TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#imkoniyat #Xitoy #hamkorlik

❗️TATU talabalari uchun ajoyib imkoniyat!!!

🌐QS va THE Dunyo universitetlari reytingida TOP-300 ga kiruvchi Xitoy Xalq Respublikasining Xi'an Jiaotong Universitetining magistratura va PhD dasturlarida 100% lik scholarship va undan tashqari yashash joyi, sug'urta hamda oylik stipendiya bilan o'qishni davom ettiring.

📌2024-yil kuzgi semestriga mo'ljallangan ushbu grant dasturi uchun TATUning 10 ta bitiruvchisi qo'lga kiritishi belgilab olingan.

Mazkur grant loyihasida 2 turdagi scholarship mavjud bo'lib, ular quyidagicha:

1️⃣. Chinese Government Scholarship ( 88800 RMB ($12.516 USD) bir kishi uchun yillik), jumladan, yotoqxona, tibbiy sug'urta, oylik stipendiya (Magistratura uchun 3000 RMB ($420 USD), PhD uchun 3500 RMD ($490 USD) )
2️⃣. XJTU-Xi'an City Government Belt & Road Scholarship/XJTU SIYUAN International Student Scholarship  ( 88800 RMB ($12.516 USD) bir kishi uchun yillik), jumladan, yotoqxona, tibbiy sug'urta, oylik stipendiya (Magistratura uchun 3500 RMB ($490 USD), PhD uchun 4500RMD ($635 USD) )

📄Grant dastur uchun talablar quyidagicha:

🟢 Sog‘lom bo‘lishi;
🟢 Til sertifikati: IELTS 6.5, TOEFL 90;
🟢 Yoshi: Magistratura uchun 35 yoshdan kichik va PhD uchun 40 yoshdan kichik bo‘lishi;
🟢Magistratura uchun Bakalavr diplomi, PhD uchun Magistr darajasiga ega bo‘lishi;
🟢GPA: 3.5 (4dan) 88% dan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
Hujjat topshirish oxirgi muddati: 2024-yil, 15-fevral.

📁Hujjat topshirish uchun havola.

⬇️Dasturni yuklab olish.

❗️Eslatma: ushbu grant dasturi TATU va uning hududiy filiallari uchun!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik #TUIT_party

Barcha talabalar orziqib kutayotgan, 16-dekabr TUIT New Year's partyda quyidagi tanlovlar bo'lib o'tadi:

🟢 Bayramona liboslar tanlovi
🟢 Raqslar tanlovi
🟢 Talent show (Iste'dod tanlovi)

🎫 Ko'pchilik talabalarning iltimosiga ko'ra, bugun (payshanba kuni) TUIT New years Party uchun taklifnomalar F bino (Kompyuter injiniringi) oldida, katta tanaffus vaqtida savol javob asosida tarqatiladi!

🎉 Barchangizni TUIT New year's partyda kutib qolamiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟦🟦🟦

  Xabaringiz bor joriy yilning 10-11-dekabr kunlari Humo arenada boʻlib oʻtishi kutilayotgan yirik loyiha – ASOSCHI biznes forumida qaynoq muhit, jonli suhbat va “Asoschilar” bilan uchrashuv tashkil qilinmoqda.

📧  Shu munosabat bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologoyalari universiteti tashabbusi bilan "In time" MCHJ korxonasi bilan hamkorlik doirasida ushbu loyihada talabalarimizning ishtirok etishlari uchun maxsus imkoniyat yaratildi.

🗣  Loyihada amaliy bilimlarini siz bilan boʻlishish uchun tashrif buyuradigan yirik biznes egalari:

➡️  Zafar Hoshimov "Korzinka" oziq-ovqat do'koni asoschisi;
➡️  Sanjar Maqsudov “Turka Saray” restorani asoschisi;
➡️ Muhammadali Eshonqulov “Yuksalish” akademiyasi asoschisi;
➡️ Akmal Fayziyev “Express 24” kompaniyasi asoschisi;
➡️ Farrux Abdullayev “Bellissimo” restorani asoschisi;
➡️ Ibrohim Gulyamov "PSG" asoschisi
➡️ Rustamov Ulug'bek "Click" asoschisi.

➡️  Forumda qatnashish orqali siz, qanday qilib biznesni "0" dan boshlashni va tadbirkorlik sirlarini hamda kelajakda yirik biznes egasi bo'lish uchun kerak bo'ladigan bilimlarga ega bo'lasiz.

  Ushbu loyihada ishtirok etish istagida bo'lsangiz universitetning fakultet dekanatlariga hamda "Karyera markazi"ga uchrashishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash #Dekan_kubogi #sport #voleybol #shaxmat #stol_tennisi

🏆Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Televizion texnologiyalari fakultetida yuqori saviyada o‘tkazib kelinayotgan Talabalar ligasi musobaqalarining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

⚽️ Bellashuv yakuniga ko'ra quyidagi natijalar qayd etildi, mini-futbol bo'yicha:
🥇Burgutlar jamoasi 1- o'rin ;
🥈Tulporlar jamoasi 2-o'rin ;
🥉Liderlar jamoasi 3-o'rinni egalladilar.

🏐 Voleybol bo'yicha:
🥇 535-23 guruh talabalari Lochinlar jamoasi 1-o'rin;
🥈 531-23 guruh talabalari Qaldirg'ochlar jamoasi 2-o'rin;
🥉 525-23 guruh talabalari Qalqon jamoasi 3-o'rinni egalladi.

🏓 Stol-tennis bo'yicha:
🥇 515-23 guruhi talabasi Imamabaev Qanat Quandiq o‘g‘li 1-o'rin;
🥈 525-22 guruh talabasi Kadirbaev Aqilbek Daribaevich 2-o'rin;
🥉 530-23 gurx talabasi Ro‘zmatov Qobiljon Roziqjon o'g'li 3-o'rinni egalladi.

🏀 Basketbol bo'yicha:
🥇 525-23 guruh talabalari Lochinlar jamoasi 1-o'rin;
🥈515-23 guruh talabalari Everest jamoasi 2-o'rin;
🥉 520-23 guruh talabalari Shunqorlar jamoasi 3-o'rin.

🌟 G'olib bo'lgan jamoalar va qatnashchilar diplom hamda esdalik so'vg'alarini qabul qilib oldilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_dekabr
#Konstitutsiya

🇺🇿 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Shu munosabat bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi  bilan muborakbod etadi!

🇺🇿 8 декабря-День принятия Конституции Республики Узбекистан!

В связи с этим Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми поздравляет всех с 31-летием принятия Конституции Республики Узбекистан!

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#faxrlanamiz #etirof

Center for tech and media research” va “INDIAN JOURNAL” hamkorligida tashkil etilgan INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCHER 2023 (XALQARO ILMIY TADQIQOTCHI 2023) xalqaro fanlararo ilmiy-amaliy tanlovida Dasturiy injiniring fakulteti dekan o‘rinbosari L.Shrinov hamda ularning ilmiy rahbari Nurafshon filiali direktori PhD N.Nasrullayevlar munosib ishtirok etdilar va diplom, sertifikat, tashakkurnoma hamda medal bilan taqdirlandilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #Daejin

7-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Janubiy Koreyada bo'lib turgan delegatsiyasi Daejin universitetiga tashrif buyurdi.

🤝 Ikki universitet o'rtasida hamkorlikni o'rnatishning ilk qadami sifatida bo'lib o'tgan uchrashuvda o'zaro anglashuv memorandumi tuzishga kelishib olindi. Shuningdek ushbu hamkorlik yuzasidan TATUda bo'lib o'tishi kutilayotgan "Summer school" dasturida Daejin universiteti talabalarining qatnashuvi va bundan tashqari professor-o'qituvchilar, talabalar almashinuvi, malaka oshirish kursalarini tashkil etish va kelgusida qo'shma dasturlarni ochish muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#birinchi_qor #TATU #LIVE

❄️Birinchi qorning qadami qutlug‘ bo‘lsin

🌨Ayni damda Respublikamizning ko‘plab xududlarida birinchi qor yog‘moqda. TATU ostonasi ham asta-sekinlik bilan oq gilamga burkanmoqda.

Qalblaringiz qor kabi oq va sof bo‘lishini, shu qor kabi odamlarga aziz bo‘lishingizni tilab qolamiz..

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM