TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
💻 Talabalar uchun muhim yangilik!

Xalqaro “MS Azure certificate”ni olish istagida bo‘lgan universitet talabalari diqqatiga!!!

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida Xalqaro “MS Azure certificate”ni olish istagida bo‘lgan 25 nafar TATU talabalarining xarajatlari qoplab berilishi rejalashtirilgan.

📌 Loyiha doirasida talabalar mazkur sertifikatni olishlari uchun Kookmin universiteti professor-o‘qutivchilari tomonidan zaruriy bilim hamda ko‘nikmalar berib boriladi.

🕒 Joriy yilning 14-noyabr kuni soat 15:00 da Microsoft kompaniyasidan sertifikat olishni xohlovchilar uchun trening o'tkazish belgilangan.

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi forma orqali ro‘yxatdan o‘ting👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT E’LON

🤩"YIL TALABASI-2023" RESPUBLIKA KO'RIK TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHIGA START BERILDI

     ➡️Birinchi tur
- har bir fakultet (kesimi)da o‘tkaziladi;
     ➡️Ikkinchi tur - universitet miqyosida, fakultetlar kesimida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi;

💠Tanlov quyidagi nominatsiyalar boyicha otkaziladi:

1. "Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi";
2. "Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi";
3. "Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi";
4. "Yilning eng faol sportchi talabasi";
5. "Yilning eng faol iqtidorli talabasi";
6. "Yilning eng faol ijodkor talabasi";
7. "Yilning eng faol tadbirkor talabasi
" .

G’olib boʻlgan talaba-yoshlar diplom va qimmatbaho sovg’alar  bilan taqdirlanadi hamda Respublika bosqichiga yo‘llanma beriladi!

💸Tanlov go'liblari quyidagi miqdorda pul mukofotiga ega bo'ladilar:

🟢1-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida;
🟢2-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida;
🟢3-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida.

Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib (1, 2 va 3-o'ringa sazovor bo'lgan), g'oliblikni qo'lga kiritgan nomzodlar tanlovda qayta ishtirok eta olmaydi.

📌Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o'rinbosariga 15-noyabrgacha murojaat qilishingiz mumkin.

📞Murojaat uchun tel: 71-238-64-74

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kino #open_air_movie_night #TATU

Universitetimiz tarixida ilk bor talabalar uchun ochiq osmon ostida movie night tashkil qilindi.

🎬 Film o'z atrofiga 300 dan ziyod talabalarni yig'di. Movie night vaqtida talabalarga bepul popkorn, maxsus yopinchiqlar va issiq ichimliklar tarqatildi.

📹 Mazkur tadbirdan videolavhani taqdim etamiz

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz - dunyo e’tirofida!

___

Наш Президент глазами мирового сообщества.

___

Our President through the eyes of the world community.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_xabar #ObHavo

⚡️ Keyingi hafta O'zbekistonda yomg'ir yog'ib, chaqmoq chaqishi kutilmoqda.

Hafta davomida havo bulutli va o'zgaruvchan bo'ladi, 6-7 noyabr yomg'ir yog'ishi kutilmaydi, 8 noyabr kuni esa yomg'ir yog'adi.

💨 Shamol Sharqdan g'arbga 712 m/s tezlik bilan esadi, 8 noyabrda joylarda 1318 m/s tezlikkacha kuchayadi.

🌡 Harorat hafta davomida o'rtacha tunda 5-10°C, kunduzi esa 19-24°C ni tashkil etadi.



⚡️ На следующей неделе в Узбекистане ожидаются дожди с грозами.

Переменная облачность, 6-7 ноября без осадков, 8 ноября дождь, гроза. Ветер восточный с переходом на западный 7-12 м/с, 8 ноября местами возможно усиление до 13-18 м/с.

🌡 Температура 6-7 ноября ночью 5-10° тепла, днем 19-24° тепла, 8 ноября ночью 7-12° тепла, днем 17-22° тепла.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

🌳Universitetda “Yashil makon - 2023” tadbirlari davom etmoqda.

🌳Yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan -Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi tomonidan belgilab berilgan hududga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish boshlandi. Belgilab berilgan umumiy (ajratilgan maydonga) 1000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #delegatsiya #qiziqarli #Malaysia

TATU delegatsiyasi Malayziyaning Kuala Lumpur shahriga "QS Higher Ed Summit: Asia Pacific 2023" sammitida ishtirok etish uchun yetib keldi.

📄Qiziqarli ma'lumot: Malayziyaning aksariyat maktablarida boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilimlarini tekshirish uchun nazorat ishi yoki boshqa testlar berilmas ekan. Buning o'rniga ularda bizdagi "Odobnoma"ga o'shash fan joriy etilgan bo'lib, yosh o'quvchilar avval hurmat-ehtiromni o'rganishi kerak deb hisoblashishar ekan...

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SCSA #TATU #Cybersecurity_Artificial_intelligence

Joriy yilning 2-5 noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G‘ulomov Gruziyaning Kavkaz universitetida Scientific Cyber Security Association (SCSA) tomonidan o‘tkazilayotgan “Cybersecurity and Artificial intelligence” ligasida ishtirok etdi va mazkur universitet talabalariga Algorithms of Artificial Intelligence in Cybersecurity, Risks & challenges, Artificial Intelligence powered threat Intelligence, Cyber forensics principles kabi mavzular bo‘yicha ma’ruza o‘qidi.

🗒 Cybersecurity and Artificial intelligence ligasida ishtirok etish orqali universitet va fakultetlardagi mutaxassislik kafedralarining ilmiy tadqiqot yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, akademik va ilmiy almashinuv dasturlarini ishlab chiqish, hamda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish ham rejalashtirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #QS_Higer_education_summit

Malayziya davlatining Kuala Lumpur shahrida QS Higher Ed Summit: Asia Pacific 2023 sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur xalqaro sammitda Osiyo mamalakatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda va unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Pavilioni tashkil etigan bo‘lib, O‘zbekistondan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham faol ishtirok etmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM