TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#g'alaba #olimpiada #TATU

To‘rt nafar iqtidorli o‘zbekistonlik o‘quvchilar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida O'zbekiston tarixida ilk bor g‘alaba qozonib, 2 ta bronza va sharafli ishtirok (Honourable mention) diplomiga sazovor bo'lishdi.

🏆G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

🟢Dilyorbek Valijonov - bronza medali;

🟢Dilshodbek Xo‘jayev  - bronza medali;

🟢Sunnatov Asilbek - Honourable mention diplomi bilan taqdirlanishdi.

👨‍🏫 Ilk bor terma jamoa a’zolarini tayyorlash uchun xalqaro trener jalb qilindi. Informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Sunnatullo Xojiyev tomonidan 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida o‘quvchilar tayyorlanishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

📊Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.

🎉O‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir a’zosini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #talabaga_qulaylik

💻 Hozirgi kunda universitetlarda talabalarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni onlayn tarzda ham yo'lga qo'yilgan. Shu qatori, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham yotoqxonaga ehtiyoji bo'lgan, yuqori bosqich talabalari https://ttj.tuit.uz platformasi orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

📩 2023/2024-o‘quv yilida: 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo'li bilan amalga oshiriladi.

🗣 Qo'shimcha savollar uchun "Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish" bo'limi hamda fakultetning dekanatlariga keltirilgan telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kontraktni qachon to‘lash kerak

1️⃣ Kontraktning kamida 25 foizini 1-kurslar 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha);

2- va undan keyingi kurslar 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

2️⃣ Kontraktning kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha) to‘lanishi kerak.

Xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha to‘lab bo‘lishi kerak.

❗️ Eslatma: yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdori hali tasdiqlanmadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Bugun 2 ta yaxshi xabar: O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida Ilk bora sovrindor bo‘lishlari bilan birga, ushbu Xalqaro olimpiada ilk bora O‘zbekistonda 2026 yilda bo‘lishi aniq bo‘ldi!

Prezidentimiz iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratganlarining natijalari mamlakatimizni dunyoda tanitishga yordam bermoqda. Informatika yo‘nalishida Xalqaro olimpiadaga tayyorlanishga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘maklashish maqsadida bu yil qo‘shma qaror qabul qilib hamkorlikni yo’lga qo’ygan edik, shunga yoshlarimizning bu g‘alabasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bilan birgalikda juda xursand bo‘ldik

Hamyurtlarimiz Valijonov Dilyorbek va Xo‘jayev Dilshodbeklarni hamda ularning ustozlarini Xalqaro informatika olimpiadasida mamlakatimiz tarixidagi ilk bronza medallarini qo‘lga kiritganliklari bilan tabriklaymiz!

Shu bilan birgalikda O‘zbekiston delegatsiyasi 2026 yilda yurtimizda ushbu nufuzli olimpiadani o‘tkazish uchun arizani taqdimot qildi va Komissiya a'zolari IOI 2026 yilda O‘zbekistonda o‘tkazishni ma’qullaganini e’lon qildi.

Ushbu nufuzli olimpiadani ilk bor O‘zbekistonda 2026 yilda yuqori saviyada o‘tkazilishiga Raqamlashtirish vazirligi va IT Park Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bir jamoa bo’lib tayyorgarlik qilamiz nasib qilsa.
#TATU #ilk_qŏnğiroq

💻 Bugun, 4-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2023-2024 o'quv yilida universitetga qabul qilingan talabalarni qutlash maqsadida "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida ilk qo'ng'iroq tadbiri bo'lib o'tdi.

🎓 Tadbir so'ngida ''Student office" ya'ni talabalarga turli xizmatlarni taqdim etuvchi markazning ochilishi bo'lib o'tdi va talabalarga tanishtirildi, guruhlarda mustaqillik darslari ham tashkil qilindi.

🎉 Boshlanayotgan yangi o'quv yili barchaga muvaffaqiyatli va omadli bo'lishini tilaymiz!

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

“Talabalar turar joyiga navbatlar” haqidagi postga rasmiy munosabat

Joriy yilning 4-sentyabridan barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv jarayonlari boshlanishi munosabati bilan, hududlardan talabalarni OTMga kelish oqimi kuchaydi. Shu asnoda talabalar turar joyiga bo‘lgan talab ham ortdi. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida, universitet tomonidan 2-3-4-kurslar uchun ttj.tuit.uz platformasi ishlab chiqilidi. Mazkur platforma orqali shu kunga qadar 2000 dan ortiq talabalar murojaat yuborishdi va ishchi guruh tomonidan barcha arizalar ko‘rib chiqilib, shulardan ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda 800 dan ortiq ariza qanoatlantirildi. Arizasi qanoatlantirilmagan talabalarga fakultet dekan o‘rinbosarlari va tyutorlari hamkorligida universitet hududiga yaqin joylashgan ijaraga uylar topishda yordam berilmoqda.

2023/2024-o‘quv yilida: 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma'lumotlar markazi» faoliyat yuritmoqda. Ushbu markaz tomonidan ijara xonadonlariga 700 nafardan ortiq talabalar joylashtirildi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #ilk_qŏnğiroq #videorolik

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2023-2024 o'quv yilida universitetga qabul qilingan talabalarni qutlash maqsadida "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida ilk qo'ng'iroq bo'lib o'tgan tadbirdan videolavha.

🥳 Barcha talaba-yoshlarga ushbu o'quv yilida yangidan yangi omadlar va zafarlar tilaymiz!

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #magistratura #natijalar

2023-2024 o‘quv yili uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistraturaga qabul natijalari👇



Результаты приема в магистратуру Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми за 2023-2024 учебный год. 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriklaymiz
#TATU_talabalari

👨‍💻 IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

💻 Universitetimizning Kompyuter injiniring fakulteti magistranti Muhammadali Abdullayev Apple kompaniyasining "iOS with Swift" trenerlik maxsus sertifikatini oldi.

Bu sertifikat orqali Muhammadali o‘z tengdoshlari va siz yoshlarga Apple kompaniyasining turli qurilmalari uchun dasturiy vositalarni yaratish bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

🤩 Muhammadalini ushbu natija bilan tabriklagan holda bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilaymiz.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM