TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.96K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#delegatsiya #uchrashuv #hamkorlik

🤝Joriy yilning 24-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Rossiya Federatsiyaning Innopolis universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Yevgeniy Bobrov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

📄 Uchrashuv davomida Rossiya Federatsiyaning Innopolis universiteti va TATU o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, jumladan, talabalar almashinuvi dasturini kengaytirish, shuningdek, axborot xavfsizligi yo‘nalishida yangi loyihalarni ishlab chiqish, qo‘shma tadqiqot loyihalari amalga oshirish hamda ilmiy tadqiqotchilar va professor o‘qituvchilar uchun stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabassum_vaqti #obunachimizdan

😁 8:30 dagi darsga turishni xohlamaydigan talaba, qo'shnisini 6:00dagi nahorgi oshiga turishga albatta kuch topadi.

Video muallifi: 🌐@bantik.tuit

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

🏆 Toshkent shahridagi 92 ta oliy ta’lim muassasalari orasida universitetimizning Kiberxavfsizlik fakulteti 716-20 guruh talabasi, Jo'raqulov Iftixor Davlat o'g'liBesh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida Stol tennisi bo'yicha faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqaning Respublika bosqichiga yo‘l oldi!

🎁Go'liblarga Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

📌Eslatib o‘tamiz, “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqichi joriy yilning 2-5 noyabr kunlari Buxoro viloyatida o‘tkaziladi.

🎉G‘ALABA MUBORAK, YUTUQLARIMIZ BARDAVOM BO‘LSIN !!

✈️@tuituz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ERAMUS+
#Seminar
#TATU

Joriy yilning 24-25-oktyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) ERASMUS+ “Koinot tizimlari va aloqa injiniringi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi/SPACECOM” loyihasi va “Zamonaviy sun’iy yo‘ldosh multimediya va aloqa tizimlari” xalqaro konferensiyasi doirasida yakuniy seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

👥 Tadbirda Yevropa hamkor universitetlari vakillari, NEO Uzbekistan, O'zbekiston hamkor universitet va tashkilotlari hodimlari, TATU ma’muriyati vakillari, loyiha ishtirokchilari va xalqaro konferensiya ma'ruzachilari va boshqa tinglovchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar SPACECOM loyihasini amalga oshirishda erishilgan natijalar bilan tanishdilar. Bundan tashqari, tadbir davomida loyiha ishtirokchilari oʻrtasida natijalar barqarorligi va hamkorlik boʻyicha muhokamalar boʻlib oʻtdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli #dunyo_yangiliklari

🔪⚡️Endi zaryadlash navbati pichoqlarga keldi

Bu ultratovushli oshxona pichog'i va u sekundiga 50 ming marta tebranadi. Shuning uchun unga oziq-ovqat maxsulotlari yopishmaydi, siz deyarli har qanday ovqatni kesishingiz mumkin.

Pichoqdagi zaryad 50 daqiqa ishlash uchun etarli, keyin uni zaryadlashingiz kerak bo'ladi. Narxi - $348



🔪⚡️Изобрели нож, который нужно заряжать.

Это ультразвуковой кухонный нож, лезвие которого вибрирует 50 тыс. раз в секунду, из-за чего к нему не липнут продукты, а разрезать можно почти любую еду.

Заряда в ноже хватает на 50 минут работы, потом — нужно будет заряжать его в подставке. Прайс — $348

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TATU | Rasmiy kanali
#Yaponiya #IT_mutaxassisi 📣Diqqat! TATU talabalari uchun ajoyib imkoniyat! 💻 Universitetimizda Yaponiyaning "CAL Co, Ltd” IT kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonlik iqtidorli dasturchilarni ishga taklif qilish maqsadida TATU talabalari uchun seminar va taqdimot…
Yaponiyaning "CAL Co, Ltd” IT kompaniyasi tomonidan TATU talabalarini ishga jalb etish bo’yicha seminar va taqdimot boshlanmoqda. Barcha xohlovchilarni taklif etamiz.

📍Manzil: A bino faollar zali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWeek #jonli_efir #digital #TATU

💻Bugun “ICTWEEK Uzbekistan – 2023” AKT haftaligi doirasida “ICT Expo Uzbekistan” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining 3-kuni davom etmoqda.

💻 Ushbu “ICT Expo Uzbekistan” ko‘p funksiyali ko‘rgazmada TATU jamoasi ham o'z ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

📱O‘zbekistonda IT ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan – “IT Education Forum”i boshlandi

“IT-Education” forumi – axborot texnologiyalari va taʼlim sohasidagi imkoniyatlarni taqdim etishga qaratilgan tadbir. Ushbu forumning maqsadi – bilim almashish va so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilish uchun mutaxassislar, potensial ish beruvchilar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari, talabalar va IT sohasiga qiziqish bildirgan yoshlarni birlashtirishdan iborat.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi ijtimoiy tarmoqlari orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

🌐 Facebook: https://fb.watch/nVTf9JkHKS/

▶️ YouTube: https://www.youtube.com/watch?v=f07wVkeR8lE

🌐 Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirining Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://fb.watch/nVTiNTKLP5/

#digital
#it_education
#jonli_efir

🌐 Website | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ICPC #Olimpiada #taqdirlash

👨‍💻 “ICT Week – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekistonda IT ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan – “IT Education” forumida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida g'olib bo'lgan jamoalar taqdirlandi.

💻 Xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida 1- o'rinni olgan TATUning Code of Duty jamoasi (Umurzoqov Quvonchbek, Miroqilov Davlatbek, Qodirov Jamshidxon) 60 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

👏 Jamoamizga 2023-yil dekabr oyida Qozog'istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim finalida omad tilab qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #TATU

💻 Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari  unversitetining Sun’iy intellekt va Multimedia texnologiyalari kafedralari tomonidan “Teatr ijodkorlari yoshlar davrasida” sevimli va mahoratli aktyorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mehmonlarimiz O‘zbekiston xalq artisti Rixsi Ibrohimova, Respublika "Nuroniy" jamg‘armasi vasiylik kengashi a’zosi olima Mukarram Muxitdinova hamda O‘zbekiston xalq artisti Malika Ibrohimovalar bilan qiziqardi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda juda katta taassurotlar qoldirdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Germaniya

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Germaniyaning Startup Campus kompaniyasi direktori - Zoltan Galla boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

📄 Uchrashuv davomida Germaniyaning Startup Campus kompaniyasi va  TATU o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish jumladan, universitet talabalari uchun startap loyihalarni bajarishga ko'maklashish va biznes treninglar tashkil etish hamda loyihalarini tijoratlashtirishga doir faoliyatlarni tashkil etish bo'yicha masalalar muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM