈️ @tuituz_official

👀5👍2😨1
#Qonunchilik_yangiliklari
Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi
Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:
🟠 kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno);
🟢 kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;
🟠 davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;
🟢 davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi;
🟠 bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.
🟣 Bunda:
✔️ ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
☑️ ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;
☑️ ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;
☑️ ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;
❌ ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi
Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤7😨6
#qonunchilik_yangiliklari
Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi
Prezidentning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga asosan 2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1-mart kuni etib belgilandi.
Shuningdek, mahalliy hokimliklar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida:
🟢 ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga;
🟢 oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;
🟢 atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor beriladi.

👍21👌4❤1